57
Savol va topshiriqlar
1.
Podsho hukumati qaysi hujjatga muvofiq Turkiston hududida «tartib»
o‘rnatdi?
2.
XX asr boshlarida Turkistonda politsiyachilar va ispravniklar qanday hu-
quqlarga ega bo‘lishgan?
3.
Nima uchun mahalliy aholi vakillari harbiy xizmatga olinmagan?
4.
Turkistonda mustamlaka davrigacha sud ishlari qanday tashkil etilgan?
5.
Qozi va biy sudlari nimaga asoslanib ish yuritgan?
6.
Nima uchun podsho hukumati Turkistonda qozi va biy sudlarini saqlab
qolgan?
7.
Qozi va biy sudlarining saylanishi qanday tartibda kechgan?
16-§. XIX ASRNING IKKINchI yARmI – XX ASRNING
BOShlARIDA TURKISTONDA IJTImOIy-IQTISODIy AhVOl
Turkiston o‘lkasida mustamlaka tartiboti harbiy
kuch va keng tarmoqlangan politsiya tizimiga
asoslangan edi. Bu vaqtgacha mustamlakachilik
urushlari olib borish uchun saqlab turilgan harbiy
qismlardan endi podsho ma’muriyati tomonidan o‘rnatilgan mustamlaka
tartiblarini himoya qilish quroli sifatida foydalanadigan bo‘ldi.
O‘rta Osiyoga temiryo‘llarning o‘tkazilishi Rossiya iqtisodiyoti uchun
katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga harbiy-strategik maqsad-
larni ham ko‘zlab qurilgan edi. O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlarida
Rossiya imperiyasining mus tahkam o‘rnashib olishi va mustamlaka chilik
siyosatining keng qamrovli olib bori lishida temiryo‘llar muhim o‘rin tut-
di. Harbiy qo‘shinlar va qurol-aslahalarni Krasnovodskdan Qizilar vatga
qadar Kavkaz dan O‘rta Osiyoga tashish uchun temiryo‘l qurildi. So‘ngra
temiryo‘l qurilishi Ashxobodgacha davom ettirildi. 1888-yili Samar-
qandga dastlabki poyezd keldi, 1899-yilda esa temiryo‘l Toshkent orqali
Andijongacha qurib bitkazildi.
Rossiya harbiy qurolli kuchlarining
asosiy bazalari Kavkazda joylashgan
bo‘lib, u yerdan Kaspiy den gizi orqali
kemada tez kechib o‘tish mumkin edi.
Krasnovodskdan esa temiryo‘l bilan Sa-
marqand, Toshkent va Andijonga yetib
kelish oson bo‘ldi. Endi harbiy qism-