77
!
!
!
O‘zingizni sinang!
Qoraqalpoqlarning mashg‘ulotlari ...
Qoraqalpoqlarda dehqonchilik ...
XIX asrda ham qoraqalpoqlarning ayrim ovullari-
da urug‘ munosabatlari mustahkam tarzda davom
etdi. Xitoy-qipchoq, mang‘it va kenagas qabilalari
tarkibidagi urug‘lar «o‘n to‘rt urug‘» – aris (urug‘)
birlashmasini tashkil qilgan. Arislar orasida eng
yirigi o‘n to‘rt urug‘ bo‘lsa, harbiy kuch borasida ikkinchi o‘rinda
shul-
luk va
joungurni birlashtirgan aris-qo‘ng‘irotlar turar edi. Ularda yer-suv
mulki, chorva mahsulotlari urug‘niki deb hisoblansa-da, urug‘ oqsoqol-
lari, ruhoniylar va biylar ning ulushi katta miqdorni tashkil qilgan. Bu hol
XIX asr ikkinchi yarmida tabaqalanish jarayonining kuchayishini yanada
tezlashtirdi.
Qoraqalpoq urug‘larini boshqarish biy va uning oqsoqollari qo‘lida
bo‘l gan. Urug‘ biylarini Xiva xonlari tayinlar va mansabga tayinlanganli-
gini tasdiqlovchi yorliq berar edi.
Biylar qo‘l ostidagi urug‘ a’zosini
jazolar, loyiq deb bilgan odamlariga
tortiq va had yalar in’om qilardi. Xiva
xonining ishon chini qozongan biylar-
ning vako latlari yanada kengaytirilib,
ularga alohida muruvvat ko‘rsatilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida bu-
tun qoraqalpoq urug‘larini bosh qa -
rish, soliqlarni undirish, harbiy xiz -
matni o‘tash majburiyatlariga doir ishlarni tar tib ga solish maqsadida
bek
larbegi la vo zimi tayin etilgan. Ayrim tumanlarni idora qilish uchun esa
xon o‘zining qarindosh-urug‘lari va ishonchli odamlarini qoraqalpoqlar
yashayotgan quyi Amudaryo va Orolbo‘yi hududlariga jo‘natib turgan.
Islom dini asoslarini qoraqalpoq xalqi orasida mustahkamlash, yoshlarini
Xiva madrasalariga jo‘natib turish uchun Xivadan musulmon ruhoniylari
ham jo‘natilgan.
Qoraqalpoqlarda urug‘chilik o‘ziga xos qadriyat
bo‘ lib, uning ta’siri oila va qarindoshchilik mu-
nosabatlarida ko‘zga tashlanib turar edi. Har bir
urug‘ o‘z qav mining mustahkamligini ta’minlashga intilgan.