• Beshinchidan
  • Ustuvor yoʻnalishlar
  • Ulugʻbek NORMATOV
  • O'zbekiston va Fransiya munosabatlari




    Download 0.72 Mb.
    bet4/9
    Sana09.03.2024
    Hajmi0.72 Mb.
    #168998
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Tarix oraliq[1]
    ANVAR, Документ Microsoft Word, ««xalqaro audit»1, Academic-Data-376191100557, SDOC-53C0F0BEE871B6AB20DAE02B013F8AB3-03-15-SI, KKH, Toshnazarov Navro’z Elmurod o’g’li, Taqriz maktab, BMI text, 0. Shaxsiy ish reja 2022-2023-yil, Bimetalic and monometalic money standard, ОАУ, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi, Lesson 3, Mavzu. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiktisodiy m
    Toʻrtinchidan, oʻzaro aloqalarda madaniy-gumanitar hamkorlik alohida oʻrin tutadi. Bu sohadagi munosabatlar doirasida Fransiya vakillari Samarqanddagi “Sharq taronalari” xalqaro festivalida muntazam qatnashmoqda. Samarqand va Lion, Xiva hamda Versal, Buxoro va Ruey-Malmezon birodarlashgan shaharlardir.
    Taʼlim va fan, ayniqsa, Oʻzbekistonning oʻquv dargohlarida fransuz tili va adabiyotini oʻrganish borasida Fransiya bilan hamkorlik muvaffaqiyat bilan rivojlanayotgani kuzatilmoqda.
    Ayni paytda respublikadagi 1260 ta maktabdagi 300 mingdan ziyod oʻquvchilarga, kollej va litseylarda, shuningdek, 8 ta oliy oʻquv yurtida fransuz tili oʻrgatilmoqda. Nemis tili bilan bir qatorda, fransuz tili yurtimiz taʼlim muassasalarida oʻqitilayotgan ikkinchi (ingliz tilidan keyin) eng ommabop til sanaladi.
    Fransiyada 1988 yilda asos solingan Temuriylar davri sanʼati va tarixini oʻrganish boʻyicha uyushma hamda 2004 yilda tashkil topgan “Avitsenna-Fransiya” assotsiatsiyasi faoliyat olib bormoqda.
    Qolaversa, Toshkentda fransuz adabiyotining 8 mingdan ortiq nomdagi fondini oʻzida jamlagan boy kutubxonaga ega “Fransuz Alyansi” ishlayapti. Ushbu tashkilot fransuz tilini oʻrganish istagida boʻlganlar uchun kurslar oʻtkazadi.
    Beshinchidan, oxirgi paytlarda turizm sohasidagi hamkorlikning sezilarli darajada kuchaygani ikki davlat fuqarolarining oʻzaro sayohatlari oʻsishiga olib keldi. Fransiya senatori A. Rishar qayd etganidek, “Oʻzbekistonning boy madaniy merosini inobatga olsak, sayyohlik sohasidagi hamkorlik muhim yoʻnalish boʻlib qoladi”.
    Maʼlumot sifatida keltirib oʻtish oʻrinliki, 2016 yildan 2017 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 4,8 mingdan 5,7 ming kishiga yetdi. Joriy yilning 8 oyida esa bu koʻrsatkich 9,1 ming nafarni tashkil qildi. Bir necha kun avval Prezidentimiz Farmoni bilan Fransiya fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibi joriy etildi va u 5 oktyabrdan kuchga kirdi.
    Ustuvor yoʻnalishlar
    Oʻzbekiston Prezidentining Parijda YUNESKO rahbariyati, Fransiya Senati Raisi va mamlakatning eng yirik kompaniyalari vakillari bilan oʻtkazgan muzokaralari samarali boʻlib, bu oʻzbek — fransuz hamkorligini rivojlantirishning strategik ahamiyati muhim ekanidan dalolatdir.
    Xalqaro maydonda tobora yuksak siyosiy mavqega ega boʻlib borayotgan Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlash Yevropa ittifoqi bilan munosabatlarni shakllantirishda ham muhim rol oʻynaydi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik mintaqaviy mojarolar, jumladan, afgʻon masalasini hal qilish, Oʻzbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatini modernizatsiyalashda kuchli turtki beradi.
    Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport va kommunikatsiya, moliyaviy hamda sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish muhim ustuvor yoʻnalishlardan hisoblanadi. Shuningdek, bu aloqalar mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash boʻyicha qator sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashtiradi.
