Neftmahsulotlarini qayta ishlashda sulfat kislota, Ishqor va yutuvchi eritmalar bilan tozalash usullari




Download 100.74 Kb.
bet2/3
Sana22.03.2024
Hajmi100.74 Kb.
#174978
1   2   3
Bog'liq
O‘zfa noargonik-kimyo instituеti bilan tanishish. Kimyo texnolog
Optoelektronika, INDIA, yo\'l xarita, SHAHRIYOR KURS ISHI17, 10-mavzu.kreditning turlari va shakllari-1, Axborot texnologiyalari va rivojlanish tarixi, 4..16.Algoritmlarning kommunikatsiya ish hajmi , Axborot texnologiyalari
Neftmahsulotlarini qayta ishlashda sulfat kislota, Ishqor va yutuvchi eritmalar bilan tozalash usullari.
Tozalashning sulfat kislotali usulini qoʻllash polimerlanadigan yoki kislotada eriydigan mahsulotlarning ancha yoʻqolishi bilan hamda foydali tarzda ishlatilishi qiyin boʻlgan chiqindilar-nordon gudronlarning hosil boʻlishi bilan amalga oshadi. Shuning uchun sulfat kislotali usuldan voz kechishga imkon beradigan tozalashning yangi usullarini topish ishlari olib borilayapti. Sulfat kislotali tozalashda sodir boʻladigan reaksiyalar. Alkanlar va sikloalkanlar normal haroratda sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishmaydi. Tutovchi sulfat kislotada maʼlum bir vaqtda saqlanib va yaxshi aralashtirilganda alkanlarni juda kam miqdorda yutadi.
Arenlar konsentratsiyasi nibatan yuqori boʻlmagan sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishmaydi. Ortiqcha miqdorda olingan konsetrlangan sulfat kislota va oleum arenlar bilan reaksiyaga kirishadi.
sulfat kislotada eriydigan sulfokislotalar va sulfonlar hosil boʻladi:

Alkenlar bilan sulfat kislota birikish reaksiyalariga kirishadi. Uchlamchi uglerod atomini saqlagan alkenlar bilan kislota eng oson reaksiyaga kirishadi.
Alkenlar bilan reaksiyaga kirishganda ikki turdagi mahsulotlar: nordon efirlar (alkilsulfat kislotalar, monoalkilsulfatlar) va oʻrta efirlar (dialkilsulfatlar) hosil boʻladi:

Merkaptanlarning sulfat kislota bilan reaksiyasi uch bosqichda boradi, reaksiya mahsulotlari boʻlib sulfat kislotada oson eriydigan disulfidlar va sulfit angidrid hisoblanadi:


Konsetrlangan sulfat kislotaning tiofenga taʼsiri natijasida tiofensulfokislotalar va oltingugurt oksidi hosil boʻladi.


Sulfat kislotali tozalash qaysi maqsadda qoʻllanilishiga qarab kislotaning konsetratsiyasi va jarayonning texnologik tartibini tanlaydilar. Tozalashda surkov moylaridan smolali moddalarni chiqarib yuborish va yorituvchi kerosinlarning sifatini oshirish maqsadi qoʻyilgan boʻlsa 93 % li qislotani qoʻllaydilar. Dearomatlash uchun 98 % li kislota yoki oleum ishlatiladi. Rangini yaxshilashga moʻljallangan benzinni yengil tozalanishini 85 % li va undan past konsentarsiyali sulfat kislotalar bilan oʻtkazadilar. Mumkin boʻlgan joyda suyultirilgan kislota qoʻllash afzalroqdir, chunki nordon gudron kamroq miqdorda hosil boʻladi, polimerlanish jarayonlari susayadi.
Ishqorli tozalashda sodir boʻladigan reaksiyalar. Distillyatlarda boʻlgan erkin kislotalar ishqor bilan reaksiyaga kirishib tuzlarni hosil qiladi, bu tuzlar asosan ishqorli eritmada toʻplangan:



Fenol ishqor bilan reaksiyaga kirishib fenolyatlarni hosil qiladi:
Sulfat kislota oʻrta efirlari ishqor taʼsirida sovunlanadi va hosil boʻlgan tegishli tuzlar ishqorli eritmaga oʻtadi:

Tuzlarning bir qismi neft mahsulotida saqlanib qoladi, ularni chiqarib yuborish uchun ishqor bilan ishlov berilgan distillyatni suv bilan yuvadilar. Naften kislotalar va fenollarning ishqor bilan neytrallanish reaksiyasi qaytar xarakterga ega. Naftenat va fenolyatlar suv ishtirokida gidrolizlanib, dastlabki mahsulotlarni hosil qiladi. Gidrolizlanish darajasi jarayonning sharoitiga bogʻliq boʻladi: harorat oshishi bilan oshadi va ishqor eritmasining konsentratsiyasi oshishi bilan pasayadi. Shuning uchun tozalashni yuqori boʻlmagan haroratlarda konsentrlangan eritmalardan foydalanib oʻtkazish maqsadga muvofiqdir.


M
erkaptanlarni ishqorli yuvish bilan chiqarib yuborish katta qiyinchiliklar bilan bogʻliqdir. Merkaptanlarning nordon xossalari uglevodorod zanjirining uzunligi oshishi bilan pasayadi va shu sababli yuqori merkaptanlar ishqor bilan taʼsirlashmaydi. Havo kislorodi ishtirokida merkaptanidlar hosil boʻlish reaksiyasidan tashqari merkaptanlarni oksidlanib disulfidlarning hosil boʻlishi ham kuzatiladi:
Disulfidlar suvda erimaydi va tozalanayotgan distillyatga oʻtadi, bu bilan ular merkaptanlarni ajratib olish effektini pasaytiradi.
Yutuvchi eritmalar bilan tozalash. Gazlarni vodorod sulfiddan tozalash uchun yutuvchi eritmalarni keng qoʻllaydilar. Past haroratlarda vodorod sulfid eritmalarga yutiladi, yuqori haroratlarda esa yoki havo bilan puflanganda yutuvchi eritmaning regeneratsiyasi va vodorod sulfidning desorbsiyasi sodir boʻladi. Eng koʻp tarqalgan usullar bu etanolaminli, fenolyatli va fosfatli usullardir, ularning asosida quyidagi qaytar reaksiyalar yotadi:

Etanolaminli eritmalar vodorod sulfid bilan bir qatorda uglerod (IV) – okisdni ham yutadilar:



Keyingi vaqtlarda monoetanolamin eritmalarini suyuq holdagi gazlarni vodorod sulfiddan tozalash uchun ham ishlatiladi. Uglerod (II)– va uglerod (IV)– oksidini saqlagan gazlarni vodorod sulfiddan tanlab tozalash uchun mishyakli–sodali usulidan foydalaniladi.


Download 100.74 Kb.
1   2   3




Download 100.74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neftmahsulotlarini qayta ishlashda sulfat kislota, Ishqor va yutuvchi eritmalar bilan tozalash usullari

Download 100.74 Kb.