52
?
?
Yodda tuting!
1892-yildan boshlab Rossiyadan o‘zboshimchalik bilan
ko‘chib kelgan kishilar ham ma’muriyat ruxsati bilan
ko‘chirilganlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishi
mumkinligi e’lon qilindi. Bu o‘lkaga ko‘chib keluvchilar so-
nining yanada ko‘payishiga olib keldi.
Savol va topshiriqlar
1.
Nima uchun podsho hukumati yerga egalik qilishni to‘liq o‘z qo‘liga
olishga harakat qildi?
2.
Mustamlakachi hukumat vaqf yerlariga nisbatan qanday siyosat olib bordi?
3.
Ko‘chirib keltirilganlarga qanday imkoniyatlar yaratilgan?
4.
Turkiston o‘lkasida paydo bo‘lgan yangi shaharlarda kimlar yashagan?
15-§. TURKISTONDA SUD TIZImI VA hARBIy POlITSIyA
TARTIBOTINING O‘RNATIlIShI
Turkiston o‘lkasida imperiya manfaatlarini himoya
qilishga qaratilgan tadbirlardan yana biri bu sud ti-
zimi bo‘lgan. Xonlik davrida qozilarning chiqargan
qaroridan norozi bo‘lganlar qozikalonga murojaat
qilgan. Qozilar qat’iy belgilangan uchastkaga ega
bo‘lishmagan; har bir da’vogar o‘zi ishongan qoziga murojaat qilgan.
Qozi sud majlisi boshlanishidan oldin tomonlarga kelishib olishni taklif
etgan. Bu taklifdan bosh tortilsa, qozi ularga qasam ichirib, tomonlarning
arzini, guvohlarning ko‘rsatmalarini tinglagan, so‘ng qaror chiqargan va
bu qaror mahalliy hokimiyat tomonidan zudlik bilan ijro etilgan. Odat-
da, qozilar, asosan, bilimdon, adolatli va xalq orasida hurmat qozongan
kishilar bo‘lgan. Qozilar o‘zlariga murojaat qilgan tomonlarga betaraf va
ularga nisbatan beg‘araz bo‘lishi, ulardan pul, sovg‘a, har xil xizmatlarni
qabul qilmasligi lozim edi.
Podsho hukumati tomonidan dastlab o‘lkadagi mavjud sud tizimida-
gi qozikalon lavozimi tugatilib, barcha qozilarning huquqi tenglashtirildi.
Boshqa mustamlakachi davlatlar singari Rossiya imperiyasi ham o‘z mus-
tamlakasiga aylangan Turkiston o‘lkasida dastlab tub joy aholining di-
niy e’tiqodiga mos ravishda amal qilingan shariat qoidalariga asoslangan
qozilik va ko‘chmanchi tarzda hayot kechiruvchi aholining urf-odatlariga
asoslangan biy sudlarini butunlay tugatmasdan, uni saqlab qoldi. Milliy va