-bob. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish




Download 1,37 Mb.
bet17/25
Sana14.06.2024
Hajmi1,37 Mb.
#263644
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
2-bob. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish
1-§. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xizmati
5. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bir yilda bir marotaba bepul asosda amalga oshiriladi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi o‘rinlarda — “Inson” markazi tomonidan tashkil etiladi.
6. “Inson” markazi har yili 30-noyabrdan kechiktirmay oilaviy poliklinika bilan birgalikda keyingi yil uchun tuman (shahar) kesimida o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha reyestrdagi ma’lumotlar asosida jadval tuzadi.
7. Shakllantirilgan jadval bir ish kuni ichida tasdiqlash uchun “Inson” markazi direktoriga va tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga kiritiladi.
8. Tasdiqlangan jadval asosida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi.
9. Zaruratga ko‘ra, ijtimoiy xodim assistenti tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda hamrohlik xizmati ko‘rsatiladi.
10. Kasallik yoki jarohat tufayli bemorni tashishga qarshi ko‘rsatma bo‘lganda hamda epidemiologik ko‘rsatmaga muvofiq yuqumli kasallikka chalingan shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ushbu shaxslarning yashash joyida o‘tkaziladi.
11. Oilaviy poliklinika tasdiqlangan jadvalga asosan har oy yakunida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar haqidagi ma’lumotlarni “Inson” markaziga yuboradi.
“Inson” markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga muvofiq ushbu xizmatni tasdiqlangan jadvalga asosan ko‘rsatilishi monitoring qilib boriladi.
12. Tasdiqlangan jadvalga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmagan shaxslar aniqlangan taqdirda, “Inson” markazlari ushbu shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga talabnoma yuboradi.
13. Yil davomida reyestrga yangi kiritilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish “Inson” markazi talabnomasiga asosan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan talabnoma kelib tushgandan so‘ng, 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Bunda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng, “Inson” markazlariga bu to‘g‘risida ma’lumot beriladi.

Download 1,37 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Download 1,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish

Download 1,37 Mb.