83
!
!
!
!
!
!
O‘zingizni sinang!
Amudaryo bo‘limi – ...
1873-yilda ...
Ural kazaklari – ...
Chimboy Rossiya imperiyasini
Xiva xonligining
asosiy iqtisodiy markazlari bilan bog‘lardi. Bu
yer da ko‘plab do‘konlar bo‘lib,
katta bozor yaqi-
nida yirik karvonsaroy joylashgan edi. Dastlabki kasalxona va maktablar
paydo bo‘ldi, ammo ular yetarli emasdi. Jumladan, 1914-yilda qoraqal-
poqlar yashaydigan joylarda atigi to‘rtta umumta’lim maktabida 200 na-
far o‘quvchi o‘qir, ikkita kasalxona va feldsherlik punktida uch shifokor
ishlar edi.
Dehqonlar va chorvadorlar orasida mulkiy tabaqalanish kuchaydi.
Ayrim biylar, yuzboshilar, mulla va eshonlarning yer mulklari 15 ming
tanobgacha (1 tanob – 2500 kv. m yer) bo‘lsa,
oddiy xalq tomorqalari
1–2 tanobdan osh mas edi.
Aholining tabaqalanishi qoraqalpoqlarda chorva mollari soniga qarab
ham belgilangan. 1871–1872-yillar ma’lumotlariga qaraganda, urug‘ning
aksariyat oddiy a’zolari chorvaga ega bo‘lishmagan, ayrim boylar ming
boshgacha qoramol va 1,5 ming boshgacha qo‘y-qo‘ziga ega edi.
Qashshoqlashib qolgan va kasodga uchragan dehqonlar katta yer ega-
lari va boylarga qaram bo‘lib qolishdi. Jamoaning boy-badavlat a’zolari
yordam sifatida o‘z qarindoshlariga yerni hosilning teng yarmi – «jarm-
shi» sharti bilan berishardi. Yersiz va chorvasiz qolgan dehqonlar esa har
qanday og‘ir ishlarni bajarib, badavlat chorvadorlar va zamindorlarning
mollari va yerlaridan foydalanganliklari uchun ham ishlab berishga maj-
bur edilar.
O‘zingizni sinang!
Mashg‘ulotlari – ... «Jarmshi» – ...
Chimboy – ...
Savol va topshiriqlar