71
Qo‘zg‘оlоnchilаrning
xаtоlаri
!
!
!
xususan, harbiy vazir A. N. Kuropatkin yangi tayinlangan Turkiston
general-gubernatori S. M. Duxovskoyga o‘lim jazosini ko‘paytirmaslik
haqida telegramma jo‘natdi. Unda o‘lim jazosini katorga va qamoq jazo-
siga almashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma beriladi, lekin 22 kishiga berilgan
o‘lim jazosi o‘z kuchida qoldi.
1898-yilda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon mahalliy aholining o‘z jonlari-
ni xavfga qo‘yib, mustamlakachilik zulmiga
qarshi kurash olib borish-
lari mumkinligini ko‘rsatdi. Ular qo‘llariga qurol olib, toptalgan haq-
huquqlari, orzu-umidlari uchun jang qildilar. Qo‘zg‘olon izsiz ketmadi.
U keng xalq ommasiga ozodlik uchun kurash sari yo‘l ko‘rsatdi va ming-
lab odamlarni mustamlakachilik jabr-zulmiga qarshi faol kurashishga il-
homlantirdi.
1898-yilgi qo‘zg‘olon garchi tor-mor etilgan bo‘lsa-da,
mahalliy
xalqlar ning mustaqillik va ozodlik uchun kurashlarini to‘xtata olmadi.
O‘lkaning turli hududlarida norozilik harakatlari turli ko‘rinishlarda da-
vom etdi. Qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tgandan keyin bir yil o‘tib, 1899-yil 20-
iyunda Farg‘ona vodiysida yana yangi qo‘zg‘olon boshlandi. Mustam-
lakachilikka qarshi qo‘zg‘olonlar Turkiston o‘lkasining deyarli barcha
hududlarida davom etdi. Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasi uchun eng
notinch, to‘xtovsiz norozilik harakatlari va qo‘zg‘olon bo‘lib
turadigan
hududga aylanib qoldi.
O‘zingizni sinang!
N. Korolkov – ...
Katorga – ...
1898-yil 25-iyunda ...
1899-yil 20-iyunda ...
1898-yilda Andijonda boshlangan qo‘zg‘olon ham
o‘lkaning boshqa joylarida bo‘lib o‘tgan qo‘z-
g‘olonlar singari mustamlakachi hukumatning
harbiy kuchlari tomonidan bostirildi. Qurolsiz qo‘zg‘olonchilar yaxshi
qurollangan mustamlakachilarga qarshi kurashlarda g‘alaba qilishi amri-
mahol edi. Bu qo‘zg‘olonni mag‘lubiyatga olib kelgan sabablardan biri
unin g o‘lka bo‘ylab keng yoyilib ketmaganligi
va mahalliy aholining
barcha tabaqalari unda ishtirok etmaganligi bo‘ldi.
Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachilarga qarshi qaratilgan harakatlari
bilan eng avvalo o‘lkadagi jabr-zulmga chek qo‘yilishiga erishmoqchi
bo‘l gan edilar. Qo‘zg‘olonni tashkil qilishdan boshlab unga boshchilik qi-
lishgacha qat’iy tartib va intizom yo‘qligi qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiya-
http://eduportal.uz
72
!
!
!
tiga yana bir sabab bo‘ldi. Qo‘zg‘olon ko‘targanlarning tarqoqligi, aniq
reja ishlab chiqilmaganligi, hamma bir vaqtda ko‘tarilmaganligi ularga
pand berdi. Xususan, Ketmontepa va Ko‘gartdagi
odamlarga boshchilik
qilgan Chibil bo‘lisi Dukchi eshonga zudlik bilan qo‘shilish o‘rniga
atrofida joylashgan mustamlakachilarga qarshi kurash olib borishga
harakat qilib taktik xatoga yo‘l qo‘ydi. Aholining ayrim tabaqalari
qo‘zg‘olonga qo‘rqqanidan, ba’zilar qo‘zg‘olon g‘alaba qozonishiga
ishonmagani uchun qo‘shilmadi.
Dukchi eshonning yetarli darajada tayyorlanmay, harbiy sohadan be-
xabar, yaxshi qurollanmagan muridlari bilan ochiqchasiga qo‘zg‘olon
ko‘ targanligi mustamlakachilarning qo‘zg‘olonni osonlik bilan bostirishi-
ga imkon berdi. O‘lkada hukmron bo‘lib olgan mustamlakachi hukumat
qo‘zg‘olonni bostirishga erishdi. Andijonda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon na-
faqat Turkiston o‘lkasi ma’muriyatini, balki Rossiya imperiyasi hukuma-
tini ham qattiq xavotirga solib qo‘yadi. Qo‘zg‘olondan keyin o‘lkaning
har bir hududida norozilik kayfiyatidagi barcha
aholini qattiq nazorat-
da ushlab turishga qaratilgan choralar ko‘rildi. Har qanday norozilik
ko‘rinishdagi harakatlarni ayovsiz bostirishga kirishildi.