    Umuman olganda, Fransiya tajribasi va salohiyatini oʻrganish mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishda ustuvor loyihalarni amalga yuksaltirish, taʼlim tizimi sifatini yuksaltirish, iqtisodiyotni sanoat va texnologik jihatdan modernizatsiyalash hamda uning tarkibiy jihatdan diversifikatsiyalashga yaqindan koʻmak beradi.
    Fransiya tomoni oʻzbek — fransuz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarishga tayyorligini bildirdi. Fransiyalik mutaxassislarning fikricha, ayni paytda mazkur davlat Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari, avvalambor, dinamik oʻzgarishlarni amalga oshirayotgan Oʻzbekiston bilan munosabatlarni faollashtirish uchun qulay sharoitga ega.
    Rasmiy Parij uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan masalalar, yaʼni dunyoning yetakchi davlatlari rahbarlari bilan aloqalarni izchil olib borish, global muammolarni va jahonning boshqa mintaqalaridagi nizolarni hal qilishda fransuz rahbariyati saʼy-harakatlarni kuchaytirmoqda. Fransiyaning hozirgi hukumati xalqaro terrorizm va radikalizmga qarshi kurashni mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri, deb hisoblaydi. Oʻzbekistonning mazkur jabhadagi muvaffaqiyatli tajribasi yurtimiz bilan hamkorlikni rivojlantirishda rasmiy Parijning qiziqishlari yuqoriligini koʻrsatadi.
    Markaziy Osiyo soʻnggi yillarda geografik joylashuvi tufayli Yevropani Osiyo bilan bogʻlovchi yoʻlakka aylandi. Boy tabiiy resurslar va yuqori darajadagi insoniy salohiyatga ega mintaqa Fransiya uchun ham jozibali boʻlib boryapti. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy oʻsishi (oʻrtacha 3,5 foizda), shuningdek, qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi ijobiy muhit fransuz biznesi hamda “nou-xau”lar uchun katta imkoniyat yaratadi.
    Rasmiy Parijga koʻra, Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan konstruktiv va yaxshi qoʻshnichilikka asoslangan siyosati fransuz tashqi siyosatiga muvofiq tarzda, mintaqada yanada ijobiy muhitni yaratishga imkon beradi.
    Har ikki mamlakatda olib borilayotgan islohotlar jarayoni yangi bosqichda nafaqat oʻzbek — fransuz, balki Oʻzbekiston va Yevropa ittifoqi strategik hamkorligining koʻp qirrali munosabatlarini tatbiq qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
    Shu oʻrinda poytaxtimizda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki faoliyatining qayta yoʻlga qoʻyilishi bejiz emasligini aytish kerak. Chunki qisqa vaqt ichida YETTB Oʻzbekiston uchun 2018 — 2023 yillarga moʻljallangan yangi strategiyani qabul qildi. Bu dastur ochiq, integratsiyalashgan va eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotni koʻzda tutadi.
    Nainki Yevropada, balki butun dunyoda eng yuqori texnologiyalarga ega Fransiya bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish Oʻzbekistonning xalqaro maqomini hamda obroʻsini oshirish, yuqori sifatli investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish, sayyohlar oqimini koʻpaytirish imkonini beradi. Shuningdek, oʻzbek mahsulotlarini ushbu mamlakatga eksport qilish imkoniyatini kengaytiradi. Rasmiy Parij shunday aniq tasavvurga egaki, barqaror, jadal rivojlanayotgan Oʻzbekiston Fransiya yoki Yevropa ittifoqi uchungina emas, butun xalqaro hamjamiyat uchun uzoq muddatli strategik sherik boʻla oladi.

    Ulugʻbek NORMATOV, Oʻzbekiston — Fransiya: Hamkorlikning strategik istiqbollari


    10:24 11 Oktyabr 2018 



    Download 0.72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston va Fransiya munosabatlari

    Download 0.72 Mb.