61
Mustаmlаkаchilik
jаbr-zulmining
kuchаyishi
IV B O‘ l I m
XIX ASR OXIRIDA TURKISTONDAGI
mIllIy-OZODlIK hARAKATlARI
Bo‘limni o‘rganish natijasida:
►
Turkistonda milliy-ozodlik harakatlarining
boshlanishi va sabab-
lari;
►
1885–1890-yillarda Turkistondagi xalq qo‘zg‘olonlari;
►
podsho ma’muriyati jazolash siyosatining kuchayishi;
►
Toshkentda «Vabo isyoni», 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘olonlari;
►
aholining XIX asr ikkinchi yarmidagi milliy-ozodlik harakatlari ya-
kunlari va ahamiyati to‘g‘risida bilib olasiz.
17-§. TURKISTONDA mIllIy-OZODlIK hARAKATlARINING
BOShlANIShI VA UNING SABABlARI
Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasini bosib ol-
gach, mahalliy aholining milliy davlatchilik, ozod-
lik tuyg‘ularini so‘ndirishni asosiy vazifa deb hi-
soblagan. Bu vazifani amalga oshirmay turib, o‘z
hukmronligini osongina saqlab bo‘lmasligini podsho hukumati yaxshi
bilar edi. Har qanday mustamlakachi davlat harbiy va bosqinchilik yo‘li
bilan bosib olgan hududning boyliklaridan o‘z manfaati yo‘lida foydala-
nishga harakat qiladi. Turkistonda ham xuddi
shu taxlitda ish yuritilib,
o‘lkani Rossiya imperiyasi ning asosiy xomashyo bazasiga aylantirish-
ga kirishildi. O‘lkada sanoat ishlab chiqarish rivojlana borib, kapitalis-
tik munosabatlarga asta-sekin yo‘l ochila yotgan bo‘lsa-da,
bu xalqning
moddiy ahvolini yaxshilamadi, balki korxona xo‘jayinlari, savdogarlar,
amaldorlarning boyishiga yo‘l ochib berdi.
Yer-mulkning boylar va yirik savdogarlar qo‘lida to‘plana borishi
kam
yerli dehqonlarning, chorakorlarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
Sudxo‘rlik mislsiz darajada avj oldi. Qarz beruvchi kassa mablag‘laridan
faqat ayrim vositachilar – boylar, sudxo‘rlar, savdogarlar va shunga
o‘xshash yulg‘ichlar foydalanib, uni o‘zlari xohlaganlaricha tasarruf qi-
lardilar. Paxtani sotib oluv chilar dehqonning nihoyat darajada muhtoj
bo‘lib qolganligidan foydalanib, kelasi yil hosiliga juda past narx belgi-
lab, qarz berardi. Sudxo‘r changaliga tushib qolgan dehqon xo‘jalik mus-
http://eduportal.uz
62
taqilligidan mahrum bo‘lib, qarz bergan
kishi nimani buyursa,
shuni ekishga
majbur edi.
Qarz va nasiyalardan foydalanish
avj olgan sari dehqonlarning ahvoli to-
bora yo monlashib, qashshoqlikka yuz
tutgan. U lar qarzlar tufayli o‘z yerlarini
sotib yubo rishga majbur bo‘lganlar.
Turkistonning mustamlakaga aylan-
tirilishi
nafaqat dehqonlarning, balki
ming lab oilalarning tirikchiligini tebratib turgan hunarmand-kosiblarning
ham ahvolini og‘irlashtirdi. Rossiya sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan
uy-ro‘zg‘or buyumlari, ayniqsa, to‘qimachilik mahsulotlari bilan O‘rta
Osiyo bozorlarining to‘ldirilishi natijasida hunarmandchilikning ko‘plab
turlari inqirozga uchradi. Bu vaqtga kelib iqtisodiy qiyinchiliklar, ya-
shash sharoitining yomonligi, soliqlarning ko‘pligi, mehnat majburiyatla-
rining og‘irligidan mahalliy aholining ahvoli yomonlashib ketdi. Bunday
holat kambag‘allar safining yanada ko‘payishiga olib keldi.
Bularning
barchasi o‘lka xalqlarining siyosiy mustamlaka zulmiga tushishi, milliy
davlatchilik ning yo‘qotilishi va hukmron ma’muriyat tomonidan har to-
monlama kamsi tilishiga sabab bo‘ldi.
XIX asr oxirida iqtisodiy qiyinchiliklar va xalq-
ning ma’ naviy jihatdan kamsitilishi, mahalliy urf-
odatlarga zid bo‘lgan qarorlarning
qabul qilinishi
natijasida Turkiston Rossiya imperiyasining milliy-
ozodlik harakatlari avj olgan markazlaridan biriga aylandi. (O‘lkaning
turli joylarida ko‘tarilib kelayotgan bu qo‘zg‘olonlarning harakatlanti-
ruvchi kuchi, asosan, dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblardan
iborat
aholining kambag‘al qismi bo‘ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniy-
lar, milliy g‘ururini yo‘qotmagan mulkdorlar, savdogarlar ham ishtirok
etdilar.) Mustamlakachilikka qarshi o‘lkaning turli joylarida norozilik
chiqishlari bo‘lib turdi.
Jumladan, 1878-yili Mingtepada (hozirgi Mar-
hamat tumani) mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi
Yetimxon bosh chiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Uni mustamlakachi huku-
mat kuch bilan bostirdi. 1879-yilning kuzida mahalliy aholi Farg‘ona vi-
loyat boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig‘ildi.
Ular Marg‘ilon uyezdida soliq to‘plash noqonuniy tusga kirganligiga
qarshi chiqib, soliqlarning kamaytirilishini qat’iy talab qildilar.