• Umumiy falsafiy va iqtisodiy qonunlar
  • İqtisodiy qonunlardan foydalanish tizimi




    Download 405,43 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet15/53
    Sana23.01.2024
    Hajmi405,43 Kb.
    #144089
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53
    Bog'liq
    menejment-va-marketing-asoslari

     
    İqtisodiy qonunlardan foydalanish tizimi 
    Ko’rsatilgan shaklni tahlil etish jarayonida uchta o’zaro bog’liq va ketma-ket, iqtisodiy 
    qonunlar tizimidan foydalanilgan holda echiladigan masalalarni ko’rib o’tish zarur: 
    - mavjud qonunlarni, ularning u yoki bu bosqichda namoyon bo’lish xususiyatlarini 
    hisobga olgan holda chuqur va har tomonlama bilish; 
    - iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlarini belgilash va ularni hal etish yo’llarini 
    aniqlash; 
    - xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlantirish va unga mos shakl va 
    uslublarni qo’llash. 


    Umumiy falsafiy va iqtisodiy qonunlar 
    Umumiy falsafiy va iqtsodiy qonunlardan to’g’ri foydalanilgan holdagina iqtisodiyotni 
    muvaffaqiyatli boshqarish mumkin. Umumiy falsafiy qonunlar tasiri iqtisodiy amaliyotda iqtisodiy 
    rivojlanishning qonuniyatlari va yo’nalishlarini aniqlash shaklida namoyon bo’ladi. İshlab 
    chiqarishni boshqarishdagi turli-tuman ijtimoiy munosabatlar fani umumiy falsafiy hamda iqtisod 
    nazariyasi umumiy qonunlariga bo’ysunadi. 
    Quyidagi materialistik dialektika qonunlary umumiy falsafiy qonunlardir. 
    1. Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni narsa va hodisalarning 
    miqdor va sifat jihatlarini o’zaro bog’liqligi va tasirini tavsiflaydi. 
    2. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni harakatlantiruvchi kuch, o’z-o’zidan 
    harakat qilib amalga oshuvchi rivojlanish manbaini ko’rsatadi. 
    3. İnkorni inkor qonuni uzluksiz rivojlanish va takomillashish yo’nalishini belgilaydi. 
    Eskini narsani inkor etmay, rivojlanishga erishib bo’lmaydi. İnkor natijasida yangi narsa uchun joy 
    ochiladi. Shuning uchun inkor yangi bilan eski tutashgan vaqtdir. 
    Bozor munosabatlari sharoitida menejment eski buyruqbozlik shakl va uslublarini inkor etib, 
    ularni ilmiy asoslangan yangilari bilan almashtiradi. 
    4. İjtimoiy borliq ijtimoiy ongga nisbatan birlamchi ekanligani belgilovchi qonun mehnat 
    jamoasi, alohida mehnatchi hayotining birlamchi ekanligini ko’rsatadi. Boshqaruv 
    umumlashtirishida zarur bo’lgan ijtimoiy, jamoaviy, shaxsiy manfaatlarning bu qonun amal 
    qilishini hisobga olmay aniqlanishi mumkin emas. 
    5. İshlab chiqarish kuchlarining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga nisbatan belgilovchi 
    ekanligini ifodalovchi qonun boshqaruv uchun katta ahamiyatga ega. Aynan boshqaruv vositasida 
    ishlab chiqarishning ikki tomoni - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
    aloqasi yuz beradi. 
    Falsafaning yuqorida sanab o’tilgan va boshqa qonunlari menejment metodologiyasi asosini 
    tashkil etadi va menejment markaziy kategoriyalar bo’lib, uning kontseptsiyasi birligini 
    mustahkamlash, barcha kategoriyalar o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashga imkon yaratadi. 
    İqtisodiyotni boshqarish tizimida iqtisodiy qonunlar etakchilik qiladi. İnsonlar mehnatini 
    erkin birlashtiruvchi va tartibga soluvchi boshqaruv tizimi maqsadlarini aniq belgilash, ularni 
    amalga oshirish yo’llarini izlash, erishilgan natijalarga baho beriish, iqtisodiy samaradorlikda aks 
    etuvchi iqtisodiy qonunlarning talablarini aniq hisobga olish lozim.

    Download 405,43 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




    Download 405,43 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    İqtisodiy qonunlardan foydalanish tizimi

    Download 405,43 Kb.
    Pdf ko'rish