|
Narx darajasi oshishining yalpi talabga ta’siri
|
bet | 6/10 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 116,62 Kb. | | #139356 |
Bog'liq mirjalolNarx darajasi oshishining yalpi talabga ta’siri
Boylik samarasi.U ba’zida real kassa qoldiqlari samarasi deb ham atalib, narx darajasining oshishi bilan moliyaviy aktivlar (bank omonatlari, aksiya va obligatsiyalar) real qiymatining pasayishini anglatadi. Buning natijasida aholi daromadlari ham pasayib, ular tomonidan sotib olinuvchi tovar va xizmatlar miqdori kamayadi.
Import tovarlar xaridi samarasi. Bu samara narx darajasi o‘zgarishining u yoki bu mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga ta’siri orqali namoyon bo‘ladi. Mamlakatdagi narxlar umumiy darajasining oshishi, chet el tovarlari narxi o‘zgarmagan yoki sekinroq o‘sgan holatda, milliy iste’molchi uchun chetdan xorijiy tovarlarni olib kelishni foydali qilib qo‘yadi. O‘z navbatida, mazkur mamlakat tovar va xizmatlarini xorijiy iste’molchilar tomonidan xarid qilish hajmi ham qisqaradi. Natijada bu mamlakatning eksport hajmi kamayadi.
Yalpi talab hajmiga narxdan tashqari omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Quyida ulardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz.
Iste’mol sarflaridagi o‘zgarishlar. Narx darajasining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nechta omillar ta’sirida iste’molchilar xaridi hajmida o‘zgarish ro‘y berishi mumkin. Bu iste’molchi farovonligi, iste’molchining kutishi, iste’molchining qarzlari va soliqlarning o‘zgarishi natijasi hisoblanadi.
Iste’molchining kutishi. Iste’mol sarflari hajmidagi o‘zgarish, iste’molchining narxlar va daromadlar darajasidagi kelajakdagi o‘zgarishlarni oldindan bilishiga bog‘liq. Masalan, agar iste’molchi kelajakda o‘zining real daromadi ko‘payadi, deb hisoblasa, u joriy daromadlarining ko‘proq qismini sarflashga tayyor bo‘ladi. Natijada bu davrda iste’mol sarflari ko‘payadi, jamg‘arish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar iste’molchi kelajakda o‘zining real daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning iste’mol sarflari va demak, yalpi talabi
qisqaradi.
|
| |