• Marketing va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari. Reja
  • O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti




    Download 405,43 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet32/53
    Sana23.01.2024
    Hajmi405,43 Kb.
    #144089
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53
    Bog'liq
    menejment-va-marketing-asoslari

     
    Kommunikatsiya 
    Kommunikatsiya - bu axborot almashishdir. Ana shu axborot negizida rahbar malumotlar 
    olib, samarali qarorlar qabul qiladi va ishchi xodimlarga etkazadi. 
    Rahbarlik faoliyati samarali axborot almashinuvni talab qiladi. Agar insonlar o’zaro axborot 
    almashinmasa, ular birgaliqda ishlay olmaydi va oldilariga qo’ygan maqsadning shakllanishi, unga 


    erishishi qiyin bo’ladi. 
    Boshqaruv faoliyatida axborot almashuv muhim ahamiyatliligi uchun rahbar o’z vaqtining 
    50-90%ini kommunikatsiyaga sarflaydi. Axborot almashishning sifati boshqaruv qarorlariga tasir 
    ko’rsatadi. 
    Kommunikatsiyaning majlislar, xizmat yozuv-chizuvlari, telefon orqali muloqotlar, 
    hisobotlar, videotasmalar va yuzma-yuz suhbatlar orqali ko’pgina muammolarni hal qilishda 
    yordam beradi. 
    Korxona tashqi muhit bilan aloqa bog’lashda, turli-tuman vositalardan foydalanadi. Mavjud 
    xaridorlar bilan ular reklama orqali bog’lanibgina qolmay, mahsulotni bozorga olib kiradigan 
    boshqa dasturlardan ham foydalanadi. 
    Axborotlar korxona ichida bosqichma-bosqich, yani vestikal kommunikatsiyalar orqali 
    o’tadi. Axborotlar yuqori boshqaruv 
    organlaridan, pastki organlarga o’tadi. Shuningdek pastki organlardan yuqori boshqaruv 
    bo’limlariga axborotlar oqimi keladi. Aynan ikkinchi jarayon korxonalarda ijobiy o’zgarishlarga 
    olib keladi. 
    Korxonada bo’ylama kommunikatsiyalardan tashqari, ufqiy kommunikatsiyalar ham 
    mavjud. Malumki korxonalarda turli xil funktsional bo’limlar, tsexlar va boshqa bo’limlarning 
    mavjudligi ular orasidagi axborot oqimining kerakligini anglatadi. Masalan, nazariy texnologiya 
    asosida, korxona turli-xil mahsulotlar ishlab-chiqarishi mumkin, shuning uchun ham marketing 
    bulimining axborot ahamiyatligi saqlab qolinadi va uning talablarini o’z vaqtida qondirilishini 
    taminlaydi. 
    Xulosa 
    1. Axborot - menejment uchun zaruriy xabar va malumotlar majmuidir. Axborotsiz boshqaruv 
    bo’lmaydi. 
    2. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasidagi bog’liqlik shakllari ishlab chiqarish 
    axborotlaridir. 
    3. İqtisodiy axborot - menejmentda muhim o’rin tutadi. 
    4. Axborot tizimlari murakkab axborot tuzilmalari bo’lib. U turli hujjatlarni, axborot oqimi, aloqa 
    kanallari, texnika vositalari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini o’z ichiga oladi. 
    5. Rahbar qabul qilgan boshqaruv qarorlar va uning manosi axborot xizmatlariga bog’liq. 
    6. Kommunikatsiya jarayoni - bu ikki va undan ortiq odamlar o’rtasidagi axborot almashish 
    jarayonidir. 
    7. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun, balki iqtisodiyotning barcha 
    jabhalariga kerak. 
    Savollar 
    1. İshlab chiqarish axborotlari ko’rinishi qanday farqlanadi ? 
    2. İqtisodiy axborotni qanday tushunasiz ? 
    3. İlmiy-texnikaviy axborotlar ahamiyati qanday ? 
    4. İchki va tashqi axborotlarning mohiyati nimada ? 
    5. Rahbar ishida axborot qanday o’rin tutadi ? 
    6. Menejmentda kommunikatsiya o’rni qanday? 


    10-mavzu: Marketing va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari. 
    Reja: 
    1. Marketing tushunchasi va uning moxiyati. 
    2. Marketingning asosiy rivojlanish boskichlari.
    3. Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi. 
    4. Marketing elementlari tarkibi va marketing –miks tushunchasi. 

    Download 405,43 Kb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53




    Download 405,43 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti

    Download 405,43 Kb.
    Pdf ko'rish