Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati




Download 0.72 Mb.
bet9/9
Sana09.03.2024
Hajmi0.72 Mb.
#168998
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tarix oraliq[1]
ANVAR, Документ Microsoft Word, ««xalqaro audit»1, Academic-Data-376191100557, SDOC-53C0F0BEE871B6AB20DAE02B013F8AB3-03-15-SI, KKH, Toshnazarov Navro’z Elmurod o’g’li, Taqriz maktab, BMI text, 0. Shaxsiy ish reja 2022-2023-yil, Bimetalic and monometalic money standard, ОАУ, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi, Lesson 3, Mavzu. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiktisodiy m
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.
Nashr etmoq





Rated 5 stars out of 5
1990 yili 20-iyunda zbekiston ‘O SSR Oliy Sovetining 12-chaqiriq 2-sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi”da zbekiston ‘O espublikasi R yangi Konstitutsiyasini yaratish bo‘yicha 64 kishidan iborat komissiya tuzilgan edi. Komissiya AQSH, Fransiya, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Yаponiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Misr, Vengriya, Bolgariya, Litva davlatlarining konstitutsiyalarini o‘rganib chiqdi va qiyosiy tahlil qildi. MDH davlatlarining Asosiy qonunlari va konstitutsiya loyihalari ko‘rib chiqildi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodini bunyod etishda Fransiyaning «Texnip» kompaniyasi hamda «Kredi Kommersial de Frans» va «Pariba» banklari, Yaponiyaning «Marubeni» va «Jey-Ji-Si» kompaniyalari va «Eksport – import banki», AQShning «Cheyz Manxetten» banki, Turkiyaning «Gama» kompaniyasi о‘z sarmoyalari, texnik asbob – uskunalari, mutaxassis – quruvchilari bilan faol qatnashdi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1997 yil 22 avgust kuni ishga tushirildi va benzin, aviakerosin, suyultirilgan gaz, dizel yoqilg‘isi kabi mahsulotlar ishlab chiqara boshladi. Zavod qurilishi jarayonida 262 mln. AQSH dollari о‘zlashtirildi. Zavod qurilishiga «О‘zbekneftgaz», «О‘zmontajmaxsusqurilish», «Neftgazqurilish» va boshqa sanoat, transport korxonalari, tegishli vazirliklar ulkan hissa qо‘shdilar.

Energetika mustaqilligini ta’minlash hamda neft va gazni qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish dasturi doirasida, istiqlol yillarida eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lgan chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi («Teknip», Fransiya) va Sho‘rtangazkimyo majmuasi («ABB») barpo etildi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi to‘liq rekonstruksiya qilindi. Gaz-kimyo tarmog‘ining tashkil etilishi tabiiy gazni qayta ishlashni chuqurlashtirish va turdosh tarmoqlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish imkonini yaratdi. Erishilgan bunday ijobiy natijalar muqarrar ravishda mazkur mahsulotlarni chetga eksport qilish hamda tushgan valyuta mablag‘lariga xalqimiz ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni olib kelish imkonini berdi.

Oʻzbekiston – Fransiya: uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash yoʻlida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 2018-yil 8-9-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻldi.

Tashrifning asosiy voqealari 9-oktyabr kuni boʻlib oʻtdi.

Parij shahridagi Shon-sharaf maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Fransiya davlat madhiyalari yangradi. Shavkat Mirziyoyev harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi.

Shundan soʻng davlatimiz rahbari Fransiya Respublikasi Prezidentining Yelisey saroyiga yoʻl oldi.

Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning muzokarasida Oʻzbekiston – Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Prezidentimiz mamlakatimiz delegatsiyasiga koʻrsatilgan mehmondoʻstlik uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston ishonchli va uzoq muddatli sherik boʻlgan Fransiya bilan hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratayotganini alohida taʼkidladi. Fransiya davlatimiz rahbari rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropadagi birinchi mamlakat ekanini qayd etib, oʻn beshinchi asr boshida buyuk Sohibqiron Amir Temur va Fransiya qiroli Karl VI davridan buyon davom etib kelayotgan doʻstlik, oʻzaro hurmat va ishonch mamlakatlarimizni bogʻlab turishiga eʼtibor qaratdi.

Emmanuel Makron davlatimiz rahbari bilan Parijda uchrashib turganidan mamnunligini bildirib, Oʻzbekistonda olib borilayotgan oqilona siyosat, keng koʻlamli islohotlar nafaqat aholi farovonligini oshirish, mamlakatning yetakchi davlatlar safiga kirishi, balki Markaziy Osiyoda tinchlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashga xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Ikki davlatning xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishga doir yondashuvlari yaqin yoki mos ekani qayd etildi.

Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, mintaqa davlatlarining izchil taraqqiyotga erishishi maqsadida oʻzaro manfaatli hamkorlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirishda muhim oʻrin tutishi alohida taʼkidlandi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda kurashish muhimligini qayd etdilar. Mintaqada tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning muhim sharti sifatida Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish zarurligi yana bir bor taʼkidlandi. Bunda oldindan hech qanday shart qoʻymasdan toʻgʻridan-toʻgʻri siyosiy muloqotni yoʻlga qoʻyish ushbu muammoni hal etishning birdan-bir yoʻli ekaniga eʼtibor qaratildi.

Keyingi yillarda siyosiy muloqot faollashgani va bundan buyon muntazamlik kasb etishi lozimligi taʼkidlandi.

Hukumatlar va vazirliklar darajasida muntazam muloqot amalga oshirilmoqda. Tashqi siyosiy idoralar oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazilmoqda. Parlamentlararo aloqalar izchil rivojlanmoqda.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika, texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston – Fransiya hukumatlararo komissiyasi faoliyatiga ijobiy baho berildi. Oʻzaro savdo hajmini koʻpaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq, oʻzaro savdoda eng koʻp qulaylik yaratish tartibi oʻrnatilgan, Ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida konvensiya va boshqa hujjatlar imzolangan.

Muzokaralarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmi mavjud imkoniyat va salohiyatga mos emasligi taʼkidlandi. Shu munosabat bilan Oʻzbekistonning tegishli vazirlik va idoralari tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, “MЕDЕF” Fransiya tadbirkorlari harakati hamkorligida tashkil etilgan biznes-forumda Yevropaning ilgʻor tajribasi, bilimi va texnologiyalari asosida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xususan, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan umumiy qiymati qariyb 600 million yevro boʻlgan infratuzilma loyihalarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlik dasturi imzolandi.

Fransiyaning “Eyrbas”, “Total”, “Vinchi”, “Orano”, “Total Eren”, “Veoliya”, “Fivs Shteyn”, “Buig”, “Ranjis” va boshqa koʻplab kompaniyalari bilan hamkorlikda loyihalar amalga oshirishga kelishib olindi.

Mamlakatlarimiz oʻrtasida madaniy-gumanitar aloqalar ham izchil rivojlanmoqda. Uchrashuvda bunga alohida eʼtibor qaratilar ekan, madaniyat va sanʼat, turizm, fan va texnika, taʼlim, sogʻliqni saqlash, arxeologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishning aniq yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonga kelayotgan fransiyalik sayyohlar uchun vizasiz tartibjoriy etilgani va Fransiya bu borada Yevropaning birinchi mamlakati boʻlganini taʼkidladi.

Mamlakatimizda fransuz tilini oʻrganishga qiziquvchilar koʻp. Yaqinda Toshkentda Fransuz tili va madaniyati markazi tashkil etildi.

Iqtisodiyot, muhandislik, qishloq xoʻjaligi, turizm kabi yoʻnalishlarda mutaxassislar tayyorlash boʻyicha Oʻzbekistonda Fransiyaning yetakchi universitetlari filiallarini ochish borasida kelishuvlarga erishildi.

Mamlakatimiz tarixi va madaniyati xalqaro hamjamiyatda, jumladan, Fransiya ilmiy doiralarida doimo katta qiziqish uygʻotib kelgan. Tashrif davomida yurtimiz tarixi va madaniyatini oʻrganishga munosib hissa qoʻshgan Fransiyaning taniqli adabiyot va ilm-fan namoyandalari – yozuvchi Amin Maaluf, olimlar Frederik Bopertyui-Bressand xonim va Frans Grenega Samarqand shahri faxriy fuqarosi unvoni berildi.

Mamlakatimiz tarixiy va madaniy merosiga ulkan qiziqishni hisobga olgan holda, 2021-yilda Luvr muzeyida Oʻzbekiston tarixiga bagʻishlangan koʻrgazma oʻtkazish xususida kelishuvga erishildi. Ushbu tadbir jahonga mashhur muzeyda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligidagi mamlakatlardan biriga bagʻishlab oʻtkaziladigan ilk koʻrgazma boʻladi.

Tashrif doirasida avtomobil transportida xalqaro yoʻlovchi va yuk tashish, turizm sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitimlar, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan 2018-2020 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida ahdlashuv bitimi imzolandi.

Shuningdek, 2019-2020 yillarda tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida hamkorlik dasturi, Oʻzbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Fransiya ekologiya, barqaror taraqqiyot va energetika vazirligi oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror taraqqiyot sohasida hamkorlik, ikki mamlakat ichki ishlar, madaniyat vazirliklari, Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi va Luvr muzeyi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumikabi hukumatlararo va idoralararo jami 10 ta hujjat qabul qilindi.

Muzokaralar yakunida imzolangan hujjatlar oʻzaro almashildi.

Davlat rahbarlarining samarali muzokaralari yakunida erishilgan natijalar Oʻzbekiston bilan Fransiya oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga, uni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga tayyor ekanining yorqin tasdigʻi boʻldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Luvr muzeyiga tashrif buyurdi.

Luvr – dunyodagi eng mashhur muzeylardan biri, Fransiyaning oʻziga xos “tashrif qogʻozi”dir. U badiiy kolleksiyasi boʻyicha jahonda birinchi, maydoni boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi. Ushbu muzeyga har yili qariyb 10 million sayyoh keladi.

Muzey binosi 1190-yilda Fransiya Qiroli Filipp-Avgust tomonidan qalʼa sifatida bunyod etilgan. Luvr soʻzi mazkur mudofaa qoʻrgʻoni nomidan olingan. U bir necha asr davomida Fransiya qirollari qarorgohi boʻlgan. Keyinchalik Versal saroyi qurilgach, 1793-yilda muzeyga aylantirilgan.

Luvr muzeyida 300 mingdan ziyod eksponat saqlanadi. Ularning eng qadimgisi eramizdan avvalgi 7 asrga oiddir. Muzey zallarida ularning faqat 35 mingtasi namoyish etiladi. “Miloslik Venera” haykali va Xammurapi qonunlari, Leonardo da Vinchining “Jokonda” va Yan Vermeyerning “Chevar qiz” kartinalari ular orasida eng mashhurlaridir.

Muzey eksponatlari 6 ta kolleksiyaga ajratilgan. Faqat Sharq kolleksiyasining oʻzi 24 ta zalni egallagan. U yerda bizning mamlakatimiz tarixiga ham oid minglab ashyolar bor. Jumladan, Amir Temurning Karl VI ga yozgan maktubi, Ahmad Yassaviy maqbarasi uchun Sohibqiron tomonidan yasatilgan shamdon, qadimiy qurol-aslahalar, bitiklar va boshqa osori-atiqalar buyuk oʻtmishdan soʻzlaydi.

Davlatimiz rahbari muzey eksponatlarini tomosha qildi va ular tarixi bilan qiziqdi. Bu yerda saqlanayotgan tarixiy merosimiz namunalari xalqimiz uchun nihoyatda qadrli va ahamiyatli ekanini taʼkidladi. Oʻzbekiston va Fransiya muzeylari hamkorligida koʻrgazmalar tashkil etish, arxeolog va tarixchi olimlarning ilmiy hamkorligini kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Shuning bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi nihoyasiga yetdi.


