• XIX ASRNING IKKINchI yARmI – XX ASR BOShlARIDA QORAQAlPOQlAR 21-§. XIX ASRNING IKKINchI yARmI – XX ASR BOShlARIDA QORAQAlPOQlARNING hUDUDIy
  • O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)




    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/142
    Sana16.02.2024
    Hajmi6,21 Mb.
    #157847
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   142
    Bog'liq
    ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

    Qo‘zg‘olonlarda … qatnashdilar. 
    Qo‘zg‘olonlarning ahamiyati – … 
    Eng ko‘p noroziliklar bo‘lib o‘tgan hududlar – ...
    Savol va topshiriqlar
    1.
    XIX asr oxiridagi qo‘zg‘olonlar Turkistonning qaysi hududlarida keng 
    tus oldi?
    2.
    XIX asr oxiridagi qo‘zg‘olonlarning oqibatlari va ahamiyati haqida ni-
    malarni bilib oldingiz?
    3.
    XIX asr oxirida Turkistondagi xalq qo‘zg‘olonlarining asosiy sabablarini 
    sanab be ring.
    4. 
    Quyidagi jadvalni to‘ldiring.
    Qo‘zg‘olon rahbari
    Sanasi
    Sabablari
    Oqibatlari
    http://eduportal.uz


    75
    V B O‘ l I m
    XIX ASRNING IKKINchI yARmI – XX ASR 
    BOShlARIDA QORAQAlPOQlAR
    21-§. XIX ASRNING IKKINchI yARmI – XX ASR 
    BOShlARIDA QORAQAlPOQlARNING hUDUDIy 
    JOylAShUVI VA IJTImOIy hAyOTI
    Tarixan qoraqalpoqlar Ural, so‘ngra Volga bo‘y la-
    rida, Orol atrofi hamda Sirdaryoning quyi havza-
    lari etaklarida yashab kelganlar. Ularning ko‘chib 
    yashashlariga ko‘proq tashqi omillar sabab bo‘ldi. Nihoyat, ular XIX asr 
    boshlarida quyi Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi g‘arb to mon-
    larida muqim hayot tarziga o‘ta boshladilar. Qoraqalpoqlar goh qozoq-
    lar, goh turkmanlar hujumlariga uchrab, buning oqibatida Xiva xonligi 
    fuqaroligiga o‘tdilar. Quyi Amudaryoning katta cho‘l va suv chiqmagan 
    cho‘lga tutash sho‘rxok yerlarini ular o‘zlarining mashaqqatli mehnati 
    evaziga o‘zlashtirdilar. O‘troq hayotga o‘ta boshlagach, dehqonchilik bi-
    lan shug‘ullanish qoraqalpoq lar hayo tida asosiy o‘rinni egallay boshladi. 
    Shunday bo‘lsa-da, chorvachilik ham qoraqalpoqlar hayotida yetakchi 
    sohalardan biri bo‘lib qolaverdi.
    XIX asr o‘rtalarida qoraqalpoqlar Xiva xonligi hukmronligi ostida 
    bo‘lib, ular Amudaryoning har ikkala qirg‘og‘ida va Orol dengiziga qu-
    yiladigan yer larda yashagan. Ularning soni o‘sha vaqtda taxminan 100 
    ming nafardan osh magan. Qoraqalpoqlarga berilgan yerlar xonlik mulki 
    sanalgan, ular bu yerlar uchun soliqlar to‘laganlar. Har xil majburiyat-
    larni bajarganlar. 
    Qoraqalpoqlar urug‘larga bo‘lingan, ularda yerdan 
    foydalanish jamoa tariqasida kechar edi. Urug‘-
    lar sug‘orish kanallari qazilishi uchun mas’ul 
    bo‘lishgan. Chorva xususiy mulk bo‘lgani bois unga urug‘ tam g‘asi uri-
    lar va jamoa yaylovlarida boqilar edi. Qoraqalpoqlarning har bir ovul 
    aholisi bitta urug‘ga mansub edi. Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq 
    bo‘lishi uchun Muhammad Rahimxon I «Qoraqalpoq ulusi»ni shakllan-
    tirdi, barcha qoraqalpoq jamoalari ana shu ulusga kirgan. Ulusni boshqa-
    rish xonning ixtiyorida edi. Urug‘lar va qabilalar ancha yirik guruhlarga 
    birlashtirilib, ularni boshqarish uchun xon saroyining oliy amaldorlari – 

    Download 6,21 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   142




    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)

    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish