2-mavzu:
İShLAB ChİQARİSh JAMOASİNİ BOShQARİSh
Reja:
1. Jamoa
tushunchasi va tuzilmasi
2. İshlab chiqarish jamoasini boshqarish bosqichlari
Tayanch iboralar: İshlab chiqarish jamoasi, ishlab
chiqarish jamoasining maqsadi, ishlab chiqarish
jamoasi rasmiy va norasmiy bo’lishi, boshqaruv, rahbar (boshqaruvchi)lar, jamoani boshqarish.
Jamoa tushunchasi va tuzilmasi
İshlab chiqarish jamoasi bu — menejer rahbarligida
faoliyat yurituvchi, ko’zlangan
maqsadlarni amalga oshirish uchun shakllangan, uyushgan xizmatchilar guruhi. İshlab chiqarish
jamoasi maqsadlarning mushtarakligi, umumiy tartib qoida, o’zaro yordam va
hamkorlik asosidagi
faoliyat bilan tavsiflanadi. İshlab chiqarish jamoasining faoliyati umumiy maqsadga erishish uchun
o’zgartirilishi mumkin. Maqsadning birligi kollektivning muxim xususiyati bo’lib xisoblanadi.
İshlab chiqarish jamoasining maqsadi jamiyat ehtiyoji va qiziqishidan kelib chiqadi. Maqsadi jamoa
hamma azolari uchun aniq va tushunarli bo’lib, maqsadi va meyor birligidan jamoaning xohish
birligi kelib chiqadi.
İshlab chiqarish jamoasini boshqarish bosqichlari
Yirik korxonalarning rahbarlari malum bir vazifani bajarsalar-da, bu ular faqat bir ish bilan
mashg’ul degani emas. Yirik korxonalarda rahbarlar ishi aniq belgilanibgana qolmay,
balki
boshqaruv vazifalarining hajmi taqsimlanishi ham kerak.
Boshqaruv vazifalari taqsimlashining bir turi ufqiy tavsifga ega: alohida bo’limlarga
muayyan rahbarlarni qo’yish (masalan, ko’pchilik korxonalarda rejalashtirish bo’limi, texnik
bo’lim, marketing xizmati bo’limi boshliqlari, bosh mexanik mavjud). İshlab chiqarishni yo’lga
qo’yish uchun mehnat ufqiy taqsimlangan korxona, o’z faoliyatida muvaffaqiyatga
erishishi uchun
ufqiy taqsimlangan boshqaruv vazifalari bir-biriga muvofiqlashtirilgan bo’lishi kerak.
Bazi rahbarlarning vaqti o’zidan quyi rahbarlarning ishlarini muvofiqlashtirishga ketadi,
ayni paytda bu rahbarlar o’zidan quyi rahbarlarning mehnatini muvofiqlashtiradi.
Mehnatning bunday tik taqsimlanishi boshqaruv bosqichlarini anglatadi.
Boshqaruvning nechta bosqichi borligidan qatiy nazar, rahbarlar ananaviy ravishda uchta
toifaga - quyi bo’g’in, o’rta bo’g’in, yuqori bo’g’in rahbarlariga bo’linadi.
T. Parson bo’yicha, quyi bo’g’in
rahbarlari (texnikaviy daraja) bevosita ishchilar va boshqa
ishlovchilarga rahbarlik qiladi va asosan ishlab chiqarish jamoasi samarali
ishlashini taminlash
uchun zarur kundalik mehnat jarayonini amalga oshiradilar (bajarilayotgan vazifalar to’g’ri ekanligi
haqida axborot bilan taminlash uchun ishlab chiqarish vazifalarining bajarilishini nazorat qiladilar,
ularga bo’lib berilgan resurslar — xomashyo va uskunalardan to’g’ri foydalanish uchun
javobgardirlar. Usta,
navbatma-navbat, bo’lim boshlig’i, katta hamshira, kafedra mudiri quyi
bo’g’in rahbarlari qatoriga kiradi. Quyi bo’g’in rahbarining mehnati ancha murakkab va turli-
tuman.
Unga tez-tez uzilishlar, bir vazifadan ikkinchisiga o’tish xos.