63
!
!
!
Qo‘zg‘olon kuchayib ketishi eh-
timolini sezgan podsho hukumati ko-
missiya tuzib, vaziyatni o‘rganishga
kirishdi. Komissiya viloyatda paxta
ekish ning keng ko‘lamda avj oldiri-
lishi, natijada boshqa mu him ekinlar
keskin ka mayganligi bunga sabab bo‘l-
ganini ma’lum qilgan.
1880-yilning noyabrida aholi ham-
ma soliq larni to‘lagan ligiga qara-
may, Xo‘jand uyezdi ning boshlig‘i
Xo‘jand va O‘ra tepa tumanlaridagi
To‘g‘on qurilishi. XIX asr oxiri
aholidan qo‘shimcha yer solig‘i oli nishini e’lon qil di. Buning oqibatida
sabr kosasi to‘lgan aholi Rahmonqulihoji, Mirkarimboylar bosh chiligida
odamlar uyezd bosh lig‘ining mahkamasiga bo rib, adolatsiz soliqni bekor
qi lishni talab qildi. Bunga javoban boshliq mirshablarga namoyish rah-
barlarini hibsga olishni buyurdi.
Talonchilik, soliqlar va jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli 1882-
yilning boshlarida Namangan aholisi ma’murlarga qarshi bosh ko‘tarib
chiqdi. Bu safar ular uyezd boshlig‘ining uyini o‘rab oldilar. Uyezd
ma’murlari harbiy bo‘linmani yordamga chaqirib, namoyishchilarni qat-
tiq jazoladi.
1885-yilning yozida Farg‘ona vodiysida xalq qo‘zgolonlari qaytadan
avj olib, Andijonda Darvishxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Endi
qo‘zg‘olonchilar kurash usullarini o‘zgartirib, boylar va volost boshliqlari-
ning qarorgohlariga hujum uyushtirdilar. Shu yillarda qo‘zg‘olon birin-
ketin butun viloyatga yoyildi.
1896-yilda Namangan uyezdining Oqsuv–Shahrixon volostidagi Nay-
manchi, Ko‘h na mozor, Langarbob qishloqlarida aholining mingboshilar
saylovlaridagi noro ziligi oshkora qo‘zg‘olonga aylanib ketdi. Turkistonda
podsho hukumatining hukmronligi, amalga oshirayotgan mustamlakachi-
lik siyosatiga qarshi o‘lkaning har bir joyida mahalliy aholi tomonidan
turli ko‘rinishdagi norozilik harakatlari olib borildi.