84
24-§. XIX ASRNING IKKINchI yARmI –
XX ASR BOShlARIDA QORAQAlPOQlAR mADANIyATI
Tinch hayot izlab bir joydan ikkinchi joyga asrlar
davomida ko‘chib yurgan mehnatsevar qoraqalpoq
xalqi moddiy madaniyat yodgorliklarini to‘liq saq-
lab qolish imko niyatiga ega bo‘lmagan.
Xalq iste’dodini namoyon etuvchi boy og‘zaki she’riy ijodiyotning
janr lari ancha ko‘p bo‘lgan.
Ular orasida maqollar, hikmatlar, laparlar,
nasihat qo‘shiqlarda ifoda etilgan «otalar so‘zi»
alohida ajralib turar
edi. Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodida kulgi qahramoni bo‘lgan O‘mirbek
laqqi obrazi orqali razillik, yomonlik, yovuzlik, zolimlik kabi salbiy il-
latlar hajv yo‘li bilan fosh etilib,
mehnatsevarlik, ezgulik, qahramonlik
ulug‘langan. Qoraqalpoq xalqi ning og‘zaki ijodi chuqur mazmunga ega-
ligi va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Xalq ma’naviy
madaniyatining
yuksak darajasi ajdodlardan avlodlarga yetkaziladigan xalq dostonlarida,
termalarida, shuningdek, musiqali o‘lanlarda saqlanib qolgan.
Xalq orasida qoraqalpoq folklorining doston yo‘llari mashhur edi.
Doston qahramonlik haqida she’riy asarlar bo‘lib, ularda xalq baxt-saodati
va farovonligi uchun kurashgan mard botirlarning buyuk jasoratlari madh
etilgan. Ancha mashhur bo‘lgan dostonlar orasida esa qoraqalpoqlarning
ozodlik va mustaqillik uchun fidoyilarcha kurashi tasvirlangan «Qirqqiz»
dostoni alohida ajralib turadi. Dostonda Sarkub hukmdori Olloyor o‘z qizi
Guloyimga Muyeli degan hosildor yerlarni tortiq qilgani haqida aytiladi.
Bu joyda Guloyim va uning qirq kanizagi mustahkam bir qal’a barpo
etishadi. Dushmanlar Sarkub yerlariga hujum qilib,
Guloyimning otasini o‘ldirishadi.
Sarkub mulklari
talanadi, sarkubliklarning ko‘pi asir olinib haydab
ketiladi. Guloyim va uning kanizaklari dushmanga
qarshi
kurashga kirishadi, qoraqalpoqlarni asirlik-
dan ozod qiladi va ona
yurtga ozodlikni qaytara-
di. Bu ishda Guloyimga uning oshig‘i xorazm lik
bahodir Arslon yordam beradi.
Dostonning bosh
g‘oyasi – yuksak vatanparvarlik hissi va ona Va-
tanga, xalqqa fido yilarcha muhabbatdir. «Qirqqiz»
dostoni bugungi kunda xalq og‘zaki ijodining dur-
donalaridan biri sanaladi.