|
O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 19- son ilmiy tadqiqotlar jurnaliBog'liq Turdibekov Salohiddin Qodirovich O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
19-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2023
3-rasm. Yo’l qoplamasining muzlagan holati.
Tormoz tizimi ishdan chiqqanda avtomobilni boshqarish. Avtomobilni
xavfsiz boshqarishni ta’minlashda eng asosiy omillardan biri tormoz tizimining
ishonchli ishlashi bilan ta’riflanadi. Agar haydovchi harakatlanish jarayonida
tormoz tizimida nosozliklar paydo bo‘lganini sezib qolib, avtomobilni majburiy
to‘xtata olmasa, avvalo u o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi kerak. Chunki bunday paytda
haydovchi o‘zini yo‘qotib qo‘ygan taqdirda u tan ahvolda qolishi, natijada birdan
paydo bo‘lgan bunday murakkab vaziyatda bajarishi lozim bo‘lgan amallarni
bajara olmasligi va bu bilan o‘zini hamda atrofidagi harakat qatnashchilarini xavf
ostida qoldirishi, oqibatda esa yo‘l-transport hodisasini sodir qilishi mumkin. O‘zini
qo‘lga olgan haydovchi vaziyatni tezda baholashi va atrofdagi harakat
qatnashchilariga zarar yetmagan holda dastlab falokat chiroqlarini yoqishi, so‘ng
avtomobilning tezligini kamaytirish choralarini ko‘rishi lozim.
Bunda quyidagi usullardan foydalanadi:
agar tormoz tizimidagi ishchi tormoz ishdan chiqqan bo‘lsa, tormoz tizimining
boshqa turlaridan, jumladan ehtiyot yoki yordamchi hamda to‘xtab turish
tormozlaridan foydalanish lozim;
agar ushbu tizimlar ham samara bermasa, uzatmalar qutisining past
uzatmalarini ulab, avtomobil tezligini dvigatelni aylantirish hisobiga sekinlatish
usulini qo‘llash ham yaxshi samara beradi.
atrofda harakat qatnashchilari bo‘lmagan taqdirda haydovchi avtomobilni
asta-sekin yo‘lning o‘ng tomoniga olishi va iloji boricha avtomobilni yon tomoni
bilan yo‘lning chetidagi biron-bir to‘siqqa (bordyur, daraxt, yo‘l chetidagi ariqchalar
va boshqa shu kabilarga) urib to‘xtatish chorasini ko‘rish kerak.
tog‘li yo‘llarda, dovonda tik nishablikdan tushib kelayotganda tormoz tizimi
ishdan chiqqanda avtomobilni to‘xtatishning iloji bo‘lmasa, 5.40 «Falokatli holatlar
uchun kirish yo‘l»ga kirish ham tavsiya etiladi.
|
| |