O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 19- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana17.11.2023
Hajmi1,72 Mb.
#100353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Turdibekov Salohiddin Qodirovich

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
19-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2023
Haydovchining maqsadini quyidagi belgilardan sezish mumkin: 
burilish ko‘rsatkichlarini ulab, sekinlashtirib, avtomobilni chap yoki o‘ngga
olishi uning burilishi, qayrilishi yoki to‘xtashidan dalolat beradi; 
chap burilish ko‘rsatkichlarini ulab, tezlikni oshirib, avtomobilni chap 
tomonga olishi uning chap tomondan ilgarilab yoki quvib o‘tishga tayyorlanishiga 
ishora bo‘ladi; 
chap burilish ko‘rsatkichini ulab, tezlikni oshirmasdan chapga siljishi, 
aylanib o‘tishga tayyorlanishi; 
tezlikni kamaytirmasdan o‘ng tomonga siljishi qarama-qarshi aylanishi
chap burilish ko‘rsatkichini ulab, tezlikni kamaytirib o‘ng tomonga siljishi 
qayrilishi; 
oraliq masofani oshirgandan foydalanib, gabariti kichik va tezyurar 
avtomobillarning haydovchilari oraliqqa kirib olishlari mumkin. Bundan haydovchi 
asabiylashmasligi va tabiiy hol deb qabul qilishi kerak; 
oldindagi haydovchi avtomobil tezligini oshirsa, uning ketidan ergashishdan 
oldin yo‘l holati vaziyatini baholash kerak. 
Agar tezlikni oshirish maqsadga muvofiq bo‘lmasa (og‘ir yukli avtomobil yoki 
yo‘l sirpanchiq va shu kabi holatlarda), qatnov qismining o‘ngrog‘iga o‘tib, boshqalarni 
o‘tkazib yuborishi kerak. Transport oqimi tig‘iz bo‘lganda, ko‘p bo‘lakli yo‘llarda
qator almashtirish, ayniqsa katta yuk avtomobili, avtopoyezd va avtobuslar uchun
ancha murakkabdir. Transport vositalarining sekinroq harakatlanayotgan bo‘lakka
qayta tizilishi ancha qulay. Buning uchun oldingi avtomobilning orqa chekkasidan
avtomobilingizning orqasidagi masofa ikki avtomobil uzunligiga teng bo‘lsa, qayta 
tizilish oson amalga oshirilib, bu yo‘llarda harakatlanish qoidalari talabiga asosan 
bajarilgan bo‘ladi. Oldingi avtomobilning yukxonasida yuk yaxshi mahkamlanmagan 
bo‘lsa, yukning u qatnov qismiga tushib ketishini esda tutish va buni uni e’tiborsiz
qoldirmasligi kerak. Mabodo yukni tushib ketish xavfi tug‘ilganda tovushli ishora
chiroqlarini o‘chirib-yoqish yoki boshqa yo‘llar bilan oldindagi haydovchini ogoh
qilish kerak. Oldindagi avtomobil to‘satdan to‘xtaganda, orqadagi haydovchi ham
zudlik bilan to‘xtashi va oldingi avtomobilning to‘xtash sabablarini aniqlangandan 
keyin boshqalarning harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasdan qator almashtirish 
mumkin. 

Download 1,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 19- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish