O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
19-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2023
zarur. Qorong‘i paytlarda deyarli hamma holatlarda harakatlanish tezligi
kunduzgiga qaraganda kam bo‘lishi kerak. Tungi paytda
tezlikni shunday tanlash
kerakki, avtomobilning to‘xtash yo‘li ko‘rinish masofasidan kam bo‘lsin. Yaqinni
yoritish chirog‘i ulangandan keyin ko‘rinish masofasining
kamayishi hisobiga
tezlikni pasaytirish va yo‘lning o‘ng tomonini mo‘ljalga olib harakatlanishi zarur.
Vaqt-vaqti bilan qatnov bo‘lagini kuzatish va ro‘paradagi avtomobil chirog‘iga
qarashdan saqlanish kerak. Bunday harakatlar ko‘rish sezgirligini yaxshilab, qatnov
bo‘lagidagi to‘siqni o‘z vaqtida sezishga yordamlashadi. Ayniqsa,
avtomobilning chap
chirog‘i yonmasa, tungi paytda ro‘paradan kelayotgan transport vositasi bilan
to‘qnashuv sodir etish xavfi oshadi. Bunday sharoitda yonlanma oraliq masofani 1,5
baravarga oshirish kerak. Agar buning iloji bo‘lmasa o‘ngroqqa chiqib to‘xtash va
ushbu nosozlikni bartaraf etish lozim bo‘ladi. Ho‘l va iflos yo‘llarda harakatlanganda
vaqti-vaqti bilan to‘xtatib
avtomobilning peshoynasini, chiroqlarini gabarit va
nomer yoritgichlarini hamda to‘xtatish chirog‘ini artish kerak. Notekis yo‘llarda
harakatlanganda yaqinni yorituvchi chiroq bilan harakatlanish tavsiya etiladi. U
nisbatan past tezlikda aynan avtomobilning oldini yaxshi yoritadi.
Tunda ishlash
murakkabligini hisobga olib haydovchilarning ishlash muddatini 6 soatdan
oshirmaslik kerak. Ish boshlangandan 2-3 soat o‘tgandan keyin haydovchi 5-8
daqiqa va yana 1-1,5 soatdan keyin dam olishi kerak. 4-5
soatdan keyin haydovchi
uzoqroq dam olishi va issiq ovqat iste’mol qilishi kerak.