|
O‘zbekiston respublikasioliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 7/10 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 116,62 Kb. | | #139356 |
Bog'liq mirjalolIste’molchi qarzlari. Iste’molchi qarzlari ko‘p bo‘lganda, u joriy daromadini qarzlarga to‘lab, o‘zining bugungi sarflarini qisqartirishi mumkin. Aksincha, iste’molchi qarzdor bo‘lmasa, u bugungi sarflarini ko‘paytirishga tayyor bo‘ladi.
Soliq. Daromad solig‘i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida iste’mol sarflarini ko‘paytiradi, soliqlarning oshishi iste’mol sarflarini kamaytiradi.
Investitsion sarflar.Investitsion sarflar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish, yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo‘lgan yangi ishlab chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan investitsion tovarlar hajmining ko‘payishi yalpi talabning ko‘payishiga olib keladi.
Foiz stavkalari.Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, foiz stavkasining oshishi investitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Bu yerda gap mamlakatda pul massasi hajmining o‘zgarishi oqibatida foiz stavkalarining o‘zgarishi haqida boradi.
Investitsiyalardan kutiladigan foyda.Kapital qo‘yilmalardan yuqori foyda olishning kutilishi investitsion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda investitsion dasturlardan foyda olish noaniq bo‘lsa, investitsiyalarga sarflar kamayish tamoyiliga ega bo‘ladi, demak, yalpi talab ham kamayadi.
Soliqlar.Korxonadan olinadigan soliqlarning ko‘payishi kapital qo‘yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va demak, investitsion sarflar va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi bunday foydani va investitsion sarflarni ko‘paytiradi.
Texnologiya.Yangi va takomillashgan texnologiya investitsion sarflarni va shu orqali yalpi talabni rag‘batlantirish tamoyiliga ega bo‘ladi.
Ortiqcha quvvatlar.Ortiqcha quvvatlar, ya’ni mavjud foydalanilmaydigan asosiy kapitalning ko‘payishi, yangi investitsion tovarlarga talabni va natijada yalpi talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilganda tadbirkorlar ko‘proq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo‘ladi, demak investitsion sarflari ko‘payadi.
|
| |