68
bo‘lgan. «Nizom» e’lon qilingandan so‘ng unda nazarda tutilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirishda mahalliy aholining milliy, diniy va mahal-
liy xususiyatlari inobatga olinmadi.
Mazkur «Nizom» asosida podsho ma’murlari mahalliy xalqqa tegish-
li yer larning katta qismini tortib oldi va ular asosida Rossiyadan ko‘chib
kelganlar uchun yer fondi tashkil etildi. Bunday siyosat yer masalasi juda
nozik bo‘lgan, aholi zich joylashgan, ayniqsa, sug‘oriladigan ekin may-
donlari kam bo‘lgan Farg‘ona vodiysida mahalliy aholining ahvolini yo-
monlashtirib yubo radi. Bundan tash qari Farg‘ona vodiysi, asosan, impe-
riyaning paxta xom ashyosini yetishtirib beruvchi hududga aylantirilgan
edi. Vodiyda paxta yetishtirish ning ko‘paytirilishi sababli g‘alla, ozuqa-
bop ekinlar maydoni va yaylovlarning qisqarishi, oziq-ovqat va boshqa
mahsulotlar narxini keskin oshirib yubordi.
1891-yilda Rossiyadan aholining Farg‘ona viloyatiga ko‘plab ko‘chi-
rib keltirilishi, ularning joylashtirilishi yer taqchil va aholi zich yashay-
digan vodiyning ahvolini nihoyatda yomonlashtirib yubordi. Shubhasiz,
pod sho hukumatining bunday harakatlari mahalliy
aholi noroziligining
yanada ortib borishiga sabab bo‘ldi.
Mustamlakachi hukumat Turkiston o‘lkasining barcha joylarida ma-
halliy aholining milliy va diniy qadriyatlarini
hisobga olmasdan, ularga
qarshi siyosat olib bordi. Podsho hukumati tomonidan o‘lkadagi vaqf
mulklari qisqartirildi. Vaqf mulklariga tegishli
yerlarni tugatishga qara-
tilgan chora-tadbirlar esa vaqf yerlarining katta qismi davlat mulkiga ay-
lantirilishiga olib keldi. Bu o‘lka hayotida, keng xalq ommasi o‘rtasida
yuqori
nufuzli din peshvolari, diniy muassasalar va ta’lim maskanlarida
ish olib boradigan mutasaddilar ning keskin noroziligini keltirib chiqardi.
Norozilik harakatlariga o‘lka ma’muriyatining
mahalliy xalq man-
faatlaridan imperiya manfaatlarini ustun qo‘yuvchi siyosat olib borishi,
tub aholi yashash sharoitlarining yomonligi , soliqlarning ko‘pligi, amal-
dorlarning pora xo‘rligi va o‘z
mansabi-
ni suiiste’mol qi lishlari, to‘lovlar
hamda
majburiyatlar ning og‘irligi kabilar sabab
bo‘ldi. Maorif,
tibbiy xizmat, obodonchi-
lik ishlari qarovsiz bo‘lib, ularga hukumat
tomonidan mablag‘ ajratilmagan.
Bunday
salbiy holatlar mahalliy xalqlar ning mus-
tamlakachilarga nis batan naf ratini oshirib,
ularga qarshi g‘ala yon va qo‘zg‘olonlar
ko‘tarishiga olib keldi.