85
O‘zingizni sinang!
O‘mirbek laqqi – ...
Guloyim – ...
«Qirqqiz» – ...
Dostonlar – ...
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida qoraqalpoqlarda
bir qancha madrasalar bo‘lib, ularning eng kattala-
ri Qoraqum eshon va Tosh madrasalari edi.
Qoraqum eshon madrasasi
XIX asr o‘rtalarida qurilgan. Dastlab u masjid vazifasini bajargan. Tosh
madrasa esa 1841-yil Mang‘it hokimi Xo‘janiyoz tomonidan qurdirilgan.
Madrasada ta’lim ikki bosqichli bo‘lib, birinchi bosqichda arab tili gram-
matikasi o‘rganilgan bo‘lsa, keyingi bosqichda
diniy-huquqiy bilimlar
o‘qitilgan.
XIX asr oxirida qoraqalpoqlarning yozma asarlari rivojlana boshladi.
Qoraqalpoq shoirlari Kunxo‘ja (1799–1880), Otash Olshinboy (1788–
1875), Ajiniyoz (1824–1878) kabilarning nomlari keng tanildi. Ular bi-
limdon, o‘z taqdirini xalqi taqdiri bilan bog‘lagan kishilar edi. Masa-
lan, Kunxo‘ja o‘z ijodiyotini ovullarning oddiy ahliga, ularning kundalik
mehnati va turmushiga bag‘ishladi. U adolatsiz tartiblarni qattiq qorala-
di.
Ajiniyoz Qasiboy o‘g‘li (taxallusi Zevar) Mo‘ynoqdagi eski maktab-
da, so‘ngra Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida o‘qigan. Qoraqalpoq zi-
yolilari orasida birinchilardan bo‘lib oxund (o‘qimishli, ilmli kishi; xalq
dostonlari ning mahoratli kuychisi) darajasiga erishgan. O‘zbek, qozoq,
turkman tillarini yaxshi bilgan. Shoirning «Bo‘zatov»
dostonida qora-
qalpoq
xalqining hayoti, ayniqsa, ularning yurtma-yurt ko‘chib
yurish
jarayoni bilan bog‘liq voqealar katta mahorat bilan
tasvirlangan. Ajiniyoz adabiy merosidan bizga 100
ga yaqin she’rlar va dostonlar yetib kelgan. Uning
she’rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari
kuylangan. «Qiz Mengesh bilan aytishuv» dosto-
ni esa xalq orasida mashhur bo‘lgan. Uning hayoti
va ijodi haqida qoraqalpoq yozuv chisi K. Sultonov
«Ajiniyoz» romanini yozgan.
Berdaq (1827–1900)
qoraqalpoqlarning bu yuk
shoi ridir. U qo‘ng‘irot urug‘iga mansub bo‘lib,
Orol bo‘yida tug‘ilgan.
Ovul maktabida, so‘ngra
Qoraqum eshon madrasasida o‘qigan. 20
yoshi-
!
!
!