|
O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 15- son ilmiy tadqiqotlar jurnaliBog'liq Qudratova Shaxnoza Baxtiyor qiziO‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
15-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.01.2023
O‘quvchilarga beriladigan bilimlar, ko‘nikmalar, asosan, dars jarayonida
singdirilishi, birinchi sinfda oʼquv yili davomida, uyga vazifa berilmasligi, berilsa ham
ular yengil kuzatish, taqqoslash, sanab koʼrish, rasm chizish, qoʼshiq aytish, sayr
qilishdan iborat boʼlib, bu bilan taʼlim elementlarini asta-sekin oʼzlashtirib borishiga
erishish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda oʼquvchi fikrlaydi, sanaydi, faraz qiladi,
tevarak-atrof goʼzalligidan bahramand boʼladi, eng muhimi, hordiq chiqarib, tinch
uxlaydi va ertasiga darsga ziyrak holatda keladi. Eskirib borayotgan metodlar, uy
vazifasining ortib borishiga yo‘l qoʼymaslik, xususan, oʼquvchilariga beriladigan uy
vazifalarini meʼyorlash joiz. Bugungi kunda taʼlim sifatini baholovchi PIRLS xalqaro
dasturiga tayyorgarlik koʼrishda mustaqil ishlar jarayonini tizimli tashkil etish ijobiy
samara beradi. Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi “Taʼlim
sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi”
tomonidan PIRLS baholash dasturiga tayyorgarlik koʼrish uchun 8 turdgi mashq
daftarlari nashr etilgan. Ushbu mashq daftarlari 4-sinf oʼquvchilaring oʼqish va
tushunish darajasini baholaydi. PIRLS xalqaro baholash tadiqotiga mustaqil ishlar
jarayonida tayyorgarlik koʼrish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼquv-bilish kompetentsiyalarini mustaqil
ishlar asosida samaradorligini oshirish dolzarb pedagogik muammo ekanligi, ularni
mustaqil ish jarayonini takomillashtirishning asosiy yoʼnalishlari va metodik
asoslarining yoritilganligi, PIRLS baholash dasturi talab va mezonlariga asoslangan
taʼlimning
oʼziga
xos
xususiyatlari,
oʼquvchilarda
oʼquv-bilish
jarayoni
kompetentsiyalarini shakllantirish strategiyasini amalga oshirish vazifalari,
yoʼnalishlari hamda kamchiliklarning aniqlashtirilganligi kelajak taʼlimi uchun muhim
nazariy poydevor boʼlib xizmat qiladi.
Oʼquvchilarning oʼquv-bilish kompetentsiyalarini mustaqil ishlar asosida
samaradorligini oshirish jarayoniga boʼlgan munosabatlari mazmunini oʼrganish, bu
boradagi motivatsiya darajasini aniqlashga yoʼnaltirilgan harakat mazkur
muammoning nazariy va amaliy yechimlari toʼla hal etilmaganligini, oʼtkazilgan
tahlillar oʼquv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirishga oid oʼquv materiallari oʼquv
dasturidagi oʼquvchilarning bilimiga qoʼyilgan talablarga toʼla javob bermasligini,
ularga oid materiallarni oʼz ichiga olgan maqbul oʼquv-uslubiy taʼminot
yaratilmaganligini koʼrsatdi.
Boshlangʼich taʼlimda oʼquvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishning oʼziga
xos xususiyatlari, pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni va metodikasi oʼrganish
jarayonida boshlangʼich taʼlim oʼqituvchisi oʼquvchining oʼz bilimini mustaqil oshirish
faoliyatini aniq bir maqsadga yoʼnaltirishi lozim, degan xulosaga kelindi. Tadqiqotda
maqsadga erishishi uchun amal qilishi kerak boʼlgan shartlar belgilab berilgan.
Mustaqil ishlarni amalga oshirish bilan o‘quv-bilish kompetentsiyalarini PIRLS
baholash dasturi talab va mezonlari asosida shakllantirishda kuzatib boriladigan
universial o‘quv faoliyatining shaxsiy, regulyativ, bilish, kommunikativ bloklari
|
| |