• 89-modda. Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash
  • -BOB. SOLIQ MAJBURIYATINI BAJARISH




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    10-BOB. SOLIQ MAJBURIYATINI BAJARISH 
    89-modda. Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash 
    90-modda. Soliqlarni oʻtkazishga doir toʻlov 
    topshiriqnomalarining banklar tomonidan bajarilishi 
    91-modda. Yuridik shaxs tugatilganda 
    soliq majburiyatini bajarish 
    92-modda. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda 
    soliq majburiyatini bajarish 
    93-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berishda 
    soliq majburiyatini bajarish 
    94-modda. Jismoniy shaxs vafot etgan yoki u vafot etgan 
    deb eʼlon qilingan taqdirda soliq majburiyatini bajarish 
    95-modda. Bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb 
    topilgan jismoniy shaxsning soliq majburiyatini bajarish 
    96-modda. Soliq qarzining undirilishini umidsiz deb eʼtirof etish 
    89-modda. Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash 
    (1-q.)
    Soliqni toʻlash, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
    milliy valyutada amalga oshiriladi. 
    (2-q.)
    Chet el valyutasida hisoblab chiqarilgan soliq summasini milliy valyutada qaytadan 
    hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining soliqni toʻlash sanasidagi rasmiy kursi 
    boʻyicha amalga oshiriladi. 
    (3-q.)
    Soliq toʻlovchining soliqni toʻlash boʻyicha majburiyati, agar ushbu moddaning 
    toʻrtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi hollarda bajarilgan deb 
    eʼtirof etiladi: 
    1) pul mablagʻlarini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻidan budjet tizimiga tegishli 
    gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkazishga doir topshiriqnoma bankka taqdim etilgan paytdan 
    eʼtiboran - soliq toʻlovchining hisobvaragʻida toʻlov kunida yetarlicha pul qoldigʻi mavjud boʻlgan 
    taqdirda; 
    2) bankda hisobvaraq ochmasdan tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻiga budjet tizimiga 
    oʻtkazish uchun bank kassasiga naqd pul mablagʻlari topshirilgan paytdan eʼtiboran. Bunday qoida 
    soliqni toʻlash uchun pul mablagʻlari yetarlicha boʻlgan taqdirda, faqat jismoniy shaxslar 
    tomonidan soliqni toʻlashda qoʻllaniladi; 
    3) bank yoki aloqa boʻlimiga budjet tizimiga oʻtkazish uchun naqd pul mablagʻlari kiritilgan 
    kundan eʼtiboran. Bunday qoida soliqni toʻlash uchun pul mablagʻlari yetarlicha boʻlgan taqdirda, 
    faqat jismoniy shaxslar tomonidan soliqni toʻlashda qoʻllaniladi; 
    4) gʻaznachilikda shaxsiy hisobvaragʻi ochilgan yuridik shaxsning shaxsiy hisobvaragʻida 
    tegishli pul mablagʻlarini budjet tizimiga oʻtkazishga doir operatsiya aks ettirilgan paytdan 
    eʼtiboran; 


    5) ortiqcha toʻlangan summalarni yoki ortiqcha undirilgan soliqlar, penyalar, jarimalar 
    summalarini tegishli soliq turi boʻyicha majburiyatning bajarilishi hisobiga hisobga olish 
    toʻgʻrisida soliq organi tomonidan qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran; 
    6) soliqni hisoblab chiqarish va soliq toʻlovchining pul mablagʻlaridan ushlab qolishga doir 
    majburiyat ushbu Kodeksga muvofiq soliq agentiga yuklatilgan boʻlsa, soliq summalari soliq 
    agenti tomonidan ushlab qolingan kundan eʼtiboran.
    (4-q.)
    Soliq toʻlovchining soliqni toʻlash boʻyicha majburiyati quyidagi hollarda bajarilgan 
    deb eʼtirof etilmaydi: 
    1) tegishli pul mablagʻlarini budjet tizimiga oʻtkazishga doir bajarilmagan topshiriqnoma 
    soliq toʻlovchi tomonidan qaytarib olinganda yoki bank tomonidan unga qaytarilganda
    2) gʻaznachilikda shaxsiy hisobvaragʻi ochilgan yuridik shaxs tomonidan tegishli pul 
    mablagʻlarini budjet tizimiga oʻtkazishga doir bajarilmagan topshiriqnoma qaytarib olinganda 
    yoki gʻaznachilik tomonidan unga qaytarilganda; 
    3) pul mablagʻlari ushbu pul mablagʻlarini budjet tizimiga oʻtkazishga doir toʻlov 
    topshiriqnomasida bank rekvizitlari notoʻgʻri koʻrsatilganligi sababli budjet tizimining tegishli 
    gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkazilmay qolganda; 
    4) agar soliq toʻlovchi soliq toʻlovi uchun bankka pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun 
    topshiriqnoma taqdim etgan kuni uning fuqarolik qonunchiligiga muvofiq birinchi navbatda 
    bajariladigan hisobvaragʻiga taqdim etilgan bajarib boʻlmaydigan boshqa talablar mavjud boʻlsa, 
    agar ushbu hisobvaraqda barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarlicha qoldiqqa ega boʻlmasa. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
    (5-q.)
    Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar penyalar va jarimalarga nisbatan ham 
    qoʻllaniladi hamda soliq agentlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. 
    (6-q.)
    Soliq organlari budjet tizimiga tushumlar hisobini hisoblangan hamda toʻlangan 
    soliqlar va yigʻimlar summalarini, shuningdek penyalar va jarimalarni soliq toʻlovchining shaxsiy 
    hisobvaragʻida aks ettirish orqali yuritadi. Soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻini yuritish 
    tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi 
    Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 
    (7-q.)
    Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib 
    oʻtish bilan bogʻliq toʻlanishi lozim boʻlgan, soliqlar va yigʻimlarning, shuningdek penyalar va 
    jarimalarning budjet tizimiga tushumlari hisobini yuritadi. Hisob yuritish tartibi Oʻzbekiston 
    Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
    bilan kelishilgan holda belgilanadi. 
    (8-q.)
    Undirilishi boshqa davlat organlari va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan 
    davlat bojining hamda boshqa yigʻimlarning budjet tizimiga tushumlarini hisobga olish tartibi 
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
    (OʻzR 11.03.2022-y. 
    OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish