O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 15- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana19.11.2023
Hajmi0,8 Mb.
#101364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qudratova Shaxnoza Baxtiyor qizi

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
15-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.01.2023
taʼlim jarayonida mustaqil ishni tashkil etishga oid muammolarning tizimli tadqiq 
etilmaganligi; uchinchidan, oʼqitiladigan fanlardan oʼquvchilar mustaqil ishini tashkil 
etishning ilmiy-metodik jihatdan asoslanmaganligi; toʼrtinchidan, fanlardan 
oʼquvchilar mustaqil ishini tashkil etish yuzasidan amaliy-metodik tavsiya va 
xulosalarning ishlab chiqilmaganligi 
Mustaqil ishlar jarayonida oʼquvchida mustaqil fikrlash qobiliyatining rivojlanishi 
natijasida, oʼquvchida jarayonlar va hodisalar, obʼektlar haqida bilimlarni 
tizimlashtirish ularni chuqur oʼrganish hamda tegishli qarorlar qabul qilish, nazariy 
bilimlarni amalda qoʼllash koʼnikmalari shakllanadi [4]. 
Mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini ishlab chiqishda har bir oʼquvchining 
tushunuvchanlik, shaxsiy imkoniyatlari, oʼquv materialini oʼzlashtirish darajasi 
inobatga olinishi, shaxsga yoʼnaltirilgan oʼqitish texnologiyalarini qoʼllash maqsadga 
muvofiq. Mashgʼulotlarda o‘quvchilarning ijodiy ishlashiga ahamiyat berish kerak. 
O‘qituvchi o‘quvchi bajaradigan mustaqil ishlar hajmini aniqlab, bajarish uchun ularga 
aqliy mehnat qilish yoʼllarini oʼrgatadi hamda ishni bajarish jarayonida kelib 
chiqadigan kamchiliklar va xatoliklar boʼyicha koʼrsatmalar beriladi. 
Mustaqil ishlar jarayonini tashkil etishda oʼqituvchi dastlab dars davomida 
oʼquvchilarning mustaqil ishlash faoliyatini joriy qilish kerak. O‘quvchilar maʼlum 
topshiriqni mustaqil bajarishida oʼqituvchi yoʼnaltiruvchi va qisman nazoratchi 
vazifasini bajaradi. Dars davomida beriladigan topshiriqlar (matnni oʼqing, qismlarga 
ajrating, voqealar ketma-ketligiga eʼtibor bering, matn turini aniqlang, matnni qayta 
hikoyalab bering, sizningcha matnga nima uchun shunday sarlavha qoʼyilgan?) asosida 
oʼquvchilarning mustaqil ishlash qobilayati shakllanadi. Darsdan tashqari mustaqil 
ishlar jarayonini tashkil etishda oʼquvchilar bilan beriladigan topshiriq oldidan kirish 
suhbati olib boriladi. PIRLS baholash dasturiga mustaqil ishlar jarayonida tayyorgarlik 
koʼrishda boshlangʼich sinf o‘quvchilarining yoshi, qiziqishlari va umumiy bilish 
darajasiga qarab badiiy yoki axborot matnlari tanlanadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi 
Taʼlim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi 
tomonidan 4-sinf o‘quvchilarining oʼqish savodxonligini baholash boʼyicha 
o‘tkaziladigan PIRLS xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik koʼrish uchun tavsiya etilgan 2-
mashq daftaridagi “Minib koʼring” axborot matnini 2-3 sinflar mustaqil tarzda oʼqib, 
oʼqiganlari asosida tahlil va talqin qilish hamda xulosalar chiqarish topshiriq sifatida 
beriladi [7]. “Minib koʼring” axborot matni haqida kirish suhbatida oʼqituvchi 
oʼquvchilarga “Sizning sevimli mashgʼulotingiz nima?”, “Sizga piyoda sayr qilish 
yoqadimi yoki...?”, “Bolaligingizda siz boshqargan ilk texnika haqida nimalar bilasiz?” 
kabi yo‘naltiruchi savollar asosida mavzu haqida dastlabki maʼlumotlar beriladi. Yangi 
matn va topshiriq yuzasidan o‘quvchilar qiziqishi, umumiy bilish darajasi aniqlab 
olinadi. 
Savollar yoki topshiriqlar orqali oʼquvchilarning ijodiy fikrlashlarni rivojlantirish, 
nomaʼlum yoki noaniq maʼlumotlar mohiyatini tushunish uchun mustaqil izlanishlarini 



Download 0,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 15- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish