• Ikkinchidan
  • Uchinchidan
  • Har jabhada ijobiy koʻrsatkich




    Download 0.72 Mb.
    bet3/9
    Sana09.03.2024
    Hajmi0.72 Mb.
    #168998
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Tarix oraliq[1]
    ANVAR, Документ Microsoft Word, ««xalqaro audit»1, Academic-Data-376191100557, SDOC-53C0F0BEE871B6AB20DAE02B013F8AB3-03-15-SI, KKH, Toshnazarov Navro’z Elmurod o’g’li, Taqriz maktab, BMI text, 0. Shaxsiy ish reja 2022-2023-yil, Bimetalic and monometalic money standard, ОАУ, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi, Lesson 3, Mavzu. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiktisodiy m
    Har jabhada ijobiy koʻrsatkich
    Keyingi yillarda oʻzbek — fransuz munosabatlarida hamkorlikning koʻplab sohalarida ijobiy natijalarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etish mumkin.
    Birinchidan, Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida siyosiy muloqotlar faollashdi. 2017 yilning may oyida Parijda va shu yilning aprel oyida Toshkentda Oʻzbekiston hamda Fransiya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Muzokaralar yakuniga koʻra, tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari tomonidan Oʻzbekiston va Fransiya TIVning 2017-2018 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolandi. Bu tomonlarning oliy darajadagi siyosiy muloqotni kuchaytirishga eʼtibor qaratayotganidan dalolatdir.
    Ikkinchidan, avvalgi yillarda yoʻlga qoʻyilgan parlamentlararo aloqalarga yangi surʼat berildi. 2017 yil oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fransiya Respublikasi Senati bilan hamkorlik boʻyicha guruhining amaldagi tarkibi yangilandi.
    Oʻzbekiston parlamenti jamiyat taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatish imkonini beruvchi sifat jihatidan oʻzgacha, real vakolatlarga ega boʻla boshlagan bir paytda qonun chiqaruvchi organimiz Yevropaning demokratiya rivojlangan mamlakatlaridan boʻlmish Fransiyadagi parlament faoliyatining shakl va mexanizmlarini oʻrganishdan manfaatdor.
    Uchinchidan, savdo-iqtisodiy hamkorlikda ham ijobiy oʻsish kuzatildi. 2018 yil birinchi yarmi yakunlariga koʻra, tovar ayirboshlash hajmi 146,2 million dollarni tashkil qildi va bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 12 foiz koʻp.
    Bundan tashqari, 2001 yildan buyon Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik boʻyicha oʻzbek — fransuz hukumatlararo komissiyasi faoliyat koʻrsatmoqda. Shu yilning iyul oyida Fransiyada oʻtkazilgan komissiyaning soʻnggi (yettinchi) yigʻilishi yakunlariga koʻra, oʻzbek mahsulotlarini “koʻhna qitʼa”ning ushbu davlatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazishni maqsadli ravishda tashkil etish uchun Fransiyada ilk bor Oʻzbekiston savdo uyi ochildi.
    Fransuz kompaniyalari oʻzbek sheriklari bilan hamkorlik qilishga amaliy qiziqish bildirayotgani diqqatga sazovor. Xususan, oʻtgan yili “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” oʻzbek — fransuz qoʻshma korxonasini barpo etish boʻyicha loyiha ijrosiga kirishildi. Ushbu zavodni 2018 yil oxirida foydalanishga topshirish koʻzda tutilmoqda.

    Download 0.72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.72 Mb.