O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 15- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana19.11.2023
Hajmi0,8 Mb.
#101364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qudratova Shaxnoza Baxtiyor qizi

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
15-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.01.2023
vujudga keltiradi. Tadqiqotimiz natijalari shuni ko‘rsatdiki, oʼquvchining ijodiy fikrlash 
qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish, uning mustaqil bilim olishga boʼlgan 
qiziqishini oshirishda mustaqil ish ijobiy taʼsir koʼrsatar ekan. Boshlangʼich sinflarda 
joriy etilgan yangi texnologiya, avvalo, fanlar orasidagi bogʼliqlikni taʼminlash, ortiqcha 
qiyinchiliklarni bartaraf etish, fanlarni integratsiyalash, oʼquvchi faoliyatini toʼgʼri izga 
solish, vaqtdan unumli foydalanish, tashabbuskorlik muhitini yuzaga keltirish, ijodiy 
ishlash tizimini yaratish kabi qator maqsadlarni amalga oshirish kabi zarur ishlarni 
bajaradi. 
Yangi pedagogik texnologiya oʼquvchi faoliyatini toʼgʼri yoʼnaltirishga qaratilgan 
boʼlib, avvalo, uning sogʼligini muhofaza qilishni, unda turfa fazilatlarni shakllantirish 
uchun amaliy yondashuv rejalarini tuzishni, bu rejalarda oʼquvchini quvnoqlikka, 
topqirlikka undovchi vositalar jamlanishini, hozirjavoblikka, sermulohazalikka, toʼgʼri 
raqobat qila olishga yoki faraz qila olish qobiliyatini rivojlantirishga, ijodiy tafakkur 
qilish, tadbirkor boʼlishga undovchi qator nazariy va amaliy ishlar majmuasini 
barqaror etishni nazarda tutadi[5]. 
Pedagogik texnologiyalarning boshlangʼich taʼlim tizimida keng oʼrin olish va 
barqarorlashishi uchun istiqbol rejalarda quyidagilarga eʼtibor berishligi aniqlandi: 
bajarilishi va tatbiq etilishi lozim boʼlgan ishlarni toʼgʼri loyihalash, maqsad va 
vazifalarni belgilash; amaliy mashq va mashgʼulotlar tizimini yaratish; boshlangʼich 
sinflarda oʼqitiladigan fanlar boʼyicha atamalar toʼplamini tuzish; sinov mashgʼulotlari, 
test savollari tuzish; kompьyuterni oʼyinlar uchun dasturlashtirish; sayr-sayohatlar 
oʼtkazishning nazariy va amaliy yoʼnalishini belgilash va dars rejalarini hozirlash
pedagogik texnologiyalarni oʼzida aks ettiradigan oʼquv dasturlari, darslik qoʼllanmalar 
yaratish; respublika ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy-maʼnaviy xususiyatlariga mos 
ravishda boshlangʼich taʼlimning amaliy asoslarini ishlab chiqish; jahon 
pedagogikasining boshlangʼich taʼlim sohasida mavjud tajribalarini oʼrganish va 
maktablarda joriy etish. 
O‘quvchilarga taʼlim-tarbiya berishimizda bir qancha muammolarga duch 
kelamiz: imloviy xatolar; diqqatni bir joyga toʼplay olmaslik; matnni o‘qib, soʼzlay 
olmaslik; oʼta harakatchanlik; bir-ikki gapirganda tushunib yetmaslik; geometrik 
shakllarni farqlay olmaslik; oʼquv qurollarini toza tuta olmaslik; vazifani mustaqil 
bajara olmaslik; koʼchirma diktantlarda ham qiyinchilikka duch kelish. Bu sanab 
oʼtilgan muammolarni hal etishda ham, o‘yinga asoslangan ilg‘or texnologiyalar juda 
samaralidir. 
O‘quvchi 
tafakkurini 
har 
tamonlama 
rivojlantirish, 
dunyoqarashini 
kengaytirishda ekskursiya darslari keng koʼlamda olib borish kerak. Chunki uning 
bilish, yangiliklarni qabul qilish doirasi keng, undan toʼgʼri samarali foydalanish esa 
o‘qituvchining vazifasidir. Oʼquvchining hissiy bilish, maʼlumot va ko‘nikmalarni qabul 
qilishga keng imkoniyat yaratish uchun erkinlik berish, uni ijodiy ishlar qilishga, 
bajargan ishi samarasini koʼrib quvonishiga, yangi-yangi yutuqlarga yoʼllash zarur. 



Download 0,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 15- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish