82
sug‘oriladi va hech qayerda, hatto chig‘ir bilan ko‘tariladigan joylarda
ham suv taqchilligi sezilmaydi».
Podsho hukumati qo‘shinlarining 1873-yil Xiva xonligiga bosqinchilik
yurishidan va Gandimiyon shartnomasi imzolanganidan keyin Amudaryo-
ning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan qoraqalpoqlar yashaydigan yerlari Ros-
siya imperiyasiga qo‘shib olindi. Bu yerda Turkiston general-gubernatorli-
gining Sirdaryo viloyati tarkibiga ki ruvchi Amudaryo bo‘limi tashkil etil-
di. Qoraqalpoqlarning Amudaryoning chap qirg‘og‘ida yashagan kamroq
qismi Xiva xonligi tarkibida qoladi.
Amudaryo bo‘limida qora qal-
poqlar soni qariyb 70 ming kishi-
ga yetib, bu yerdagi jami aholining
48,6% ini tashkil etar edi. Rossiyadan
ko‘chib kelgan odamlar qariyb ming
kishi bo‘lib, Petro-Aleksand rovsk
(hozirgi To‘rtko‘l)da, Uralskiy po-
syolkasida va Nukus qishlog‘ida ya-
shardi. Ularning aksariyati 1875-yilda
podsho hukumati tomonidan armiya
xizmati to‘g‘ risidagi yangi nizomga
bo‘ysunmagani uchun bu yerga surgun qilib ko‘chirilgan Ural kazaklari
edi. Bu kazaklar, asosan, baliq ovlash bilan shug‘ullanishgan.
Xiva xonligi hududida qoraqalpoqlar soni 3,8% ni, ya’ni qariyb 25
ming kishini tashkil etar edi. Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarning
Rossiya imperiyasiga qo‘shib olinishi natijasida podsho hukumatining
O‘rta Osiyodagi ta’sir doirasi yanada kengaydi.
Har ikkala hududda yashaydigan qoraqalpoqlarning 70% dan ziyodi
yer siz dehqonlar bo‘lib, ular, asosan, yollanib mehnat qilishar edi.
Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarga Rossiya kapitalining kirib
kelishi tovar-pul munosabatlarini o‘zgartirib yubordi. Paxta tozalash va
ba liqchilik sohasida dastlabki sanoat korxonalari paydo bo‘ldi. Ularda
mahalliy aholi vakillari ham ishlay boshladi.
XIX asrning 70-yillarida qoraqalpoqlarda savdo-sotiq munosabatlari
rivojlanib bordi. Chimboyda aholi yashaydigan tumanlarni iqtisodiy ji-
hatdan birlashtirgan shahar bozori vujudga keldi. Qoraqalpoq hunarmand
va dehqonlari bozor bo‘ladigan kunlarda o‘z mahsulotlarini sotish uchun
Chimboyga kelishar edi.