76
!
!
!
otaliq va
beklarbegi ta yinlangan. Ayrim vilo yatlarni boshqarish uchu n
tayinlangan hokimlar, odatda, xonning yaqin qarindoshlari bo‘lishgan.
Qoraqalpoq ruhoniylari, eshonlari va aholining nufuzli kishilari Xiva
xonlarining alohida homiyligida bo‘lgan. Qoraqalpoqlar orasida sudlarning
ikki turi –
qozilar sudi va
biylar sudi mavjud edi.
O‘zingizni sinang!
XIX asr boshlarida qoraqalpoqlar … Qoraqalpoqlar ... yashaganlar
XIX asr o‘rtalarida ...
Sudlarning ikki turi – ...
Qoraqalpoqlar XIX asrning ikkinchi yarmiga ke-
lib o‘troqlashib, dehqonchilik ular hayotida asosiy
o‘rin ni egallay boshladi. Ammo chorvachilik ham
yetakchi sohalardan biri bo‘lib qolaverdi. Dehqonchilik ishlari qizg‘in
vaqtlarda qoraqalpoq oilalari ekinzor yerlarning qulay bir joyiga o‘z
o‘tovlarini qurib mehnat qilganlar. Ana shunday tinch mehnat bilan band
bo‘lgan paytlarda bosqinchilik bilan boylik orttirishni kasb qilib olgan
qaroqchi guruhlar qoraqalpoqlar o‘tovlariga to‘satdan hujum qilar edi.
Bu kutilmagan bosqin natijasida ular ko‘plab mol-mulklaridan ajralardi.
Bunday paytlarda yurt oqsoqollari Xiva xonidan o‘zlarini himoya qilish-
ni so‘rab choparlar yo‘llardilar.
Qoraqalpoqlar hayotida baliqchilik va ovchilik ham muhim o‘rin
egallagan. Amudaryoning bo‘ylarida va Orol dengizi atrofidagi ko‘llarda
baliq lar serob bo‘lib, ular ko‘plab oila hamda urug‘lar uchun asosiy tirik-
chilik manbayi edi. Hatto sharqdan g‘arbga borayotgan savdo karvonlari
tuzlangan baliqni ko‘p miqdorda ana shu baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi
oilalardan olib ketardilar. Qoraqalpoqlar, asosan, ro‘zg‘or uchun zarur
buyumlarni tayyorlash bilan shug‘ullanar edilar. Ehtiyojdan ortgan bu-
yumlar esa bozorga chiqarilgan. Ular o‘tov larning
atrofini o‘rash uchu n matolar, tuya junidan guldor
namatlar to‘ qir edilar. Ularning xalq amaliy san’atida
o‘tov lar uchun o‘ymakor eshiklar, uy-ro‘zg‘or bu-
yumlari yasash, gilam to‘qish, kashtachilik yuqori
darajada rivojlangan. Bu qoraqal poq larda xo‘jalik
va turmush talablarini ta’minlab turuvchi hunar-
mandchilik sohalarining ham rivojlan gan ligini, ular,
ayniqsa, yog‘och va suyakka ishlov berish borasida
qo‘li gul usta bo‘lishganligini ko‘r satadi.