moliyalash-kreditlash asosida tartibga solish bo’yicha choralarni belgilaydi, aholi daromadlaridan
soliq olishni, bozor iqtisodiyotiga mos ish usullari va shakllarini joriy etadi, byudjet tashkilotlari
faoliyatini moliyalashtirish tizimini o’zgartiradi, uni iqtisodiy meyor na mezonlar asosida tashkil
etadi, ish sifatini oshirishni iktisodiy ragbatlantirish va ajratilgan mablaglardan maqbul ravishda
foydalanishni iktisodiy ragbatlantirish usullarini keng qo’llashni taminlaydilar.
Respublika Markaziy banki iqtisodiyotdagi barcha kredit va hisob-kitob munosabatlarini
tashkil etuvchi va tartibga soluvchi bosh bankdir.
Tijorat banklari tizimi faoliyati to’liq xo’jalik hisobi va o’z-o’zini moliya bilan taminlash
asosiga o’tkaziladi.
Mehnat va ijtimoiy masalalar bilan shug’ullanuvchi davlat tashkilotlari va ularning
joylardagi bo’linmalari to’liq bandlikni, band bo’lmagan mehnat resurslarini qayta tayyorlash va
kasb o’rgatish, kadrlarga bo’lgan talabni qondirishni taminlaydilar.
Respublika vaziriliklari respublika hududidagi kontsernlar tarmoqlarni boshqarishni amalga
oshiradilar. Tarmoqni boshqarish tizimiga yakka rahbarlik asosida ish yurituvchi vazir boshchilik
qiladi. U qo’l ostidagi vazirlik va unga qarashli korxonalar faoliyatiga shaxsan javobgardir.
Har bir vazirlikda vazir tarmoqni boshqarishning muhim masalalarini kollegial ravishda
ko’rib chiqish va amalga oshirishga imkon beruvchi maslahat tashkilotlari tashkil etiladi. Bosh
maslahat beruvchi tashkilot - kollegiya bo’lib, uning tarkibiga vazir o’rinbosarlari, boshqarma
boshliqlari, korxonalar rahbarlari kiradi.
Xalq xo’jaligi tarmog’i tarkibida ham davlat, ham xususiy korxona, firma, aktsioner
jamiyatlari faoliyat yuritadi. Korxona, firma, aktsionerlar jamiyatlari fan-texnika salohiyatidagi
samarali foydalanish, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va uyg’unlashtirish asosida mahsulot
ishlab chiqarish maqsadida tashkil etiladi. Ular xo’jalik hisobi asosida sanoat, qurilish, transport,
savdo va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Tarkibiy qism
bankda alohida balans va hisob raqamiga ega bo’lishi va ijara pudrati bo’yicha, xususiy sohada ish
yuritishi mumkin. Korxona, firma, aktsionerlik jamiyati tarkibiy birlikka karashli asosiy fond va
mablag’larni biriktiradi, ichki xo’jalik munosabatlarini amalga oshirish, tarkibiy birliklar o’rtasidagi
munozaralarni hal etish, shuningdek, ular o’z majburiyatlari bo’yicha javobgarlik tartibini
belgilaydilar. Tarkibiy birlik qonunda belgilangan huquqlari doirasida unga biriktirilgan mulkni
tasarruf etadi, firma, AJlari nomidan boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadilar. Korxona,
firma, aktsionerlar jamiyatlari tarkibiy birlikka o’z nomidan shartnoma tuzish va bu shartnoma
bo’yicha javob berish huquqini beradi.
Korxonani boshqarish korxona to’g’risida qonunga asosan amalga oshiriladi. Bu qonunda
ko’zda tutilgan tamoyillardan biri butun jamoaning hamda uning tashkilotlari muhim qarorlarni
qabul qilish va uni bajarishni nazorat qilishda ishtirok etish yo’li bilan amalga oshiriladigan o’z-
o’zini boshqarish tamoyilidir.