59
ral-gu ber natorligida ishga tushirilgan
175 ta sanoat korxonasi bo‘lib, ularning
ak sa riyat ishlari qo‘l mehnati bilan ba-
jarilgan. Mahalliy sanoat ishchilari xo-
navayron bo‘lgan dehqonlar yoki ishsiz
qolgan hu nar mandlar hisobidan ortib
borar edi. Korxonalarda ish kuni 16
soat bo‘lib, ishchilarning huquqini hi-
moya qiladigan tashkilotlar bo‘lmagan,
ish chilar shikoyat bilan hech kimga mu rojaat qila olmaganlar.
Rossiya imperiyasining markaziy rayonlarida ishlab chiqarilgan sa-
noat va boshqa turdagi mahsulotlarning o‘lkaga kirib kelishi natijasida
mahalliy ishlab chiqaruvchilar – hunarmandlar mahsulotlarining bozori
kasodga uchrab, ularning kamayishiga olib keldi. Rossiyadan keltirilgan
arzon narxlardagi zavod va fabrika mahsulotlari mahalliy hunarmandlar
tomonidan ishlab chiqiladigan mahsulotlar bozorini sindirdi. Buning na-
tijasida o‘lkada ko‘plab odamlar, ayniqsa, hunarmandlar ishsiz qoldi.
Rossiya sarmoyasi o‘lkada ishlab chiqarishni rivojlantirishga emas,
balki mavjud tabiiy boyliklarni o‘zlashtirishga, arzon xomashyoga ega
bo‘lishga, ularni tashib ketishga, o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlar-
ni bu o‘lkada sotishga qaratildi. Shu maqsadda savdo-sotiq sohasini va
temiryo‘llarni kengaytirishga katta e’tibor berildi. Podsho hukumati to-
monidan o‘lkadan olinadigan foydalar bu hududni rivojlantirish uchun
emas, balki imperiya xazinasini to‘ldirish, Rossiya savdogar va sarmo-
yadorlarini boyitishga xizmat qildi.
Yodda tuting!
Rossiya sarmoyasi o‘lkada ishlab chiqarishni rivojlantirishga
emas, balki tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish, o‘zida ishlab