69
!
!
!
O‘zingizni sinang!
1891-yilda ...
Qo‘zg‘olon sabablari ...
Turkiston o‘lkasida XIX asrning oxirlarida bo‘lib
o‘tgan qo‘zg‘olonlardan biri bu – 1898-yil dagi
mahalliy xalqlarning
mustamlakachilarga qar-
shi qaratil gan Andijon qo‘zg‘oloni hisoblanadi. Bu qo‘zg‘olonga vodiy
aholisi orasida
Dukchi eshon nomini olgan
Muhammad Ali (1846–1898)
rahbarlik qildi. Dukchi eshon mutaassib dindorlardan edi. U oddiy fizi-
kaviy holatlardan foydalanib sodda xalq o‘rtasida mo‘jizalar ko‘rsatgan.
Uni «avliyo» deb hisob lagan aholi qo‘zg‘olonga boshchilik qi lishga un-
dagan. 1898-yilning bahor faslida vodiy ning turli joylarida Muhammad
Ali boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘lishi haqida gaplar tarqaladi. Bu voqea
va Dukchi eshon to‘g‘risidagi ma’lumotlardan mustamlakachi ma’murlar
ham xabardor bo‘lgan.
Mahalliy aholining mustamlakachilik jabr-zulmlariga
qarshi norozi-
lik harakatlarining oshkora qo‘zg‘olon ko‘rinishida boshlanib ketishiga
1898-yil 17-may kuni Muhammad Ali o‘z odamlari orqali atrofdagi qish-
loqlarga xabar tarqatib, qo‘zg‘olon boshlash vaqti kelganligini e’lon qi-
lishi sabab bo‘ldi. Shu kuni tunda qo‘zg‘olonchilar tomonidan Tojikqish-
loqdagi telegraf simlari ning qirqib tashlanishi bilan qo‘zg‘olon boshlanib
ketdi. Ular yo‘lda uchragan Asaka pristavini o‘ldirdilar.
Dukchi eshon
boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar ikkiga bo‘linib, ularning biriga Ziyo-
vuddin maxsum boshchilik qildi. Qo‘zg‘olon chilar Qutchi qishlog‘iga
yetib borganlarida ular ning safiga yana 200 kishi, Qo‘yli qishlog‘iga
borganlarida esa mingboshi G‘o yibnazar o‘z odamlari bi lan qo‘shildi.
Shundan keyin qo‘z g‘olonchilar
Andijon dagi harbiy kazar maga hu jum
qildilar.
Qo‘zg‘olonchilar bilan mus tam la-
kachi ma’muriyat harbiy kuchlari o‘r-
tasida ro‘y bergan to‘q na shuvdan ke-
yin kuchlar
va harbiy qurol-aslahalar
teng bo‘l ma ganligi bois qo‘z g‘o-
lonchilar che kinishga majbur bo‘l-
dilar. Bu to‘qnashuvda har biy ka zar-
ma jang chilaridan 22 tasi o‘ldirildi,