|
O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 27/53 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 405,43 Kb. | | #144089 |
Bog'liq menejment-va-marketing-asoslariBoshqaruvning iqtisodiy usullari
Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali tasir ko’rsatadi.
İqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaati
bo’lishini taminlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy
usullar etakchi o’rinni egalaydi.
İqtisodiy usullar iqtisodiy tasir vositalari yig’indisidan (narx, kredit, biznes-reja, foyda,
soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag’batlantirish va h.k.), yani xo’jalik faoliyatiga tasir etishning har bir
jamoa mos xo’jalik bo’g’ini bilan uzviy aloqada amal qilishini taminlovchi tadbirlardan iboratdir.
Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri biznes-reja va bozorning uzviy bog’liq
bo’lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari to’g’ri nisbatini taminlashdir.
Bozor, bu — tovar-pul munosabatlarining doimo saqlanuvchi balansidir. Bozor
munosabatlari sharoitida rejali iqtisodiyotga nisbatan qatiy boshqaruv tizimi o’rnatiladi. Bozor
tamoyillari xo’jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona faoliyati masalalari bo’yicha yuqori
natijalarga erishish maqsadida moslashuvchanlik, tavakkalchilik talab etiladi.
Bozor iqtisodiyoti mamuriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan zid tizim bo’lib, narx, soliq,
kredit vositasida bozorni tartibga solish, eng avvalo, ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida narx va ish haqi o’zgarishi qatiy tartibga solinmay barqarorlikka erishib
bo’lmaydi.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega bo’lib, ular
mohirona va o’z vaqtida tashkiliy-Farmoyish, ijtimoiy-ruhiy va huquqiy usullar bilan qo’shib olib
borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Korxonalar, aktsiyadorlik jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan biri - biznes-
rejalardir. U iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko’zlab, xo’jalik amaliyotida obektiv
iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda
boshqarishning o’zaro uzviy bog’liqtizimidan iboratdir.
Biznes-reja vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: iqtisodiyot
rivojlanishi yo’nalishlari va maqsadlarni amalga oshirish yo’llarini ko’rsatish, iqtisodiyotning
barqaror, mutanosib o’sishini taminlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tarmoqlar va
ishlab chiqarishlar o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini
joriy etishni taminlash; tarmoqlararo integratsiya, tarmoq ichida ixtisoslashuv va sanoat
kooperatsiyasini chuqurlashtirish; xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatini tezkor tartibga solish va
uyg’unlashtirish.
Biznes-reja korxona, aktsiyadorlar jamiyati, kontsernlar faoliyatining hamma tomonlari -
mahsulot ishlab chiqarish va sotish; moddiy-texnikaviy taminot va ishlab chiqarish fondlaridan
foydalanish; mehnat va ish haqi; jamoada ijtimoiy jarayonlar va h.klarni qamrab oladi. Bozor
munosabatlari sharoitida ularga rejalashtirish borasida keng huquqlar beriladi.
|
| |