Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli




Download 405,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/53
Sana23.01.2024
Hajmi405,43 Kb.
#144089
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53
Bog'liq
menejment-va-marketing-asoslari

Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli 
Xo’jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha faoliyati boshqaruvning 
turli tashkiliy-farmoyish usullarini qo’llash bilan bog’liqdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish 
usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini taminlovchi tasir etish 
tizimidan iboratdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni to’ldirib, bozor 
iqtisodiyoti qonunlari, huquqiy hujjatlarni hisobga olish va bajarishga asoslanadi. 


Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga mamuriy 
va tashkiliy jihatdan tasir o’tkazadi. Menejment tizimida tashkiliy usullar umumiy maqsadga 
erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning hamkorlikdagi harakati tartibga solinadigan mamuriy 
hujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy-farmoyish usulini qo’llash asosini boshqaruvning barcha 
tamoyilariga rioya qilish tashkil etadi. 
Nima sababdan boshqaruvning mamuriy-farmoyish usullari mamuriy shakllar bilan qo’shib 
olib boriladi. Bu ko’p hollarda tashkiliy tasir mamuriy huquqni qo’llash, yani qaror va 
farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lekin, «boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli» 
tushunchasi «mamuriy boshkaruv usuli» tushunchasidan birmuncha kengdir, chunki tashkiliy-
farmoyish usullari boshqaruvning turli darajalariga turli qo’lamda va shaklda tashkiliy tasir etishni 
o’rganish masalalarini ham qamrab oladi. Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni 
taminlaydilar, tashkiliy tizim, boshqaruvning har bir bo’g’ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv 
apparati intizomi va faoliyati samaradorligini taminlaydi, ishda tartib o’rnatadi, qaror, 
farmoyishlarni bajaradi, kadrlarni tanlaydi va joy-joyiga qo’yadi va h.k. Boshqaruvning tashkiliy-
farmoyish usullari ularning ishlab chiqaruvchilarga tasir etish manbaalari va yo’nalishlari bo’yicha 
turlarga ajratiladi. Bunga bog’liq holda tasir etishning tashkiliy-farmoyish usullari uch guruhga 
bo’linadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi farmoyish va intizom. 
Tasir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullarining asosiy maqsadi hamkorlikda ishlash 
uchun tashkiliy asos yaratishdir, yani, vazifa, majburiyat. Javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, 
tartib o’rnatish va h.k. Mamuriy tasirning tashkiliy shakllarining ikki tashkiliy cheklash va tashkiliy 
meyorlash turi mavjud. Tashkiliy cheklash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan 
tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va har bir darajada boshqaruv chegaralarini 
aniqlash maqsadida tasir etadi. Tashkiliy cheklashga misol qilib lavozimlar haqida Nizomni 
ko’rsatish mumkin. Tashkiliy meyorlash hujjatlari vositasida xom-ashyo, materiallar sarfini 
meyorlash, mahsulotlar ishlab chiqarishga mehnat sarfi ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish 
texnikaviy va 
t
exnologik meyorlar (mezonlar, meyorlar, qayta ishlov berish usuli, tartibi va h.k.) 
ishlab chiqarishni tashkil etish meyorlari (maqbul ishlanma ko’lami).
Tasir etishning farmoyish usullari cheklovchi hujjatlarda ko’zda tutilmagan mavjud 
vaziyatdan kelib chiqqan hodda kundalik jadal boshqarish maqsadida qo’llaniladi. Farmoyish 
tasirining asosiy maqsadi boshqaruv apparatining aniq harakati, boshqaruvning barcha bo’linma va 
xizmatlari barqaror ishlashini taminlab berishdan iborat. Tasir etishning farmoyish usullari buyruq, 
farmoyish, ko’rsatma va boshqa meyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 
Buyruq - bu rahbarning qo’l ostidagi xodimlardan malum vazifani bajarishni yozma yoki 
og’zaki ravishda talab qilishdadir. 
Buyruq faqat chiziqli boshqaruv tizimi rahbari tomonidan beriladi. Farmoyish xodimlardan 
ayrim ishlab chiqarish va xo’jalik masalalarini hal etishni talab qilishdir. Farmoyish boshliq 
o’rinbosarlari, xizmatlar boshliqlari, ular ega bo’lgan vakolatlari doirasida beriladi. Boshqaruv 
amaliyotida qullaniladigan tasir qilish usullaridan biri - og’zaki ko’rsatmadir. Tasir etishning 
bunday shaklini barcha darajadagi rahbarlar, lekin ko’pincha quyi darajadagi komandirlar, brigada 
boshliqlari, ustalar qo’llaydilar. 
Farmoyish vositasida tasir etish bajarish muddatlari bilan farq qiladi, buyruq va farmoyishlar 
uzoq yoki qisqa muddatga mo’ljallangan bo’ladi. 
Har bir buyruq yoki farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, qachon bajarilishi kerakligi 
belgilanadi. Tasir etishning farmoyish usuli tashkiliy tasirga nisbatan uning bajarilishini nazorat 
qilishni ko’proq talab etadi. İjro ztishning borishi nazorat qilingandan so’ng yana farmoyish bilan 
tasir etishga ehtiyoj tug’iladi. Farmoyish usulining qo’llanish ko’lami boshqaruv kadrlari malakasi, 
tashabbuskorligi va qobiliyatiga bog’liqdir. 
Korxonani bosh qarishda farmoyish bilan tasir etish faqat qonunga zid bo’lmagan holdagina 
bajarilishi qatiy bo’lgan huquqiy kuchga ega bo’ladi. Shu sababli barcha tizimdagi tashkiliy-
farmoyish faoliyati mavjud qonunchilikka bo’ysungan holda amalga oshishi lozim. 
İntizomiy tasir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida tasir etish 
usullarini to’ddirib, intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida tashkiliy aloqalar 


barqarorligini taminlashga qaratilgandir. 

Download 405,43 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53




Download 405,43 Kb.
Pdf ko'rish