bunday izoxlarni tankid kilib, ayriboshlashning xamma turlari xam marketing tusiga ega emasligini
va marketing printsiplarini xamma vaziyatlarga xam tatbik kilib bulmasligini takidlaydilar.
Marketingga tarif berishda bunday xilma-xillikning sababi bor.
Birinchidan, marketing
kontseptsiyasi mazmuni kapitalistik ishlab chikarish usuli rivojlanishi bilan uzgarib keldi va uning
moxiyatini aks ettirdi,
ikkinchidan, boshkarish tizimida marketingdan
foydalanish maksadlari,
xususiyatlari, mikyosiga karab, undagi tashkiliy kismlarning axamiyati va boshkaruv tizimidagi
axamiyati uzgarib boradi. Bundan tashkari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati va falsafasi
tarzida baxolaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab chikarish, savdo, reklama, texnika xizmati
kursatish va boshka soxadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu
jamiyat ishlab chikarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iktisodiy kontseptsiyadir.
Umuman olganda marketingga kuyidagicha tarif berishimiz mumkin: Marketing - extiyoj va
muxtojlikni ayriboshlash orkali kondirishga karatilgan inson faoliyatining turidir. Marketing
vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu ishlab chikarish
xajmining ortib borishi, yangi
tarmoklarning vujudga kelishi, tovar turlarining kupayishi va tadbirkorlar urtasida maxsulotni sotish
muammosining vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozorni xar taraflama urganish yunalishlarining asosiylaridan
kuyidagilarni kursatib utish zarur:
• talabni urganish;
• bozor tarkibini aniklash;
• tovarni urganish;
• rakobat sharoitlarini tadkik kilish;
• sotish shakli va uslublarini taxlil etish.
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi,
bozor metodologiyasi bulib, istemolchilar
va ularning talab istaklarini urganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni etkazib
berish, takdim etish, sotish, xizmat kursatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-koidalari
majmui xisoblanadi. Bularning xammasi birinchi asosiy maksadga
talab bilan taklifni uzaro
muvofiklashtirishga xizmat kiladi.