• BOShQARUV USULLARİ VA ULARNİNG TAVSİFLANİShİ Reja
  • O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti




    Download 405,43 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet26/53
    Sana23.01.2024
    Hajmi405,43 Kb.
    #144089
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
    Bog'liq
    menejment-va-marketing-asoslari

    Savollar 
    1. Boshqarishning tashkiliy qurilmalari bozorning qanday talablariga javob berishi kerak? 
    2. Boshqaruv bo’g’inlari o’rtasida qanday farq bor? 
    3. Hududiy va tarmoq boshqaruv idoralari o’rtasida qanday farq 
    bor? 
    4. Chiziqli tuzilma va chiziqli-funktsional tuzilmalar qanday afzallik va kamchiliklarga ega? 
    5. Korxona boshqaruvi qanday maqsadni ko’zlaydi? 
    6. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini boshkarishda maqsadli yondashish mohiyati 
    nimada? 


    8-mavzu: BOShQARUV USULLARİ VA ULARNİNG TAVSİFLANİShİ 
     
    Reja: 
    1. Boshqaruv usullari 
    2. Boshqaruvning iqtisodiy usullari 
    3. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli 
    4. Boshqaruvning ijtimoiy -ruhiy usullari 
     
    Tayanch iboralar: iqtisodiy vositalar, boshqarish usullari, sotsiologiya, psixologiya, 
    huquqiy usullar, tarbiyaviy usullar, markazlaishagan tamoyil, ijtimoiy javobgarlik, nizo, 
    asabbuzarlik. 
     
    Boshqaruv usullari 
    Boshqaruv usullari bu boshqaruv subektining boshqaruv obektiga maksadli yo’naltirilgan 
    tasir o’tkazish usullari, yani boshqaruvchining o’zi boshqarayotgan ishlab chiqarish kollektiviga 
    qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyatini uyg’unlashtirishni taminlashdir. 
    Boshqaruv usullari vositasida iktisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga 
    moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga 
    erishish maqsadida tasir etiladi. İshlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan boshqaruv usullari 
    mukammalligi va to’g’ri shakllanligi bilan uzviy bog’liqtsir. 
    Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muhim o’rinni egallab, boshqaruv konun va tamoyillari 
    bilan uzviy bog’liqdir. Mehnat jamoasiga tasir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun 
    bozor iqgisodiyoti sharoitida boshqaruv obektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilargina eng 
    maqbul va maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari 
    bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir. 
    Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar tasirida o’zgaradi. Tashqi omillarga: tashqi va 
    ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub islohotlarni amalga oshirish, xalq 
    xo’jaligining texnikaviy taminlanganlik darajasini boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy 
    islohotlar, iqtisodiyotni boshqarishning tarmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va h.k.) kiradi. 
    İchki omillar jumlasiga: yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish 
    uyg’unlashuvini amalga oshirish; korxona kattaligi o’zgarishi natijasida uning bir guruhtsan 
    ikkinchisiga o’gkazilishi; ishlab chiqarish ixtisoslashish darajasi o’zgarishi; mehnatning texnika 
    bilan taminlanish darajasi yaxshilanishi; ishlab chiqarishni rejalashtirish va jadal tartibga solishning 
    mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish (tarmoqli rejalashtirish va boshqarish; 
    ishlab chiqarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni avtomatlashtirilgan 
    tizimini qo’llash va h.k.) kiritish mumkin. 
    Boshqaruv usullari bevosita ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tasir etuvchi ishlab chiqarish 
    usuli rivojlanishi va jamiyat ishlab chiqarish kuchlari o’sishi bilan o’zgarib boradi. İqtisodiyot 
    muvaffaqiyatli rivojlanishida boshqaruv usullarini to’g’ri tanlash ham muhim ahamiyatga ega. 
    Boshqaruv usullarini iqtisodiyotning malum aniq sohalarida amal qilishning turli yo’llari 
    orasidagi umumiy hodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan, boshqaruv darajalari bo’yicha 
    boshqaruv usullari (davlat sektorini boshqarish usullari, tsex, korxona, birlashma, mintaqani 
    boshqarish usullari), yoki tarmoqlarni boshqarish usullari (sanoat, transport, qishloq xo’jaligini 
    boshqarish usullari) haqida so’z yuritish mumkin. Shuningdek, turli subektlar tomonidan 
    qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. Davlat boshqaruvi usullari jamoat 
    tashkilotlarini boshqarish usullaridir. YOki iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo’llaniladigan 
    boshqaruv usullarini (ishlab chiqarishni, moliyaviy sohani, fan va maorifni boshqarish usullari)ni 
    ham ko’zda tutish lozim. 
    Boshqaruv tashkilotlari tizimi bilan turli-tumanligi bu tashkilotlar faoliyati usullarini ajratish 
    uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu erda so’z vazirliklar, assotsiatsiyalar, aktsiyadorlar jamiyati, 
    davlat qo’mitalarini boshqarish usullari haqida so’z boradi. 
    Nihoyat, turli turkumga kiruvchi ishlovchilar boshqaruv faoliyatida menejerlar, direktorlar, 


    bo’limlarning boshliqlari tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. 
    Demak, boshqaruv nazariyasi va amaliyotida turli boshqaruv usullari mavjuddir. Ular 
    boshqaruv usullarining har bir guruhi o’z xususiyatlariga ega bo’lgan tizimni tashkil etgan. 
    Xalq xo’jaligini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy, 
    ijtimoiy, ruhiy va xuquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy bog’liqdir, shu sababli ularning 
    birortasiga ortiqcha ahamiyat berilsa butun ishlab chiqarishning meyoriy borishi buzilishiga olib 
    keladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb 
    etmoqda. 

    Download 405,43 Kb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




    Download 405,43 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti

    Download 405,43 Kb.
    Pdf ko'rish