Bunday bo’linmalar va korxonalarni joylashtirish masalasi mahalliy hokimiyatlar bilan
belgilangan tartibda hal etiladi. Korxona o’z tasischisi tomonidan
tasdiqlangan nizom asosida
Faoliyat yuritadi. Korxona nizomida korxona nomi, manzili, Faoliyat maqsadi,
boshqaruv va
nazorat tashkilotlari, ularning vakolatlari, korxona mulki shakllanishi va foyda (daromad)ni
taqsimlash tartibi, korxonani qayta tashkil etish yoki faoliyatini to’xtatish shartlari ko’rsatiladi.
Nizomda
shuningdek, korxona faoliyati bilan bog’liq, qonunga zid bo’lmagan boshqa qoidalar ham
ko’rsatilishi mumkin.