• Yakdil qarashlar
  • Munosabatlarning mantiqiy davomi




    Download 0.72 Mb.
    bet2/9
    Sana09.03.2024
    Hajmi0.72 Mb.
    #168998
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Tarix oraliq[1]
    ANVAR, Документ Microsoft Word, ««xalqaro audit»1, Academic-Data-376191100557, SDOC-53C0F0BEE871B6AB20DAE02B013F8AB3-03-15-SI, KKH, Toshnazarov Navro’z Elmurod o’g’li, Taqriz maktab, BMI text, 0. Shaxsiy ish reja 2022-2023-yil, Bimetalic and monometalic money standard, ОАУ, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi, Lesson 3, Mavzu. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiktisodiy m
    Munosabatlarning mantiqiy davomi
    Xorijiy sheriklar bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Yevropa ittifoqi va uning yetakchi aʼzo davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish hamda kengaytirish jarayonini davom ettirishdan manfaatdor. Ular orasida Fransiya Respublikasi ham bor.
    Shu maʼnoda, joriy yil 8-9 oktyabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi koʻp tomonlama oʻzbek — fransuz munosabatlariga yangicha ruh berish yoʻlida keyingi yillarda yanada faollashgan harakatlarning mantiqiy davomi boʻldi.
    Tashrif mobaynida davlatimiz rahbari Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Fransiya Senati Raisi Jerar Larshe, shuningdek, ushbu mamlakatning eng yirik kompaniya va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashdi. Oʻzbekiston yetakchisi YUNЕSKO bosh direktori Odri Azule bilan muzokaralar oʻtkazdi.
    Kun tartibidan oʻzbek — fransuz siyosiy muloqotini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari oʻrin oldi. Avtomobillar tashuvi, sayyohlik, harbiy-texnikaviy hamkorlik, koinotni tadqiq qilish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, madaniyat hamda boshqa sohalarga daxldor hukumatlararo va vazirliklararo 10 ta hujjat imzolandi.
    Qayd etish joizki, tashrif arafasida tomonlar umumiy qiymati 5 milliard yevroga yaqin investitsiya loyihalari boʻyicha kelishuvlar, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan umumiy qiymati qariyb 600 million yevro boʻlgan infratuzilma loyihalarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlik dasturi qabul qilindi.
    Yakdil qarashlar
    Fransuz tomoni bugun Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi Fransiya yetakchisining islohotlar dasturi bilan, avvalo, siyosiy va iqtisodiy modernizatsiya, qonun ustuvorligini taʼminlash, sud-huquq tizimini takomillashtirish, hokimiyat organlari ishini xalq va davlat manfaatlariga xizmat qilishga yoʻnaltirish borasida oʻxshash jihatlar borligini qayd etdi.
    Ikki davlatning dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishga doir yondashuvlari yaqin yoki mos ekani eʼtirof etilib, mintaqaviy hamda xalqaro hamkorlik, xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashishning yangi shakllarini rivojlantirish muhimligiga eʼtibor qaratildi. Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, mintaqa davlatlarining izchil taraqqiyotga erishish maqsadida oʻzaro manfaatli hamkorlik hamda yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirishda muhim oʻrin tutishi alohida taʼkidlandi.
    Davlat rahbarlari mintaqada tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning muhim sharti sifatida Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish zarurligini yana bir bor qayd etdilar.
    Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Fransiya hukumatlararo komissiyasi faoliyatiga alohida urgʻu berildi. Oʻzaro savdo hajmini koʻpaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida istiqbolli investitsiya loyihalarini roʻyobga chiqarish muhimligi aytildi.
    Shunisi diqqatga sazovorki, oliy darajadagi tashrif Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga kuchli qiziqish bildirayotgan Fransiya tomoni taklifi bilan boʻlib oʻtdi. Masalan, “Veolia” fransuz kompaniyasi Oʻzbekiston bilan mamlakatning suv taʼminoti tizimlarini modernizatsiya qilish boʻyicha kelishuvga erishdi, “Orano” uran konlaridagi qazish ishlarida ishtirok etmoqchi, “Thales” kompaniyasi kosmik texnologiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish niyatida, “Airbus” esa yuk samolyotlarini yetkazib berish harakatida.
    Bugun, hech mubolagʻasiz aytish mumkinki, bir tomondan, Oʻzbekistonda hayotning barcha jabhasini erkinlashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha roʻyobga chiqarilayotgan koʻp qirrali islohotlar, boshqa tarafdan — rasmiy Toshkentning mamlakat atrofida xavfsizlik va barqarorlik belbogʻini yaratish yoʻlidagi faol harakatlari hamda bular Parijning Markaziy Osiyodagi siyosatiga hamohang ekanligi mazkur jarayonlarga oʻzgacha surʼat baxsh etmoqda. Mintaqaga nisbatan Fransiya pozitsiyasi Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar suvereniteti, xavfsizligi va farovonligini yoqlashi bilan hamisha ajralib turgan.

    Download 0.72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.72 Mb.