O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 15- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana19.11.2023
Hajmi0,8 Mb.
#101364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qudratova Shaxnoza Baxtiyor qizi
1-laboratoriya, 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish, Tizim, FUTBOL O`YININING KELIB CHIQISH HAMDA RIVOJLANISH TARIXI, 10-inf, 1-mavzu taqdimot, Mustaqil ish reja Innovatsion va uning turlari. Innovatsion loy, 1 guruh SM erp, 5-Мa’ruza, 02.EGAMBERGANOVA SEVINCHOY, 5-mavzu....... (1), kompyuter tarmoqlari, maktabgacha-ta-lim-yoshdagi-bolalarning-ijodiy-qobiliyatlari-va-uni-samarali-rivojlantirish-omillari, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida manaviy-axloqiy tarbiyalash
O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
15-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.01.2023
ushbu omil oʼqitish jarayonida muammoli oʼqitish va mantiqiy metodlarni 
mujassamlashtirishni taqozo etadi; oʼqitish jarayonida oʼquvchilar tomonidan darsda 
vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni hal etish uchun turli variantlar asosida fikr 
yuritishga imkon yaratish, mazkur jarayonda ogʼzaki, koʼrgazmali, muammoli oʼqitish 
va mantiqiy metodlarni mujassamlashtirish zaruratini keltirib chiqaradi. 
Oʼqituvchi ijodiy muhitni taʼlim jarayonida yaratish uchun quyidagilarni amalga 
oshirishi lozim: oʼrganiladigan mavzu mazmunidagi asosiy tushunchalar va atamalar, 
ular asosida shakllantirilgan tayanch va xususiy kompetentsiyalarni aniqlash; mavzu 
mazmunini qayta ishlash, uni muammoli tarzda induktiv yoki deduktiv yoʼnalishda 
oʼrganishni belgilash; muammoli va nostandart vaziyatlarni vujudga keltirish yoʼllarini 
belgilash, shu asosda muammoli oʼquv topshiriqlarini tuzish; darsning har bir bosqichi: 
avval oʼzlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish va baholash, oʼtgan mavzuni yakunlash, 
yangi mavzuni oʼrganish va mustahkamlash, yangi mavzu boʼyicha oʼquvchilarning 
oʼzlashtirgan bilimlarni nazorat qilish hamda baholash, yangi mavzuni yakunlashda 
ijodiy muhitni vujudga keltirishni loyihalash; oʼrganiladigan mavzu mazmuniga 
muvofiq oʼqitish vositalari, metodlarini tanlash, bunda oʼqitishning zamonaviy 
vositalari va faol metodlarning ustuvorligiga erishish yoʼllarini belgilash; darsda taʼlim 
mazmuni, oʼqitish vositalari va metodlarini uygʼunlashtirish orqali oʼquvchilarning 
bilish faoliyatini faollashtirish, bilimlarni ongli oʼzlashtirishga erishish yoʼllarini 
belgilash; darsda yuqorida qayd etilgan ijodiy muhitga zamin tayyorlaydigan 
oʼquvchilarning mustaqil ishlariga sarflanadigan vaqtni belgilash va darsning 
texnologik xaritasini tuzish; texnologik xarita asosida darsni olib borishga erishish, 
vaqtdan unumli foydalanish; zarur hollarda taʼlim jarayoniga muayyan oʼzgartirish 
kiritish uchun qoʼshimcha topshiriqlar va tarqatma materiallar tayyorlash; mavzu 
mazmuniga oid qiziqarli shu bilan bir qatorda muammoli analogiyalardan foydalanish 
yoʼllarini belgilash; darsda ijodiy muhitni yaratish boʼyicha olib borilgan ishlarni tahlil 
qilish va kelgusida pedagogik faoliyati hamda oʼquvchilarning oʼquv-bilish faoliyatiga 
muayyan oʼzgartirishlar kiritish yoʼllarini belgilashi zarur. 
Boshlangʼich taʼlimda oʼquvchilarning mustaqil taʼlim olishlari uchun katta 
imkoniyatlar mavjud. Biroq hozirgi vaqtda oʼquv-tarbiya jarayonida oʼquvchilarda 
mustaqil taʼlim olish qobiliyatini shakllantirish masalasiga dolzarb pedagogik 
muammo sifatida qaralmaydi, mustaqil taʼlim mazmunini tahlil qilish va ishlab 
chiqishga zamonaviy nuqtai nazardan yondashilmaydi, uning samarali metod, shakl 
hamda vositalaridan foydalanishga yetarlicha eʼtibor berilmaydi. Bu boshlangʼich 
taʼlimda oʼquvchilarning mustaqil taʼlimini tashkil etish, amalga oshirish, nazorat qilish 
borasida qator pedagogik muammolar mavjudligini bildiradi[7]. 
Mazkur masalalarni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan oʼrganish, boshlangʼich 
taʼlim jarayonida oʼquvchilarning mustaqil taʼlim olishga boʼlgan ehtiyojini eʼtiborga 
olish va mustaqil taʼlim olishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratib berish zarur. Eng 
avvalo, quyidagi masalalarga tanqidiy yondashish lozim: birinchidan, oʼquvchilarning 
mustaqil ishini tashkil etish ehtiyojining nazariy taʼlim bilan uzviyligi; ikkinchidan, 



Download 0,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 15- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish