O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
19-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2023
o‘tish tasodif emas. Ta’kidlash lozimki, haydovchi va piyodalar orasidagi bunday
munosabat harakatlanish xavfsizligi muammolarini keskinlashtiradi.
Haydovchi
boshqarayotgan transport vositasi yuqori darajadagi xavf-xatar manbai ekanligini
piyodalar yaxshi anglaydilar. Ko‘pchilik piyodalar qatnov qismidan o‘tishda
ehtiyotsizlik yoki sabrsizliklari oqibatida o‘z xatti-harakatlarini chuqur o‘ylamasdan
amalga oshiradilar. Ayrim tartibsiz va tavakkal qilishga moyil piyodalar ataylab
keskin vaziyatni vujudga keltiradilar. Haydovchi piyodalar o‘tish joylarida
harakatlanganda har qanday kutilmagan shart-sharoitning
vujudga kelishiga doim
tayyor bo‘lishi kerak. Ko‘pchilik hollarda piyodalarning tasodifan qatnov qismida
paydo bo‘lishi alomatlarini to‘g‘ri baholay olmaslik oqibatida ularni urib ketish
hollari yuz beradi. Yo‘lovchilar avtobusdan tushganda qatnov qismini shoshib kesib
o‘tishga moyil bo‘ladilar. Agar haydovchi avtobus
orqasidan chiqayotgan
piyodalarni ko‘rsa, u darhol tormozlab, o‘z transport vositasini to‘xtatish chorasini
ko‘rishi kerak. Chunki piyodalar o‘z vaqtida transport vositasini ko‘rib to‘xtaydimi
yoki shiddat bilan yo‘lni kesib o‘tadimi bu noma’lum. Har qanday xavf belgisi,
haydovchini aniq choralar ko‘rish uchun ishora bo‘lishi kerak. Ko‘riladigan
choralarning eng asosiysi harakatlanish tezligini kamaytirishdir. To‘siqlar
orqasidan piyodalar chiqishi mumkin bo‘lgan joylarda to‘siqqacha bo‘lgan
masofani ko‘proq qoldirish va e’tiborni piyodalar chiqishi mumkin bo‘lgan
joylarga
qaratish
kerak.
Haydovchi-piyodalar
harakatlanayotgan
trotuar
bo‘ylab
harakatlanganda trotuardan mumkin qadar nariroqdan harakatlangani ma’quldir.
Piyodalar, ayniqsa, haydovchi bilan bir yo‘nalishda ketayotganlari xohlagan paytda
to‘satdan qatnov qismiga chiqib qolishlari mumkin. Haydovchi hech qachon
piyodalarning orasida kar-soqov,
ruhiy kasal, mast va boshqa xil nuqsonga ega
bo‘lgan kishilar ham bo‘lishini esdan chiqarmasliklari lozim. Tajribali haydovchilar
turli toifadagi piyoda-larning qatnov qismida o‘zlarini qanday tutishlarini yaxshi
biladilar. Qatnov qismidagi bolalar eng xavfli hisoblanadi.
Ular xavf-xatarni
sezmagan holda o‘zlarini juda erkin tutadilar, ayrim hollarda yaqinlashib qolgan
transport oldidan yugurib o‘tadilar. Ayniqsa, velosiped va aravachada yurganlari
juda xavflidir. Qatnov qismida yoki trotuarda bolalar bo‘lsa,
haydovchi ular
oldidan mumkin qadar pastroq tezlikda ko‘proq masofa qoldirib aylanib o‘tishga
harakat qilishi kerak. Bolalar maskanlari bo‘lgan maktablar, bolalar bog‘chalari
oldidan o‘tishda haydovchi tomonidan o‘ta hushyorlik talab etiladi. Haydovchilar,
ayniqsa, nogiron va ko‘zi ojiz piyodalarga xayrixoh bo‘lishi, ular qatnov qismida
bo‘lganda bemalol o‘tishlari uchun to‘la imkon berishi, hech
qachon tovushli ishora
bilan ularning nafsoniyatiga tegmasligi kerak. Ish kunining oxirida va kechqurun
piyoda va haydovchilarning o‘zaro munosabati murakkab bo‘ladi. Piyodalar ishdan
charchab o‘z uylariga shoshayotganlarida haydovchilarning ularga tovushli
ishoralar, suv, loy sachratishlar bilan ortiqcha jig‘iga tegishi yaramaydi. Ayniqsa,
yomg‘ir, qor yog‘ayotganida, oyoq osti yaxmalak yoki ko‘rinishi yetarli bo‘lmagan
sharoitlarda piyodalarga xayrixoh bo‘lish odobdan bo‘ladi.