• O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 19- SON ILMIY
  • Suv va muz kechuvlarda avtomobilni boshqarish.
  • Sirpanchiq yo‘llarda avtomobilni boshqarish




    Download 1.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/10
    Sana17.11.2023
    Hajmi1.72 Mb.
    #100353
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Turdibekov Salohiddin Qodirovich
    HGI 2 geodeziya, Abduvaliyev ...yu..., 9-SINF-Algebra, ТТҚЕГ (мажмуа) 2022, E953AovvKLyyqJDtsysNSyVSyHMXKlTLl9az4sgx (2), kop ozgaruvchili funksiyalar haqida a, Qara qurdimlar, Qara qurdimlar, DCO\' topshiriq Mustaqil ish, kiber 4 amaliyot, 7-lekciya (2), Mavzu Autoplay Media Studio dasturi imkonyati, Abduvositov Abdulaziz 1-amaliy ish, Lobar Suyunova 2-amaliy ish
    Sirpanchiq yo‘llarda avtomobilni boshqarish. Sirpanchiq yo‘llarda 
    avtomobilni boshqarishda g‘ildiraklarning o‘rnida aylanib qolishi, avtomobilni 
    yonga surilishi yoki yo‘ldan chiqib ketishi va hattoki ag‘darilib ketish kabi xavfli
    oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday joylarda harakatlanishni ikkinchi yoki
    uchinchi uzatmada, tirsakli valning aylanishlari soni kichik bo‘lganda amalga oshirish 
    mumkin. Muz qoplagan balandlik va nishabliklardan past uzatmalarda o‘tish 
    maqsadga muvofiqdir. Balandlikka chiqayotganda avtomobil g‘ildiragi o‘rnida
    aylanib qolsa, darhol orqa uzatmani ulab balandlik asosigacha qaytish va yangidan 
    kattaroq harakat tezligi bilan o‘tishga urinish kerak. Avtomobilning surunkali
    sirpanchiq yo‘llarda harakatlanishiga to‘g‘ri kelsa, to‘la yuklanmagan avtomobillar
    shinasidagi havo bosimini 30-35% ga kamaytirilsa yaxshi samara beradi. Bunda
    shinalarning yo‘l bilan tishlashish yuzasi oshib, avtomobilning sirpanish xavfini 
    ancha kamaytiradi. 


    O‘ZBEKISTONDA
     
    FANLARARO
     
    INNOVATSIYALAR

    VA 
    19-
    SON

    ILMIY
     
    TADQIQOTLAR
     
    JURNALI
    20.05.2023
    2-rasm. Sirpanchiq va muzlama sharoitida avtomobilni to’g’ri boshqarish. 
     
    Suv va muz kechuvlarda avtomobilni boshqarish. Avtomobilni 
    tayyorlamagan holda uncha chuqur bo‘lmagan ko‘lmaklardan kechib o‘tsa bo‘ladi. 
    Bunday ko‘lmakning chuqurligi: 
    yengil avtomobillar uchun 0,4-0,5 metr; 
    yuk avtomobillari uchun esa 0,6-0,8 metrdan oshmasligi kerak. 
    Agar suv to‘plangan havzaning chuqurligi ushbu ko‘rsatkichdan katta bo‘lsa,
    kechuvdan oldin avtomobilni tayyorlash lozim bo‘ladi, ya’ni uning radiator oldidagi 
    to‘siqlarini yopish kerak. Kechuvni birinchi uzatmada tirsakli valning o‘rta
    aylanishlari sonida, avtomobilni to‘xtatmasdan tekis harakatlantirib amalga oshirish 
    zarur bo‘ladi. Muzliklar ustidan o‘tishda o‘tish joyidagi muz qalinligi tekshiriladi, muz
    qalinligini aniqlash uchun har 15-20 metrda muzni teshib o‘lchanadi. 15 sm muz
    qalinligi 2 tonna og‘irlikka ega bo‘lgan avtomobilni ko‘tara oladi. Keyingi har 5 sm 
    qalinlik muz esa qo‘shimcha 1 tonna yuk ko‘tara olishi mumkin. Lekin haydovchi
    shuni esdan chiqarmasligi kerakki toza ichimlik suvga qaraganda sho‘rlangan suv 
    havzalaridagi muzlarning mustahkamligi va yuk ko‘tarish xususiyati 25-30% ga kam 
    bo‘ladi. Avtomobil suvdan kechib o‘tishdan oldin haydovchi kechuvning 
    chuqurligini va o‘tish trayektoriyasini aniqlashi, suvga kirishda harakat tezligini
    sekinlik bilan oshirishi, chiqishda esa bir maromda tezlikni oshirishi lozim.
    Suvdan kechib o‘tganidan so‘ng 5-10 daqiqa harakatsiz holatda dvigatel ishlatib 
    turiladi. Agarda avtomobil suvga tushib ketsa, haydovchi va yo‘lovchilardan birinchi 
    navbatda hayajonlanmasligini, oynani sekinlik bilan ochib, salon ichini suv bilan
    to‘ldirib, so‘ngra eshikni ochib, suvdan chiqish choralarini ko‘rishi va bunda
    haydovchi yo‘lovchilarning hayoti uchun javobgar ekanligini hech qachon 
    unutmasligi kerak. 



    Download 1.72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1.72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sirpanchiq yo‘llarda avtomobilni boshqarish

    Download 1.72 Mb.
    Pdf ko'rish