Muallif: O‘zA


Вернуться назад

Комментарии


Оставить комментарий

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmatiO`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmatiO`zbekiston Respublikasining Hukumat portaliO`zbekiston Respublikasining Hukumat portaliO`zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar VazirligiO`zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar VazirligiАxborot agentligi DunyoАxborot agentligi DunyoДалееНазад


© 2022 Посольство Республики Узбекистан в Республике Казахстан

Создание сайта site4u.kz

Адрес
010000, Astana shahri,
Komsomol massivi,
Layli Majnun ko'chasi 7 uy
Телефон
Посольство:
+7 (7172) 95-42-52
E-mail
kz.uzembassy@mfa.uz

Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi


30 Sentabr 2022

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida Fransiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez boshchiligidagi Fransiya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, boshliq maslahatchisi Abdurahim Nasirov, tegishli boshqarma va boʻlim boshliqlari hamda Fransiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez, Madaniyat va hamkorlik boʻyicha maslahatchi Loran Orioll, Fransuz litseyi boshqaruv kengashi vitse-prezidenti Pyer Dirrik, Fransuz litseyi direktori S.Pinelar ishtirok etishdi.

Muzokaralar mobaynida inspeksiya vakillari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Hukumatlararo Bitimni yanada takomillashtirish, bunda har ikki mamlakat taʼlim siyosati organlari faoliyatlarini qamrab olish bilan bogʻliq qator masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar koʻtarilgan masalalar boʻyicha hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olishdi.

Materialdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda, tdi.uz manbasi ko‘rsatilishi shart.

Ijtimoiy tarmoqlarda:

Inspeksiya telefoni

+998 71 231-07-53
Elektron pochta

info@tdi.uz


Manzilimiz

Nurxon ko‘chasi, 21-uy


100115, O‘zbekiston, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy.
Ish kunlari: dushanba-juma (9:00-18:00, 13:00-14:00gacha tushlik).
Dam olish kunlari: shanba, yakshanba va bayram kunlari.

Copyright © 2017 - 2022

Топ рейтинг www.uz
tdi.uz wants to play speech

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING


QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA FRANSIYA RESPUBLIKASI O‘RTASIDA IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNI YANADA KENGAYTIRISH VA MUSTAHKAMLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-9-oktabri kunlari Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi O‘zbekiston va Fransiya xalqlarining o‘zaro aloqalari tarixida mutlaqo yangi sahifani ochib berdi, ikki mamlakat o‘rtasida ko‘ptomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda do‘stlik va hamfikrlikni yanada mustahkamlashda katta turtki bo‘ldi.
Ochiq, do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan oliy darajadagi sermahsul muzokaralar, parlament, hukumat, ishbilarmon doiralari hamda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar tomonlarning O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida ikki mamlakat xalqlarining uzoq muddatli va tub manfaatlariga xizmat qiluvchi o‘zaro hamkorlik munosabatlarini har tomonlama rivojlantirishga bo‘lgan qat’iy intilishlarini yana bir bor tasdiqladi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikni har tomonlama kengaytirish bo‘yicha qo‘shma qarorlar muhokama etildi va qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan kelishuvlarning so‘zsiz hamda to‘laqonli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
1. Kuyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama shartnomalar va erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va so‘zsiz amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilishni ta’minlash mexanizmi 1-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida imzolangan investitsiya loyihalari va savdo bitimlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 3-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasidagi 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan amaliy tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 4-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning YUNESKO Bosh direktori O. Azule bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan amaliy tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu qarorning 3-ilovasida ko‘rsatilgan muddatlarda investitsiya bitimlarini va savdo shartnomalarini amalga oshirish tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5565-son Farmoni bilan tuzilgan Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosini ta’minlash masalalari bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi guruhi:
Fransiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrif davomida imzolangan hujjatlarni, erishilgan kelishuvlarni og‘ishmay va sifatli amalga oshirish, shu jumladan ayrim hujjatlarning kuchga kirishi bo‘yicha davlat ichki tartib-taomillarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan doimiy va tizimli monitoring hamda nazoratni tashkil qilish;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) so‘zsiz bajarish bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari — mas’ul ijrochilarning oylik hisobotlarini eshitish;
Fransiya Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarni amalga oshirish, shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya faoliyati doirasida fransuz tomoni bilan muntazam va samarali hamkorlikni tashkil qilish masalalarini muvofiqlashtirishni ta’minlasin.
4. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar — mas’ul ijrochilar:
tarmoq jadvallari va mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy tadbirlar . rejalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini hamda ularning ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning “Ijro.gov.uz” tizimiga doimiy ravishda kiritib borilishini;
har hisobot oyidan keyingi oyning 3 sanasiga kadar tarmoq jadvallari va mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejalarining ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning 2, 4 va 5-ilovalar bo‘yicha — Tashqi ishlar vazirligiga, 3-ilova bo‘yicha — tegishliligi bo‘yicha Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga taqdim etib borilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tarmoq jadvallari va mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejalarining ijrosi to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni har hisobot oyidan keyingi oyning 7 sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasiga kiritib borsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi ushbu qaror hamda tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejalari ijrosining tanqidiy tahlilini har hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyam va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga taqdim etib borsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Fransiyada o‘zbek allomasining haykali qad ko‘taradi


Olam
24 fevral 2020 18:03
4237
O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev Ryuey-Malmezon shahri meri va Buyuk Parij metropolisi prezidenti Patrik Ole bilan uchrashdi. Bu haqida “Dunyo” Axborot agentligi xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, muloqot chog‘ida Buxoro – Ryuey-Malmezon birodarlashgan shaharlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari misolida O‘zbekiston – Fransiya hamkorligining joriy holati va istiqbollari muhokama qilingan.

Fransiya vakillari muntazam asosda rasmiy delegatsiyalar almashinuvi amalga oshirilib, madaniy-gumanitar va turizm sohasida qo‘shma tadbirlar amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ta’kidlanishicha, Ryuey-Malmezon shahrida Abu Ali ibn Sino haykali qad ko‘tarishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, shaharda “O‘zbekiston bog‘i” ham ochilishi ko‘zda tutilgan.

“Uchrashuv yakunida Ryuey-Malmezonda tashkil etiladigan O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘zbekistonlik ijodiy jamoalar ishtirokida tantanali tadbir o‘tkazishga kelishib olindi”, deyiladi xabarda.

Fransiya kompaniyalari Samarqanddagi qaysi loyihalarga sarmoya kiritgan?


21.11.2022 16:38 95 DOLZARB
Samarqand shahri bilan Fransiyaning Lion shaharlari o‘rtasida 1998 yildan buyon birodarlik aloqalari o‘rnatilgan.

Viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, bugungi kunda viloyatda Fransiya kompaniyalarining kapitali ishtirokida bitta qo‘shma korxona – “LOUIS-SATTOR” MChJ Samarqand shahrida (mehmonxona xizmati) faoliyat yuritib kelmoqda.

Bundan tashqari, 2021 yilda viloyatimiz hamda Fransiya davlati o‘rtasida tovar aylanmasi 8,3 million AQSh dollaridan ortdi. Shundan 26,1 ming AQSh dollarilik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, qariyb 8,3 million AQSh dollarlik tovar import qilingan.

2022 yilning yanvar-oktyabr oylari davomida Fransiyadan 8,2 million AQSh dollarilik mahsulot importi amalga oshirildi.

Qolaversa, Fransiya Taraqqiyot Agenligi (Agence Frangaise de Développement, AFD) ishtirokida “Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilar boshqaruvini modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 37,167 million yevro (45,018 million dollar)ni tashkil etib, loyiha doirasida bugunga qadar 9,611 million yevro (11,640 million dollar) miqdorida mablag‘ o‘zlashtirilgan.

Mazkur loyiha 2024 yilga foydalanishga qabul qilinadi.


O‘zbekiston-Fransiya: hamkorlikning yangi yo‘nalishlari


Posted on 11.05.2018 Authoradmin
O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli hamda 2017 yil 16 avgustdagi PQ — 3217-sonli “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi tadbirlar” qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston-Fransiya do‘stlik jamiyati va O‘zbekiston Milliy universiteti tashabbusi bilan “Ilmiy munozara: muammo, yechim va yutuq” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib utdi.Konferensiyada Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi vakillari, Respublikamizdagi Oliy ta’lim muassasalari, shuningdek Fransiya Davlati tomonidan beriladigan “Palm Akademik” sohibi, falsafa hamda siyosiy fanlar mutaxassisi Frans Voerli, Fransiyaning ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha attashesi Sofi Jint xonim, Ruan universiteti mutaxassisi Klemantin Jilar, Belgiyaning faxriy konsuli Jan-Klod Bojan, Toshkent Fransuz Alliyansi va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Anjumandan ko‘zlangan madsadi chet til o‘qitishning innovatsion pedagogik texnologiyalarini o‘rganish, og‘zaki nutq ko‘nikmasini rivojlantirishda yangi pedagogik metodlar va tajribalar, filologiya masalalari yuzasidan muammolar, ularning yechimlari va erishilayotgan yutuqlar borasida xorijlik mutaxassislar bilan fikr va tajriba almashishdan iborat.


Tadbirda O‘zbekiston bilan Fransiya aloqalari turli sohalarda tobora rivojlanib borayotgani ta’kidlab o‘tildi. Shu bilan birga, ko‘plab sohalardagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish zarurligi haqida ma’ruzalar qilindi.

Ilmiy ishlar bo‘yicha universitet prorektori Olimjon Xolmuxamedov “Ta’lim tizimi – bu faqatgina ta’lim berish emas, balki tizimning tarbiya bilan bog‘liqligini hammamiz yaxshi bilamiz. Ko‘plab chet ellik mutaxassilar O‘zbekistondagi yoshlar bilimga qanchalik chanqoq ekanliklarini va shu bilim egallashda naqadar madaniyatli ekanliklarini hamda chet davlatlarda o‘qiyotgan talabalarimizni yuqori natijalarga erishayotganliklarini e’tirof qilishadi. Ko‘plab xorijlik sayyohlar yurtimizga keladigan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar yetarli emas. O‘zbekistonni dunyoga tanitish uchun turli tillarda kichik bukletlar, rangli jurnallar chop etib xorijlik mehmonlarga tarqatish kerak. Bundan biz O‘zbekistonni dunyoda tanitamiz va yurtimizga keladigan sayyohlar sonini oshirib, do‘stlik aloqalarni yanada tiklash imkoniga ega bo‘lamiz”, — dedi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Zokirjon Abidov Qo‘mita tomonidan chet eldagi hamkorlar bilan olib borilayotgan aloqalar, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning ona yurtiga sadoqat bilan xizmat qilishga tayyorligi va bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuzasidan axborot berib, yoshlarni ilm olishga va o‘z vataniga sodiq farzand bo‘lib yetishishga da’vat etdi.

Belgiya faxriy konsuli Jan-Klod Bajan o‘z nutqida Rivojlangan Yevropa mamlakatlaridan keladigan sayyohlar uchun to‘liq ma’lumotlar tayyorlash kerakligi, O‘zbekistonni yangi qirralarini ochib, yevropaliklarni o‘zbek milliy urf-odatlari, madaniyati, san’ati va tarixi bilan yaqindan tanishtirish uchun ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish uchun eng avvalo tashrif buyuradigan sayyohlar nimani ko‘rishni istashadi, qanday taomlarni istemol qilishadi va qanday sharoitlarda yashashadi degan savollarni hal etish lozim dedi.




Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Sh.Minovarov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti prfessori E.Mamatov va boshqalar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarni rivojlantirish va bu yo‘nalishda uchraydigan muammo va yechimlar hususida fikr almashdilar.
Download 0.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati

Download 0.72 Mb.