|
O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 22/53 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 405,43 Kb. | | #144089 |
Bog'liq menejment-va-marketing-asoslariRag’batlantirish - manfaatlarni va keng demokratlashtirish, inson omili faolligini oshirish
asosida manfaatlar vositasida boshqarishdir.
Nazorat va hisob-kitob - boshqariladigan tizim malum maqsadga erishishiga qaratilgan
inson faoliyatining sabablari va vositalarini o’rganadi.
Undash kishilar faolligi bilan ular ega bo’lgan tajribaning moslashishi natijasida shaxsiy va
guruhiy extyojlarni qondirishga qaratiladi.
Boshqaruvning maxsus vazifasi boshqaruv mehnati taqsimoti-ning natijasi bo’lib, aniq
mazmunga egadir. Korxona miqyosida boshqaruvning quyidagi maxsus vazifalarini ko’rish
mumkin:
a) asosiy ishlabchiqarishni boshqarish;
b) yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish;
v) mahsulot sifatini boshqarish;
g) mehnat va ish haqini boshqarish;
l) kadrlar, taminot, moliya, kredit va jamoa ijtimoiy rivojlanishini
boshqarish;
e) marketingni boshqarish;
Boshqaruvning har bir maxsus vazifasi majmua bo’lib, boshqaruvning umumiy vazifalarini
o’z tarkibiga oladi. Masalan, ishlab chiqarishni ilmiy-texnikaviy jixozlashni boshqarish vazifasi
tarkibiga reja, tashkil etish, tartibga solish, rag’batlantirish, nazorat kiradi. Barcha vazifalar bir-biri
bilan uzviy bog’liqdir.
Boshqaruv vazifalarining tarkibi va mazmunini aniqlashga etarli etibor bermaslik
boshqaruvning tasiri bo’shashib ktishiga sabab bo’ladi. Boshqaruv va uning vazifalari samaradorligi
kishilar mehnat intizomi, tashabbuskorlik va omilkorlik, yangilikka intilish va tashkilotchilik
qobiliyati bilan uzviy bog’liqdir.
Xulosa
1. Menejment — boshqaruv tizimlarining uzluksiz faoliyat ko’rsatishi jarayoni, bu
boshqaruvda band xodimlar ish jarayoni.
2. Menejment jarayoni uzluksiz davom etadi.
3. Menejment funktsiyasi deganda boshqaruvga doir malum masalani echishga
yo’naltirilgan bir turkum ishlar yig’indisi tushuniladi.
4. Boshqaruv jarayonlarining funktsional taxlili har bir Funktsiya uchun ish hajmi asoslarini
tashkil etadi, boshqaruvchilar sonini aniqlaydi.
5. Bozor munosabatlarining shakllanishi ishlab chiqarish va
)OShk
-
a
Rish funktsiyalari
o’rganishni talab qiladi.
6. Menejment funktsiyasini takomillashtirish – ijodiy jarayon, aniq holatlarning hisobga
olish.
7-mavzu: MENEJMENTNİNG TAShKİLİY TUZİLİShİ
|
| |