5-mavzu:
MENEJMENT QONUNLARİ VA TAMOYİLLARİ
Reja:
1. İqtisodiy qonunlarni bilishning ahamiyati
2. Umumiy falsafiy va iqtisodiy qonunlar
3. Menejmentning asosiy tamoyillari
İqtisodiy qonunlarni bilishning ahamiyati
Menejment jamiyat qonunlari tizimiga asoslanadi. Nazariy jixatdan tushunmay va
asoslanmagan holda birorta yirik amaliy masala hal etilishi mumkin emas. Nazariya
yangilanishning muhim usulidir. Fan esa voqelik xaqida obektiv bilimlarni o’rganish va tartibga
solishga qaratilgandir. Bilimlarni tartibga solinishi qonunlarda ifodalanadi.
Qonun - falsafa kategoriyasi bo’lib, borliq voqealarning barqaror, takrorlanuvchan aloqasi
va munosabatini, hodisalar yuz berishining muayyan tartibda bo’lishiga olib keluvchi tomonlarini
aks ettiradi. qonunlarni bilish rivojlanishning obektiv yo’nalishlarini aniqlash, amaliy vazifalarni
hal etish imkonini beradi. Shu sababli iqtisodiyotni boshqarish qonunlarni bilish, ularni amalda
mohirona qo’llay olishga asoslanishi kerak.
Umumiy falsafiy qonunlar modda, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat, sabab, oqibat,
shakl, mazmun kabi kategoriyalar vositasida ifodalanadi. İqtisodiy nazariya qonunlari iqtisodiy
kategoriyalar vositasi (mulk, ishlab chiqarish, talab, taklif, taqsimt, ayirboshlash, qiymat, narx,
foyda, tovar, pul, muvozanatlanish)dan foydalanadi.
İqtisodiyotni boshqarishda qonunlardan qanchalik to’liq va izchil foydalanilsa, mehnat sarfi
shunchalik samarali bo’ladi. Va, aksincha, boshqarish jarayonida iqtisodiy qonunlarki hisobga
olmaslik jamiyat uchun kutilmagan, salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu sababli boshqaruv
qonunlarini o’rganishda ularga faqat amal qilishni emas, balki boshqaruv jarayonida ongli ravishda
qo’llanilishini ham ko’zda tutish lozim. Boshqaruv qonunlaridan ongli ravishda foydalanish ko’p
jihatdan ularni o’rganish bilan bog’liq. Qonunlar qanchalik chuqur o’rganilsa, ulardan amalda
to’g’ri foydalanish imkoniyatlari shunchalik ortadi.
lekin boshqaruv qonunlarini bilish ularni aniq amaliyotda ffaqiyatli qo’llash uchun kafolat
bo’lolmaydi. Qonunlarni bilishda nazariyaning amaliyotdan ajralib qolishi foydasizdir. Demak
qonunlardan foydalanish ularni bilish, tushunish, amalda o’z
vaqtida va to’g’ri qo’llay olishga
bog’liq. Bu boshqaruv samaradorligini oshirishda hal qiluvchi omildir.
İqtisodiy qonunlar tizimidan foydalanishning asosiy unsurlari va bosqichlri quyidagicha aks
ettirilgan.
İqtisodiy
qonunlar
tizimi
İqtisodiy
qonunlarni
bilish
Maqsadlarni
belgilash
va ularga
erishish
yo’llarini
aniqlash
Qaror
qabul
qilish
Xo’jalik
faoliyatini
tashkil
etish