• Fransiyadan o‘zlashtirilgan investitsiyalar
  • So‘nggi 5 yildagi O‘zbekiston—Fransiya munosabatlari tahlil qilindi




    Download 0.72 Mb.
    bet7/9
    Sana09.03.2024
    Hajmi0.72 Mb.
    #168998
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Tarix oraliq[1]
    ANVAR, Документ Microsoft Word, ««xalqaro audit»1, Academic-Data-376191100557, SDOC-53C0F0BEE871B6AB20DAE02B013F8AB3-03-15-SI, KKH, Toshnazarov Navro’z Elmurod o’g’li, Taqriz maktab, BMI text, 0. Shaxsiy ish reja 2022-2023-yil, Bimetalic and monometalic money standard, ОАУ, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi, Lesson 3, Mavzu. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiktisodiy m

    So‘nggi 5 yildagi O‘zbekiston—Fransiya munosabatlari tahlil qilindi


    Fransiya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqida muhim hamkorlaridan biridir. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘nggi 5 yil O‘zbekiston—Fransiya munosabatlarini tahlil qildi.

    Foto: Bloomberg
    O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim”ga muvofiq, O‘zbekistonning Fransiya bilan o‘zaro savdosida eng qulay imtiyozli rejimi o‘rnatilgan.
    Bundan tashqari, 2021-yilning aprel oyida O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining “Preferensiyalar bosh tizimi” (GSP+) bo‘yicha benefitsiar davlatiga aylandi.
    Bu esa Yevropa Ittifoqiga, xususan Fransiyaga, o‘zbek mahsulotlarini, jumladan, 6,2 mingta muhim eksport tovarlarini bojsiz olib kirish imkonini beradi.
    Bularning natijasida 2022-yilning yanvar—sentabr oylari davomida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,6 foizga o‘sib, 219,8 mln dollardan 232,2 mln dollargacha yetdi.
    Eksport hajmi 9 barobarga oshib 7,7 mln dollardan 69,6 mln dollarga o‘sdi. Import esa mos ravishda 212,1 mln dollardan 162,5 mln dollargacha ya’ni 23,4 foizga kamaydi, salbiy saldo 204,4 mln dollardan 92,9 mln dollargacha qisqardi.

    Fransiyadan o‘zlashtirilgan investitsiyalar


    2017-yildan boshlab hozirgi kunga qadar O‘zbekistondagi fransuz kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 3,5 barobarga o‘sib 13 tadan 46 tagacha ko‘paydi (26 tasi qo‘shma va 20 tasi 100 foizlik fransuz korxonalari).
    2021-yilning yakuniga ko‘ra, Fransiyadan o‘zlashtirilgan investitsiyalar va kreditlar hajmi 297,1 million dollarni, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar — 70,9 million dollar va kreditlar — 226,2 million dollarni tashkil etdi.
    2022-yilning birinchi yarmida esa 92,8 million dollar Fransiya investitsiyalari o‘zlashtirildi.
    Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik doirasida energetika, suv ta’minoti, chorvachilik, turizm infratuzilmasi va boshqa sohalarda qator yirik loyihalar mavjud.
    To‘qimachilik sanoatidagi hamkorlik o‘zaro manfaatlarning keng doirasini aks ettiradi. Bugungi kunda “O‘zbektekstilsanoat” kompaniyasi fransuz tomoni bilan birgalikda ushbu yo‘nalishda ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilib, qo‘shma korxonalar tashkil etilmoqda.
    Ikki tomonlama hamkorlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, bog‘dorchilik hamda urug‘chilik, o‘simliklar karantini, mahsulotlar xavfsizligi va saqlanishini ta’minlash sohalarida qo‘shma ilmiy izlanishlarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda ham muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
    Fransiya mashinasozlik, energetika, kimyo sanoati, (jumladan, parfyumeriya va farmatsevtika sanoati), qishloq xo‘jaligi, (xususan, vinochilik), qurilish materiallari ishlab chiqarish, shuningdek, turizm va ilm-fan kabi sohalarda jahonda yetakchi mavqega ega.
    Fransiya bilan hamkorlik esa O‘zbekiston iqtisodiyotining ko‘plab tarmoqlari uchun ijobiy ta’sir ko‘satadi.



    Download 0.72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    So‘nggi 5 yildagi O‘zbekiston—Fransiya munosabatlari tahlil qilindi

    Download 0.72 Mb.