O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/142
Sana16.02.2024
Hajmi6,21 Mb.
#157847
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

O‘zingizni sinang!
Vaqf yerlari – ... 1886-yildagi «Nizom»ga ko‘ra yerlar ...
http://eduportal.uz


51
Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoni im pe-
riyaning ajralmas bir qismiga aylantirish va o‘lka-
da doimiy hukmron bo‘lib qolish maqsadida Sibir 
va Kavkaz hududlaridagidek mustamlakachilik 
siyosa ti olib borildi. Bu borada asosiy amalga oshirilgan choralardan biri 
bu impe riyaning markaziy guberna aholisini o‘lkaga ko‘chirib keltirish 
hisoblangan. 1886-yildagi «Nizom»da hukumat tasarrufida qolayotgan 
bo‘sh turgan davlat yer lariga rus aholisini joylashtirish muhim ekanligi 
qat’iy belgilab qo‘yildi.
Ko‘chirish siyosati bilan shug‘ullanish o‘lka ma’muriyati zimmasiga 
yuklatilgan. Ko‘chib kelganlarga katta imtiyozlar berilgan. Jumladan, ular 
mab lag‘, turar joy, yer maydonlari, kreditlar bilan ta’minlangan. Ko‘chib 
kelganlar 5 yil davomida soliqlardan ozod etilgan, keyingi 5 yil davomida 
so liqlarning yarmini to‘lagan. Rossiyadan ko‘chib kelganlar, asosan, qish-
loq aholisi bo‘lgan. Ular uchun o‘lka ma’muriyati maktab va cherkovlar 
qurishga mablag‘ ajratgan. Turkiston o‘lkasida harbiy xizmatchilar yashab 
qolishlari va tomorqa yer olishlari mumkin bo‘lgan. Bunday imkoniyatlar 
Rossiyaning markaziy rayonlaridan ko‘plab aholining ko‘chib kelishiga sa-
bab bo‘lgan. 1875-yilda Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlarning bi-
rinchi manzil gohi paydo bo‘ldi. 15 yil davomida (1875–1890) Turkiston 
o‘lkasiga 1300 oila ko‘chib kelib joylashib, 19 ta rus qishlog‘i tashkil top-
di. Faqat 1891–1892-yillardagina ko‘chib kelganlarning 25 ta manzilgohi 
paydo bo‘ldi. Vaqt o‘ti shi bilan nafaqat ko‘chib kelgan shaxslar, balki yirik 
korxonalar ham daromad olish maqsadida o‘lkadan yerlar sotib ola boshla-
di. Rossiya imperiyasining ko‘chirib keltirish siyosati Turkiston o‘lkasidagi 
mus tamlaka tizimini mus tahkamlash maqsadida amalga oshirilgan edi. 
Ko‘chib kelganlarga yaratil gan imkoniyatlar o‘lkaga ko‘chib keluvchilar 
sonining haddan ziyod ko‘payishiga olib keldi.
Ko‘chirib keltirib joylashtirilgan aholining ko‘payishi, ularga unum-
dor yerlar ning berilishi mahalliy aholi vakillarining jiddiy noroziligiga sa-
bab bo‘l gan. Toshkent shahri va o‘lkaning Yangi Marg‘i lon, Samarqand, 
Andijon kabi shaharlarida ham ko‘chib kelgan-
larning pos yolkalari paydo bo‘ldi. O‘lkadagi yi-
rik shahar lar ikkiga: yangi – ma’muriyat, harbiy 
qismlar joylashgan va ko‘chirib keltirilganlar ya-
shaydigan qism hamda eski – mahalliy aholi va-
killari yashaydigan qismlarga ajratildi. Jumladan, 
Toshkentdagi Bo‘z suv anho ri shaharni ikki qism-
ga ajratgan che gara bo‘lgan. 

Download 6,21 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   142




Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)

Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish