O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 19- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana17.11.2023
Hajmi1,72 Mb.
#100353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Turdibekov Salohiddin Qodirovich

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
19-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2023
reaksiya vaqtini oshiradi, ayniqsa sharoitni baholash va aniq chora-tadbir 
belgilashni taqozo etadi. Aholi yashaydigan joylarda eng ko‘p tarqalgan yo‘l-
transport hodisalaridan chorrahalardagi to‘qnashuv va piyodalarni bosib ketishni 
aytish mumkin. Chorrahalarda haydovchi bir vaqtning o‘zida bir necha transport
vositasi va piyodalar guruhining harakatini baholashiga to‘g‘ri keladi. Ayrim
chorrahalarda ko‘rinish cheklanganligi sababli yangi paydo bo‘lgan transport
vositalari va boshqa to‘siqlarni vaqtida anglamaslik mumkin, o‘lchamlari
cheklangan chorrahalarda katta yuk avtomobillari va avtobuslarning harakatlanishi 
qiyin bo‘ladi. Tartibga solingan chorrahalarga qaraganda tartibga solinmagan 
chorrahada harakatlanish murakkab bo‘lib, ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Tartibga
solinmagan chorrahalarda yo‘l berishi kerak bo‘lgan haydovchilar juda ko‘p
xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. Ko‘p hollarda bunday xatolarning sababi chorrahaga
yaqinlashganda haydovchi tomonidan yetarli axborotning qabul qilmasligidan bo‘ladi. 
Tartibga solinmagan chorrahalarda ko‘rinish cheklanmagan bo‘lsa, kesishma 
yo‘ldan kelayotgan transport vositasi tezligini aniq chamalash, ungacha bo‘lgan
masofani va kerakli yo‘nalishda o‘tib ketishi uchun ketadigan vaqtni baholay bilish 
kerak. Yuqorida ko‘rsatilgan holatlarning birortasida xatolikka yo‘l qo‘yilsa, yo‘l-
transport hodisasini sodir etish ehtimoli oshadi. Ko‘pchilik haydovchilarda bunday
ko‘nikma yo‘q. Buning uchun, eng yaxshisi, shoshmaslik zarur. Shunda
haydovchida xatoga yo‘l qo‘ymaslik imkoniyati mavjud bo‘ladi. Chorrahada
harakatlanishda haydovchining harakati juda aniq va ketma-ket bo‘lishi zarur. 
Chorrahaga yaqinlashayotgan haydovchi uning turini, tevarak-atrof ko‘rinishini,
bo‘laklar sonini qator almashtirish zarurati bor-yo‘qligini baholay olishi zarur.
Agar oldinda transport vositasi bo‘lsa, oraliq masofani oshirishi kerak, chunki 
haydovchilar har xil shiddat bilan tormozlashlarini e’tibordan chet qoldirmaslik
kerak. Chorrahadan oldin va chorrahada harakatlanayotgan haydovchilar bir-
birlarini o‘zaro tushunishga erishishlari kerak, qatorlarni almashtirish imkoniyati
bo‘lgandagina vaqtida burilish ishoralarini yoqish kerak. Chorraha oldida transport
vositalari to‘planib qolgan bo‘lsa, sharoit yetarlicha aniq bo‘lmasa, burilish ishorasini 
yoqishga shoshmaslik kerak. Chorrahaga kirishdan oldin chorrahada harakatlanish
trayektoriyasini tanlash kerak. Tartibga soluvchi yoki svetoforning ruxsat etuvchi 
ishorasida ham harakatlanish xavfsizligiga to‘la ishonch hosil qilma-guncha
chorrahaga kirmaslik kerak. Svetoforning ruxsat etuvchi isho-rasini kutayotganda
faqatgina svetoforga e’tibor qilmasdan, balki sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan
hodisalarni oldindan ko‘ra bilish kerak. Aniq sabab bo‘lmasa svetoforning ruxsat
etuvchi ishorasida chorraha oldida to‘xtamaslik kerak. Chorrahada harakatlanishda
shunday tezlikni tanlash kerakki, mabodo to‘xtashga to‘g‘ri kelib qolsa xavfsiz 
masofada to‘xtashga imkoniyat bo‘lsin. 

Download 1,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 19- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish