9-mavzu:
AXBOROT VA KOMMUNİKATsİYa
Reja:
1. Boshqaruv jarayonini axborot bilan taminlash
2. Boshqaruv texnikasi tushunchasi va turlari
3. Kommunikatsiya
Tayanch iboralar: axborot, kommunikatsiya, kommunikatsiyaviy jaraen, boshqarish
texnikasi, bo’ylama kommunikatsiya, ufqiy kommunikatsiya, axborot almashish jarayoni,
axborotni
uzatish kanallari, axborotni sarayaash, qayta aloqa, semantika.
Boshqaruv jarayonini axborot bilan taminlash
Axborot xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bo’lish
manosini bildiradi. Axborot boshqaruv tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida
faol tasir etish uchun zarur malumotlar yig’indisidan iboratdir. Etarli va aniq axborotga ega bo’lmay
boshqarish mumkin emas.
İshlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasida aloqa usulidir.
Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo’jalik faoliyati
to’g’risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot asosida boshqariluvchi tizim
faoliyatiga baho beradi, boshqarishni yanada takomillashtirish maqsadida ko’rsatma, farmoyishlar
chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi.
Axborot boshqaruv tizimida alohida bo’g’in hisoblanadi. Unga qator o’ziga xos xususiyatlar
mansub. Bular axborot boshqaruvining barcha bo’g’inlari va vazifalarini qamrab olishga bog’liqdir.
Axborot, bu — boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasi,
shuningdek,
amalga oshirilayotgan harakatlar mavjudlik sharti, mustahkamlash usuli. Axborot xajmi ortishi
bilan boshqaruv axborotining sifat ko’rsatkichlarga bo’lgan talabi ham ortib boradi.
Boshqarish jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot to’plash, uzatish
va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari ko’rinishida axborot berish va uni ijrochilarga etkazishdan
iborat.
Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, tezkor, iqtisodiy hisob, moliya, taminot,
kadrlar bo’yicha, texnologik, konstruktorlik, marketing, ijtimoiy va boshqalar.
İshlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o’rin egallaydi,
chunki u
kishilarning moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istemol qilish
jarayonidagi mnosabatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti asosida ishlab
chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy-texnikaviy axborot ahamiyatini ham takidlab o’tish
lozim.
Kelib chiqish manbaasiga bog’liq ravishda axborot tashqi va ichki axborot turlariga
bo’linadi. Tashqi axborot tashqi muhitdan olinadigan xabarlardan iborat bo’ladi. Bular jumlasiga
yuqori tashkilotlar farmoyishlari, reja topshiriqlari, mahsulotni sotish shartlari haqida axborotlar
kiradi. İchki axborot korxona yoki uning boshqaruv bo’g’inida shakllanib, istemol qilinadi.
Korxona miqyosida ular jumlasiga tsexlar tomonidan rejaning bajarilishi,
moddiy-texnikaviy
taminot, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi haqida axborotlar kiritilishi mumkin.
Yo’nalishi bo’yicha axborot boshlang’ich va boshqaruvchi (rahbarlik) axboroti turlariga
bo’linadi. Rahbarlik axboroti boshlang’ich axborotni qayta ishlash asosida qaror qabul qilish
natijasidir. Boshlang’ich axborot doimo boshqaruv tizimining quyi darajasidan yuqoriroq darajaga
qarab harakat qiladi, rahbarlik axboroti esa teskari yo’nalishda harakatlanadi.
Axborot vaqt o’tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi. Barqarorlik darajasi bo’yicha uni
barqaror shartli-barqaror, o’zgaruvchan turlarga bo’lish mumkin. Barqaror axborot uzoq mudtsat
davomida o’z ahamiyatini o’zgartirmaydi (korxona, uning bo’linmalari nomi, mahsulrt turi).
Shartli-barqaror axborot ahamiyati malum muddat davomida saqlanib turadi. Korxona miqyosida
bunday axborotga turli meyor va meyoriy hujjatlarni (moddiy, mehnat sarfi, tariflar meyorlari)ni
kiritish mumkin. Axborotning bunday turi korxona bo’yicha umumiy axborotning 35%dan ko’pini
tashkil etadi. O’zgaruvchan axborot boshqaruv
obekti faoliyati va unga mos holda boshqaruv jarayonlari o’zgaruvchanligini aks ettirib,
qaror qabul qilish uchun tez qayta ishlashni talab etadi.
Boshqaruv
faoliyatida shuningdek, boshlang’ich axborotni qayta ishlash natijasida olingan
xosila (ikkilamchi) axborotdan ham foydalaniladi.
Axborotni ro’yxatga olish va sakdash maqsadida uni saqlovchi turli vositalar inson xotirasi,
hujjat, perfokartalar, magnit tasmalari, baraban disk, elektr impulslar kombinatsiyasidan
foydalaniladi.
Axborot yig’indisi boshqaruvning axborot tizimini tashkil etib, u boshqaruv jarayonini
axborot bilan taminlash shaklida namoyon bo’ladi. Axborot to’g’ri, aniq, o’z navbatida, obektiv,
mazmunli va qarorlarni qabul qilish uchun tushunarli bo’lishi kerak. Axborot hajmi jihatdan kichik,
mazmun jihatdan chuqur, uning matni tushunarli va sodda bo’lishi lozim.
Korxonani axborot bilan
to’g’ri aloqalar ko’rinishidagi turli-tuman axborot oqimlari vositasida taminlanib, ular aniq ishlab
chiqarish vazifasini hal etish imkonini beradi.
Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat satrigacha etadi, bu o’rinda
barcha axborot tez qayta ishlanishi zarurligini ham inobatga olish zarur. Masalan, Toshkent
aviatsiya zavodida kundalik birlamchi axborot million ko’rsatkichni tashkil etadi. Bunday sharoitda
axborot bilan ishlashni tashkil etish bo’yicha quyidagi qator muammolarni hal etish lozim bo’ladi:
1) maqbul axborot tizimini ishlab chiqish;
2) axborot oqimlarini shakllantirish usullarini ishlab
chiqish;
3)
axborot qabul qilish va yuborishning maqbul usullarini
tanlash;
4) axborotni saqlash va izlashni tashkil etish;
5) axborotni qayta ishlash jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Bu yo’nalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yig’ish va qayta ishlashning yagona
umumdavlat tizimini yaratishni taminlashi zarur. Axborotlar yig’indisi boshqaruvning axborot
Tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi
- hujjatlar axborot oqimlari, aloqa kanallari va boshqaruv
obektining texnikaviy vositalarini qamrab oluvchi murakkab axborot majmuidir. Boshqaruv
obektining qandaydir bir qismi bo’yicha axborot yig’indisi kichik tizimni tashkil etadi. Maqbul
axborot tizimini tashkil etish boshqaruvning u yoki bu tashkiliy tizimini loyihalashtirish va uning
samarali faoliyat yuritishining muhim shartlaridan bo’lib hisoblanadi.
Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim bo’lishi mumkin. Oddiy axborot tizimi uni qayta
ishlashni talab etmaydi, axborot manbaidan u foydalanish joyigacha etkazishda o’zgarish yuz
bermaydi. Bunday axborot telefon yoki boshqa axborot etkazish vositalari yordamida bir marta
beriluvchi xabar sifatida o’tkaziladi. Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi bo’yicha turlarga ajratiladi.
Birinchi guruhga
qo’lda yoki eng oddiy mexanizmlar yordamida qayta ishlovchi axborot tizimlari kiradi.
İkkinchi
guruhga axborotni to’plash, qabul qilish va qayta ishlashda mexanizatsiya keng qo’llaniladigan
axborot tizimlari kiradi.
Uchinchi guruhga malumotlarni kompleks mexanizatsiya vositasi bilan
birga avtomatlashtirish unsurlarini qo’llab qayta ishlash va to’plash qo’llanilgan axborot tizimlari
kiradi.
Axborot qabul qilish, uzatish va qayta ishlash tsikli avtomatlashtirilgan
axborot tizimi
to’rtinchi guruhini tashkil etadi.
Axborotni qayta ishlashda EHMlar qo’llaniladigan boshqaruv tizimlari avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimi (ABT) nomini olgan. ABT quyidagi vazifalarni bajaradi:
- axborot qabul qilish;
- axborotni qayta ishlash;
- axborotni saqlash, yig’ish;
- boshqaruv tashkilotiga axborot berish;
- ijrochilarga buyruq uzatish.
İlg’or axborot tizimini loyihalashtirish jarayoni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga
asoslanishi lozim:
- korxonada mavjud axborot tizimini tahlil qilish, axborotning asosiy yo’nalishlarini
o’rganish;
- axborot tizimining iqtisodiy-modelini ishlab chiqish; zarur axborot xajmi va mazmunini
aniqlash;
- axborot to’plash va qayta ishlash uchun texnikaviy vositalarni aniqlash;
- axborotni qayta ishlash texnologiyasini yaratish;
- axborot vujudga kelishi va foydalanish davriyligini belgilash;
- korxonada qo’llaniladigan axborot uchun
shifrlar tizimini yaratish;
- axborotni uzatish va qayta ishlashni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish qulay
bo’lishi uchun standart malumotlarni loyihalashtirish;
- loyihalashtirish jarayonida olingan barcha materiallarni tartibga solish va
rasmiylashtirish.
Bozor sharoitida ishlab chiqarish axborot tizimlarini ular rivojlanishi va loyihalashtirishga
tizimli yondashish asosida mujassama tashkil etishni talab etadi. Bu talablarga malumotlarni qayta
ishlashning integratsion tizimi javob beradi. Uni turli darajadagi zamonaviy hisob mashinalari,
EHM, kompyuter, internet, inson-mashina tizimini har tomonlama qo’llash asosida loyihalashtirish
mumkin.