sharoitida boshqaruvning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Boshqaruvning
xususiy shaklida mulqdor yakka o’zi qaror qabul qiladi va butun ish uchun javobgar bo’ladi.
Boshqaruv xususiy shaklining ijobiy tomoni ~ mulk egasi ishlarning borishini o’zi to’liq nazorat
qilish imkoniyatiga egaligi, kamchiligini esa sarmoyaning uncha kata bo’lmasligi va bir kishi
boshqaruvning turli vazifalarini bajarishga majburligidir. Mulkdor boshqaruvning barcha
vazifalarini amalga oshirishi: rejalashtirish,
tashkil etish, rag’batlantirish, yo’qatosh zarar va
boshqalarga shaxsan bo’lishdadir.Kuchli raqobat sharoitida mulkdor sinmasligi uchun doimo o’z
bilim saviyasini oshirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib, yani ishchilarga tasir etish yo’llarini
bozorda mavjud holatga mos ravishda o’zgartirib borishi kerak Boshqaruvning jamoa shaklida ikki
yoki undan ortiq jismoniy va huquqiy shaxslar boshqaruv qarorlarini birgaliqda qabul qiladilar va
korxona yoki aktsiyadorlar jamiyati faoliyati uchun javobgar bo’ladilar. Sherikchilik nisbatan
malakali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga, boshqaruvning xususiy shakli kamchiliklarini
bartaraf etishga imkon yaratadi. Boshqaruvning jamoa shaklining afzalligi
sheriklar aktsiya sotish
yo’li bilan qo’shimcha sarmoya jalb qilish imkoniyatiga ega bo’lishidadir. Boshqaruvning jamoa
shakli direktorlar kengashi tomonidan amalga oshirilib, u asosiy boshqaruv siyosatini va
boshqaruvning mavjud vaziyatga mos iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruvchilik, ijtimoiy-ruhiy, huquqiy
usullarini tanlaydilar. Boshqaruvning jamoa shaklining asosiy kamchiligi
- barcha sheriklar
boshqaruvda va korxona faoliyatini nazorat qilishda teng qatnasha olmaydi. Uning yana bir
kamchiligi -korporatsiya, aktsiyadorlar jamiyati yoki korxona aktsiyadorlaridan «ikki yoqlama»
soliq olinishidir, chunki korxona foydadan, aktsionerlar esa qo’shimcha ravishda dividentdan soliq
to’laydilar.
Davlat boshqaruv shakli davlat yoki mahalliy mulk bo’lgan korxonalarda amalga oshiriladi.
Davlat bu korxonalar faoliyati uchun to’liq javob beradi.
5. Kadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kadrlarni tanlash va
joy-joyiga qo’yish tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor munosabatlari boshqaruv kadrlariga
qatiy talablar qo’yadi, ularning
ishbilarmonlik sifatlari, ishlab chiqarish oddida turgan masalalarni
belgilaydi.
6. Agentlar mustaqilligi va erkinligi tamoyti.
Bozorda agentlar faoliyati iqtisodiy javobgarlik
bilan birgalikda amalga oshishi kerak.
7. Shaxsiy tashabbus tamoyili.
Bozorda ishbilarmon, omilkor, shaxsiy foyda uchun harakat
qiluvchi tadbirli kishilar faoliyat yuritishi kerak.
8. Javobgarlik va tavakkalchilik tamoyili.
Tadbirkor o’z faoliyati uchun javobgar bo’ladi,
bunda malum tavakkalchilik ham hisobga olinadi, yani tadbirkorning o’z huquq va majburiyatlari
bo’lishi kerak.
Xulosa
1. Menejment asosida jamoa qonun tizimlari yotadi.
2. İqtisodiatni boshqarish tizimida iqtisodiy qonunlar muhim ahamiyat kasb etadi.
3. Yakka xokimlik va kollegiallik,
ilmiylik, rejalashtirish, boshqaruv usullari va tizimlarini
takomillashtirish menejment asosiy tamoyillari bo’lib hisoblanadi.
4. İshlab chiqarishni rejalashtirish - boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri.
5. Strategik va innovatsiyaviy menejment zamonaviy menejmentni rivojlanishi uchun asosiy
yo’nalish hisoblanadi.
6. O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat boshqaruvi boshqaruvning
asosiy shakli hisoblanadi.