• Tashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirish
  • O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti




    Download 405,43 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet25/53
    Sana23.01.2024
    Hajmi405,43 Kb.
    #144089
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
    Bog'liq
    menejment-va-marketing-asoslari

    Matritsali struktura chiziqli va loyiha bo’yicha boshqaruv strukturalarining birlashtirilishi 
    natijasida quriladi. chiziqli boshqaruv tamoyili saqlanib qoladi, loyiha bo’yicha boshqarishga mos 
    ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar bo’yicha dasturlar, loyihalashtirish, texnologik 
    tayyorgarlik, eksperimental ishlab chiqarish, mahsulotni tayyorlash, sotish va h.k.lar tashkil 
    qilinadi. 
    Boshqaruvni tashkil qilishning matritsali strukturasida loyiha yoki dastur rahbarlarining 
    faoliyati erkinligi taminlanadi, ular oldiga qo’yilgan masalalar maqsadli hal qilinadi. İshni tashkil 
    qilish bo’yicha rahbarning masuliyati aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar 
    bo’yicha rahbarning masuliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini 
    belgilangan darajada qisqartirishga, boshqaruvning har xil darajalari va har bir bo’g’in chegarasida 
    alohida darajalarning vazifalari aniq ajratiladi, xalq xo’jaligi, korxona (firma)lar tarmoqlarining 
    xo’jalik mustaqilligini taminlashga imkon beradigan yangi tashkiliy tuzilmalar tuziladi. 
    Tashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirish 
    Menejmentning tashkiliy tuzilmalarini barpo qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning 
    turiga to’la mos keluvchi boshqaruv yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning har 
    bir bo’g’inining ishlab chiqarish-texnika, xo’jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish 
    bo’yicha hamma funktsiyalarning bajarilishi zaruratidan kelib chiqadi. Bu muammolarning echimi 
    boshqaruvni isloh qilish boshqaruv funktsiyalarini samarali taqsimlash boshqaruv maqsadini aniq 
    belgilash bo’yicha bir qator tadbirlarni o’tkazish orqali amalga oshiriladi. 
    Maqsad boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Boshqaruv 
    maqsadlarini shakllantirish boshqaruvning boshlang’ich, unga erishish esa yakuniy bosqich 
    hisoblanadi. Boshqarish maqsadi boshqaruv obekti va uning alohida parametrlarining istalgan 


    xolatidir. Muayyan korxona uchun boshqaruvning maqsadi malum bir mahsulot turini resurslarni 
    kam sarflagan holda kerakli miqdorda va yuqori sifatda chiqarishdan iborat. 
    Maqsadli yondashuv boshqaruv organlari ishining jamoa oldiga ko’ygan maqsadlariga 
    erishishga bo’ysunishni talab qiladi. Boshqaruvning har bir quyi tizimi o’z (tashkiliy, iqtisodiy, 
    marketing, texnikaviy, ijtimoiy) maqsadiga ega, shuning uchun maqsadlar mos kelishi muammosi 
    yuzaga keladi. Boshqaruvning turli darajasi umumiy maqsadga javob berishi, bir-birini to’ldirib 
    turishi zarur. Maqsadlar daraxtini tuzish maqsadlarni tartiblash usullaridan biri hisoblanadi.
    Umumiy maqsadga erishish uchun asosiy maqsadga erishish kerak, asosiy maqsadga 
    erishish uchun esa birinchi darajali maqsadga erishish kerak va h.k. 
    Davlat masalalarini bajarishning maqsadi aniqlovchi hisoblanadi, u ilmiy, texnikaviy, ishlab 
    chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlar bilan uzviy bog’liqdir. 
    Maqsadli yondashuv boshqaruvning zamonaviy tuzilmasiga o’tishga imkon beradi. Bu 
    maqsadlar, maqsad asosi va rivojlanish masalalari tarkibini va loyihalashtirayotgan boshqaruv 
    obekti faoliyat yurgizishni ishlab chiqsin. 
    Maqsadlar daraxtini qurishda uning sifat va miqdor tavsifini to’g’ri aniqlash muhimdir. Sifat 
    tavsifi boshqaruv funktsiyalarining namoyon bo’lishining asosi hisoblanadi, sifat tavsifi esa 
    tuzilmaviy bo’linmalar (bo’lim, tsex va h.k.) turining asosi bo’lib xizmat qiladi. 
    Loyihalashtirilayotgan tashkiliy struktura tizimining unsurlari oldida turgan maqsad va vazifalar 
    rahbarlar va mutaxassislar tarkibini asoslashga imkon beradi, vazifalar ro’yxati esa tuzilmaviy 
    bo’linmalarning xodimlari o’rtasidagi vazifalar taqsimlanishidir. 
    Tashkiliy tuzilmani loyihalashtirishning mustaqil usuli bo’lib, tashkiliy-iqtisodiy 
    modellashtirish hisoblanadi. Uning asosida ijro etuvchilarning vakolatlari va masuliyati 
    taqsimotining jadval, matematik, maketli-devoriy tasviri yotadi. 
    Boshqaruv tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda boshqaruv bo’g’inlarining va zvenolari 
    soni, chiziqli va funktsional boshqaruvning markazlashuvi darajasi, boshqaruv bo’limi va 
    funktsiyalarining tarkibi, bitta rahbarga to’g’ri keladigan bo’ysunuvchilar miqdorini asoslash zarur. 
    Boshqaruv tizimida pog’onalar qancha ko’p bo’lsa buyruqni yuqoridan pastga va axborotni pastdan 
    yuqoriga uzatish shuncha qiyin bo’ladi. Buyruq va axborotni uzatish jarayonida buzilish xavfi 
    sezilarli darajada yuqori bo’ladi. Shuning uchun boshqaruv tashkiliy tuzilmasini loyihalashtirish va 
    mukammallashtirishda boshqaruv bo’g’inlarining soni optimal bo’lishiga intilish zarurdir. 
    Har qanday tashkiliy tuzilmaning sifati uni shakllantirishda quyidagilarga qanchalik amal 
    qilingani bilan aniqlanadi: 
    - sistemaviy yondashuv, yani boshqaruv obekti va organiga tasir qiluvchi hamma omillarni 
    iloji boricha hisobga olish; 
    - boshqaruv markazlashuvi va birlamchi zvenolar mustaqilligining optimal birligi; 
    - oliy rahbarlar to’g’ridan to’g’ri ijro etuvchiga axborotni borishi va vaqtning maksimal 
    qisqarishi; 
    - loyihalashtirilayotgan tuzilmada har bir tarkibiy qismning vazifasi va huquqini to’g’ri 
    aniqlash; 
    - boshqaruv tizimidagi o’zgarishlarga javob qaytarishning imkoniyati; 
    - har bir aniq holat bo’yicha qaysi bo’linmada axborot ko’p bo’lsa shu masalani echish 
    bo’yicha bo’linmaga vakolat berish. 
    Boshqaruv tuzilmasiga asosiy talab uning tezkorligidadir. Tuzilma moslashuvchan va sodda 
    bo’lishi kerak. Operativlik bilan faoliyat yurgizishning ishonchliligiga bog’liqdir. Bu degani 
    boshqaruv apparati axborot uzatishning to’g’riligiga kafolat berish uzatilayotgan malumotlarning 
    buzilishiga yo’l qo’ymasligi kerak, boshqaruv tizimida aloqaning uzluksizligini taminlash kerak. 
    Apparat strukturasi boshqaruv iqtisodini taminlashi kerak. Buning manosi shundaki, 
    boshqaruvdan keladigan samara boshqaruv apparatiga bo’lgan xarajatlarning minimalligi orqali 
    erishilsin. 
    Apparat strukturasiga ishlab chiqarish xarakterining o’zi, uning tarmoqli xususiyatlari 
    (ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibi, tayyorlash texnologiyasi, ishlab chiqarish masshtabi va 
    tipi, texnik jixozlanganlik va mehnat jarayoni darajasi va boshqalar), shuningdek boshqaruv 


    ishining mexanizatsiyalanganligi va avtomattlashganligi darajasi ishchilar malakasi, ular 
    mehnatining samaradorligi bo’ysunuvchilar soni va boshqaruvchi tomonidan ularni nazorat qila 
    olish imkoniyatlari o’rtasidagi bog’liqlik tasir ko’rsatadi. 
    Xulosa 
    1. Menejment tashkiliy tuzilmalari deganda boshqaruv bo’g’inlar, ularni bir-biriga 
    bo’ysunishi va o’zaro bog’liqligi tushuniladi. 
    2. Boshqaruv tashkiliy tuzilmalaridagi soddalik va tushunarlilik uning ish qobiliyatining 
    kafolatidir. 
    3. Xalq xo’jaligining umumdavlat boshqaruvi idoralari, qonun chiqaruvchi, ijro, sud 
    qismlariga bo’linadi. Ular xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini bir-biri bilan bog’lab turadi. 
    4. Boshqaruv tashkiliy tuzilmalari chiziqli-funktsional, chiziqli-shtabli turlarga bo’linadi. 
    5. Barcha boshqaruv funktsiyalari bajarilishini taminlovchi eng yaxshi boshqaruvni tashkil 
    etish boshqaruv tuzilmalarini takomillashtirishning asosiy maqsadidir. 

    Download 405,43 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




    Download 405,43 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti

    Download 405,43 Kb.
    Pdf ko'rish